Akademik ijrochilik


Aleksandr Aleksandrovich Alyab` ev


Download 33.58 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.58 Kb.
#1148496
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi XIX asr

Aleksandr Aleksandrovich Alyab` ev (1787-1851) – rus musiqasining ogir qismatli, fojeali shaxslaridan biridir. U eng nufuzli dvoryanlar oilasida tugilib voyaga etdi, uyida yaxshi ta'lim olib, bir nechta xorijiy tillarni ơrgandi, oilasiga tegishli krepostnoy musiqachilardan iborat damli orkestr sabab musiqaga qiziqdi. Agar 1812 yilda urush bơlmaganda edi, uning keyingi taqdiri kim bilsin qanday kechardi. U armiyaga borib, partizanlar otryadida ơsha davr haёtining barcha qiyinchiliklarini ơzida sinab kơrdi, davlat mukofotlariga sazovor bơldi, ayni paytda, bir qator marsh, qơshiq va romanslar muallifi ham edi.
Urushdan sơng 1825 yilgacha Aleksandr Alyab` ev hayoi va kar` erasi juda yaxshi kechayotgan edi, barcha nufuzli oilalar eshiklari uning uchun ochiq edi, u badiiy intellegentsiya namoyondalari bilan tanish bơlib, ular orasida mashhur yozuvchilar va dramaturglar, kompozitorlar va tanqidchilar bor edi. Musibat kutilmaganda yuz berdi, 1825 yil fevral oyida A.Alyab`ev ơz uyida bir xarbiy bilan urushib qoladi, aftidan mast bơlib, hech narsani eslay olmagan. U qotillikda ayblanib, suddan keyin Sibirga surgun qilinadi va “jamiyat uchun xavfli” odam sifatida ogir ishlarga mahkum bơladi. Hatto Sibirdan qaytgandan sơng ham ơzining avvalgi yaxshi nomini tiklash, ơzini ma'nan oqlash uchun kuch topolmaydi. Biroq, uning kompozitorlik iste'dodi va iqtidori shu darajada kuchli ediki, hayotidagi hech qanday fojeali kechmishlar, romanslar muhim ơrin tutgan ijod namunalarida aks etmadi.
Kompozitorning asosiy hissasi, u asl rus qơshiqchilik janrlariga tayandiki, undagi lirik qơshiqlar va chơzimdor ohanglar uning vokal durdonalariga asos bơldi. U birinchilardan bơlib romans janrida A.Pushkin, A.Del`vig, D.Denisov, N.Ogarev, V.Jukovskiy kabi atoqli shoirlar she'rlariga murojaat etdi. Jumladan, uning A.Del` vig she'riga bastalagan “Bulbul” (“Solovey”) romansi e 'tirof tilgan durdona bơlib, unda keng rus ohanglarining xususiyatlari va yangi janr alomatlari ơzaro qơshilgan, yangi asr avvalidagi romanslar sa shunday kơrinishda edi. Rus qơshiqchiligi va raqsbop ohanglari xususiyatlarining ơzaro mutanosibligi mazkur janrni XIX asrning barcha kompozitorlari ijodida abadiy ommabop qildi. A.Alyab`ev birinchilardan bơlib, musiqada she'r qofiyasini uzaytirgan holda, muhim ahamiyatli joylarga urgu berish va ta'kidlab kơrsatishga intilib, nutq xususiyati va iboralarga e 'tibor qaratdi.
U sentimental romanslar (“Kơrayapman, kapalak uchayapti”-“Viju, babochka letaet”, “Oy yolgiz suzdi”-“Odinoko mesyats plil”) yaratuvchisi edi, unda ishqiy-lirik mavzudagi nazm birinchi planga chiqadi, ayni paytda, birmuncha dramatik mazmunli, falsafiy tagma'noga ega (“Sayohatchi”-“Puteshestvennik”, “Qashshoq ayol”-“Nishaya”, “Irtish”) romanslar ham muhim ơrin tutadi. Uning mashhur romanslari orasida A.Pushkin she'rlariga bastalangan “Men sizni sevardim”(“Ya vas lubil”), “Qishki yơl”(“Zimnyaya doroga”) kabilarni aytish mumkin.
Aleksandr Alyab`ev haqli ravishda A.Dargomijskiy va M.Musorgskiy vokal ijodini ortda qoldirgan kompozitor hisoblanadi, zero nutq n anslariga e 'tibor berish va buni kuy orqali etkazish uning san'atida asosiy ơrin tutgan. P.Beranje she'ri D.Lenskiy tarjimasi asosida yaratilgan “Qashshoq ayol” romansi buning ёrqin dalilidir. Shunday qilib, Aleksandr Alyab`ev vokal ijodiyot namoyondalari, jumladan M.Glinkani ham ortda qoldirgan rus musiqasining yorqin namoyondalaridan biridir.

Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling