Akademik ijrochilik


Aleksandr L`vovich Gurilev


Download 33.58 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi33.58 Kb.
#1148496
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi XIX asr

Aleksandr L`vovich Gurilev (1803-1858) – uni Rossiyadagi barcha vokal musiqa yaratuvchilari orasidagi eng romantik kompozitor deyish mumkin. Uning musiqasida lirik janrlar mustahkam ơrin egallagan, ularda insonning qalb kechinmalari, tabiatni madh etish, xalq janrlari va shahar folklori mutanosibligi birinchi planga chiqadi. Xuddi zamondoshlari kabi uni ham A.Pushkin, F.Tutchev, A.Fet, A.Koltsovlar she'riyati ơziga jalb etdi.
Aleksandr Gurilev zamondoshlari kabi yorqin hayot kechirmadi. Uning otasi mashhur musiqa ixlosmandi, metsenat graf Orlovning krepostnoy musiqachisi bơlib, cherkov musiqasini yaratish tajribasiga ega edi. Aleksandr Gurilev bolaligidan musiqa qurshovida ơsdi. Bundan tashqari, u italyan kompozitori Sartidan saboq olib, fortepianodan Jon Fildning ơzida shugullanadi. Graf Orlov ơlimidan sơng ota-o`gil Gurilevlar erkinlik olishdi, va ơz hayotlariga ơzlari ega bơlishdi. Shunday qilib, Gurilev rus kompozitorlari orasida mashhur ijodkorga aylandi. U kơplab vokal musiqasi va turli p`esalar yozdi, bundan tashqari turli mualliflar asarlarini variatsiya va qayta moslashtirib, sayqalladi.
Uning mashhur romanslari orasida – “Bir ovozda yangrar qơngiroq” (“Odnozvuchno gremit kolokol`chik”), “Ham gamli, ham qayguli” (“I skuchno, I grustno”), “Siz mening gamimni tushunmaysiz” (“Vam ne ponyat` moey pechali”), “Qish oqshomi” (“Zimniy vecher”), “Qơngiroq” (“Kolokol`chik”), “Qiz qaygusi” (“Grust` devushki”), “Ayriliq” (“Razluka”) va boshqa kơplab namunalarni aytish mumkin. Ular orasida sentimental romanslar katta ahamiyat kasb etadi, ularda muallif asl ijodkor sifatida ochiladi, u nafaqat she'r lirizmini ifodalaydi, balki qalb kechinmalarini musiqada qayta sơzlaydi va dalillaydi.
Romans ratuvchi kơplab kompozitorlar ơsha A.Pushkin, M.Lermontov, A.Del` vig va boshqalarning bir xil she'rlariga murojaat etganlar, ularning birortasi boshqasini takrorlamagan, aksincha, ular sabab biz bitta she'rga bastalangan bir nechta durdonaga ega bơldik, rus she'riyatining muayyan namunalarini turlicha ơqish va interpretasi qilishga. XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan kompozitorlar orasida kompozitor va musiqiy tanqidchi Aleksandr Nikolaevich Serov (1820-1871) muhim ơrin egallaydi, uning ijodi rus musiqasi rivojiga salmoqli hissa bơlib qơshilgan. U dastlab ơzining musiqiy asarlari sabab mashhurlikka erishdi: bular uchta opera, ikkita kantata, orkestr va kamer-cholgu asarlari, xalq namunalarining qayta ishlanmasi va spektakllar uchun musiqalardir. Uni asta-sekin musiqiy-tanqidchilik faoliyati ơziga jalb eta boshlaydi, V.Stasov bilan tanishgach esa u bu soha bilan jiddiy shuğullanadi va haqli ravishda birinchi rus musiqashunoslaridan biriga aylanadi. Bơlajak kompozitor va musiqiy tanqidchi Aleksandr Serov yirik amaldor oilasida dunyoga keladi, uning otasi farzandining san'at va musiqa ijrochiligiga bơlgan qiziqishini dastlab ragbatlantirgan bơlsa, ơgli ơzini tơliq musiqaga bagishlagach sa unga har qanaqasiga qarshilik kơrsatadi. Ammo baribir Aleksandr Serov “Huquqshunoslik bilim” yurtini tamomlaydi va 40-yillarda turli muassasalarda yurisprudentsiya sohasida ishlaydi. Biroq uning fikru-hayolini musiqa san'ati egallagan edi.
Ơsha davrda barcha musiqa ixlosmandlari uchun katta muammo – bu Rossiyda birorta ham musiqa bilim yorti va professional musiqiy ta'lim olish imkoni tining yơqligi edi. Buni A.Serov ham sezgan. U I.Bax, L.Betxoven, V.A.Motsart asarlarini fortepiano uchun moslashtirish bilan shugullana boshlaydi, bu uning uchun mustaqil ta'lim bosqichlaridan biri edi. Uni N.Gogol` sujeti asosida opera yozish goyasi ơziga jalb etgan bơlsa-da, ammo uning “May tuni” (“Mayskaya noch”)operasi baribir tugallanmay qoldi. U opera janriga keyinroq yana murojaat etadi, va italyan yozuvchisi Jakometti p` esasi asosida “Yudif ” , qadimgi rus sujeti asosida “Rogneda” va A.Ostrovskiy p`esasi asosida “Dushman kuchi” kabi operalar yozadi. Uning operalari taqdimoti Peterburgdagi Mariinskiy teatrida katta muvaffaqiyt bilan ơtadi. Kơplab tanqidchilar bu asarlarda sujet va dramaturgiyaning gayrioddiyligi, musiqiy-ifodaviy vositalar topilmasi sabab R.Vagner ijodining ta'sirini kơradilar.
Aleksandr Serov taniqli shaxs edi, u tadqiqotchi va tanqidchining iste'dodini birlashtirdi, ammo uning asosiy maqsadi kompozitorlik faoliyatida edi. Serovning musiqachi sifatida shakllanishiga uning Glinka va Dargomijskiy bilan tanishishi ta'sir qildi. Ularning ijodi uni befarq qoldirmadi: u birinchilar qatorida nafaqat rus kompozitorlar faoliyati, yutuqlari, balki kamchiliklari haqida ham gapirdi. A.Serov 50-60-yillarda tanqidiy maqolalar yozadi, uni musiqiy ta'lim masalalari, xorijiy kompozitorlar ijodi, shuningdek, Glinka va “Qudratli tơda” kompozitorlarining ijodi band qilgan edi, uning ijodiy jamoa bilan munosabatlari yaxshi emasdi, va bu kunda aloqalarni butkul uzishga olib keldi. Shundan sơng u V.Stasov bilan munosabatlari uzulub qoladi. Uning musiqiy tanqidchi sifatida mashhurligi tobora kompozitorligidan ustun bơla boshlaydi. V.Stasov kabi A.Serovning rus musiqiy-tanqidchilik ilm-fani rivojidagi hissasi ulkan, uning mehnatlari sabab kompozitorlar ijodi darhol munosib baholanar, targib etilar, va nafaqat Rossiyada, balki chet ellarda ham mashhurlikka ega bơlar edi.
XIX asr Rossiyasining musiqa madaniyatini rivojlantirishda tanqidchi Vladimir Vasilevich Stasov (1824-1906) katta rol o'ynaganligini ta'kidlash kerak. Rossiyada musiqiy tanqidning shakllanishi Stasov nomi bilan bogliq. Uni barcha rus kompozitorlarining musiqa tanqidchisi deb atashgan. Stasov chet ellik mualliflarning ham, rus kompozitorlarni ham ko'plab opera asarlarining tanqidchisi bo'lgan. Jumladan, Ferents List va Gektor Berlioz haqidagi birinchi maqolalar yozgan. U Rossiyada Yevropa musiqasini, chet ellarda rus musiqasining targ'ibotchisi bo'lgan. Keyinchalik nomini bergan bir guruh yosh musiqachilarning mafkuraviy ilhomlantiruvchisi edi. Bu beshta kompozitorlarni o'z ichiga olgan "Qudratli to`da" deb nomlangan edi. A.Serov va V.Stasov o'z davrlarining ilg'or namoyandalari edilar, ularsiz, ehtimol Rossiya madaniyati boshqacha rivojlangan bo'lar edi.
Yana bir taniqli rus kompozitori, pianinochi va dirijor Nikolay Grigor`evich Rubinshteyn (1835-1881) XIX asr rus musiqasi rivojida ulkan iz qoldirdi. U iste'dodli pianinochi va shuningdek, 1866 yilda Moskva konservatoriyasining asoschisi bo'lgan. Bundan tashqari, u P. I.Chaykovskiyni fortepiano va orkestr uchun yaratilgan birinchi kontsertning birinchi ijrochisi bo'lgan. Rubinshteyn Rossiyada 250 yaqin konsertlar o`tqazgan. U kontsertlardan tushgan mablag'ni harbiylarning ehtiyojlariga o'tkazdi. Kompozitor sifatida u miniatyuralar, romanslar va instrumental p`esalar janridagi kompozitsiyalarni qoldirgan. Nikolay Rubinshteyn va uning akasi mashhur pianochi Anton Rubinshteynlar rus madaniyatini o`z faoliyatini bilan boyitishga harakat qilishgan va katta hissa qo`shganlar.
Balet truppasi ham asta-sekin ajralib ʼ chiqdi. Kelib chiqishi italyan bo lgan kompozitor, dirijyor Katterino ʼ Аlbertovich Kavosning (1776-1840) serqirra faoliyati Rossiya opera san atining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi, sababi Rossiya ʼ opera san ati rivojining butun bir davri aynan uning nomi bilan ʼ bog liqdir. ʼ U 22 yoshida Peterburgga keldi va salkam 40 yil davomida kompozitor, dirijyor, pedagog va badiiy tashkilotchi sifatida bitmas shijoat bilan mehnat qilib, rus opera teatrining boshida turdi. Bundan tashqari, u rus opera artistlarining butun bir avlodini tarbiyalab, turli operalarni ijro etishga qodir bo lgan jamoa yaratdi.
K. ʼ А.Kavos tomonidan opera, balet, dramatik p`esa va vodevillarga musiqa kabi 30 dan ziyod turli janrdagi musiqiy-sahnaviy asarlar yaratilgan bo lsa-da, uning asarlari muvaffaqiyat qozonmadi. Bu davrda ʼ operaning birinchi rus ijrochilari mashhur bo la boshladilar, ular ʼ orasida O.А.Petrov (bas) va А.Ya.Vorob`eva-Petrova (kontralto) kabi xonandalar bor edi.
XIX asrning birinchi yarmida boshqa janrlarda bo lgani kabi ʼ operalarda ham vatanparvarlik mavzusi ustunlik qilib, unda qahramonlik syujeti va xalqning o tmish tarixi birinchi planga chiqdi. Shunday qilib, o z hayotini qurbon qilish evaziga mamlakatini ʼ polyak bosqinchilaridan qutqargan rus dehqoni Ivan Susaninning jasorati muhim o rin egalladi. Bu syujet asosida ikkita opera ʼ yozilgan. Birinchi opera “Ivan Susanin” А.Shaxovskiy librettosi asosida Kavos tomonidan yaratilib, uning taqdimoti 1815 yilda bo lib ʼ o tgan. Muvaffaqiyatli postanovkasiga qaramay, u Mixail Glinkaning ʼ shu syujetga yozilgan operasiga ko p jihatdan yutqizar edi. Asosiy ʼ farq bu Kavosning operasida ko`p rechitativlar bolib, ariyalar esa ozgina mavjud edi. Kavosning operasida asosiy qahramon oxirida tirik qoladi. M. Glinkadan tashqari, opera boshqa ko'plab bastakorlarning e'tiboriga ta'sir qildi, ular orasida Aleksei Nikolaevich Verstovskiy (1799-1862) muhim o'rin tutadi.
Aleksey Verstovskiy turli janrlarda katta miqdordagi musiqiy-sahnaviy asarlar yaratgan taniqli rus kompozitori bơlib, u A.Pushkin bilan bir yilda tugilgan. U ơziga tơq oiladan bơlib, uning buvasi va otasi xarbiy edilar. Bơlajak kompozitor oilasi krepostnoy musiqachilardan tarkib topgan ơz orkestriga ega bơlib, bu yosh Alekseyning musiqiy qiziqishlari shakllanishiga ta'sir kơrsatdi, albatta. Uning ota-onasi musiqaga nihoyatda ixlosmand insonlar bơlib, shunga kơra, ularning farzandlari ham bolalik choglaridanoq fortepiano chalib, konsertlarda chiqishlar qilar edilar. Ammo, ơsha davrning aksari t ёrqin kompozitorlari maqsadli ravishda oliy musiqa ơquv yurtlarini tamomlmagan, sababi u vaqtlarda Rossiyada maxsus oliy ơquv muassasalari yơq edi.
A.Verstovskiy 17 yoshga tơlganda ota-onasining xohishiga kơra, Peterburgdagi temir yơl muhandislari Institutiga ơqishga kiradi, biroq, u erga faqat bir yil chidaydi. Shundan sơng uni teatrga bơlgan qiziqish ơziga jalb etadi, va u mashhur dramaturglar, yozuvchilar, musiqachilar bilan tanishib, dastlab kichik asarlar – ya'ni vodevillar, kichik dramatik asarlar yaratadi.
V.Odoevskiy, A.Pushkin, A.Griboedov bilan tanishuv va muloqotlar, unga sahnaviy janrlarga musiqa yozishga qiziqishni uyğotdi. U 20-yillarning ơrtalaridayoq 25 dan ziyod vodevillar muallifi edi, bundan tashqari u juda kơplab romanslar, qơshiqlar, band va balladalar (jami 300dan ziyod) yozdi. Uning kichik teatr tashkilotida rahbarlik lavozimida ishlashi kơplab mashhur mualliflarni ha jonlanishga majbur qilgan. Jumladan M.Glinkani ham, sababi teatr sahnasidagi kơplab spektakllar namoyishi unga boğliq edi. Aleksey Verstovskiy ơzining “Pan Tvardovskiy” (1826) va “Askolning qabri” (1835) kabi operalari sabab, kompozitor sifatida tanildi, aytish joizki, uning operalari orasida, yanada yorqinlari ham bor edi. Bunda kompozitor ơtgan asrda ommalashgan, rus xalq qơshiqlari va raqsbop kuylariga tayangan qơshiq operasining barcha atributlarini qơllaydi.
A.Verstovskiy gayrioddiy dekoratsiya va kostumlarga ega effektli sahnalarga intilgan. Biroq, garbiy opera ta'siri nihoyatda ulkan edi, unda ơsha paytda romantik an'analar va musiqiy-ifodaviy vositalarning mos keluvchi ơzgarishlariga ega semantika faol namoyon bơlgan. Mixail Glinka operalarining muvaffaqiyoti esa kơp jihatdan ơsha davrda rus musiqasi an'analari, tarixiy dalillar, rus tarixiy arboblari va qahramonlari obrazlari bilan bogliq rus milliy operasini ratish xususidagi e'tiroflar sabab edi. Shu tariqa, M.Glinkaning opera san'ati, umuman butun ijodi kơp jihatdan ơsha davrning nufuzli kơrsatmalariga javob berar edi. Verstovskiy 6 opera yaratdi, ular orasida eng mashhuri Mixail Zagoskiyning syujeti asosida yaratilgan “Askoldning qabri” va 30- dan ortiq opera-vodevillar.
U vokal musiqasi sohasida novator edi, uning balladalari yoki dramatik kantatalar ko'p jihatdan romantik kompozitorlarning asarlariga o'xshaydi. Tanqidchi B. Asaf`ev Verstovskiyni vocal asarlarini romantik kompozitorlariga yaqin deb hisoblagan. Verstovskiyni “Askoldning qabri” operasi Glinkaning “Ivan Susanin” operasidan bir yil oldin yaratilgan (1835), va uning o`rni rus opera san`atida juda muhimdir. Shunday qilib, rus operaning rivojlanishi M.Glinka operalari yaratilishidan ancha oldin boshlanganva quyidagi xususiyatlarga ega edi deb taxmin qilish mumkin.
Bir tomondan, italyan operasining an'analari hali ham kuchli edi, yani nemis romantik operasining belgilari kirib kela boshladi. Boshqa tomondan, rus folklor manbalariga asoslangan milliy operani yaratish istagi, oddiy xalqning obrazlariga qiziqish, tarixiy voqealar va rus yozuvchilarining asarlari rus operasining XIX asr 30-40 yillarda birinchi namunalarini yaratishga olib keldi.
Xulosa
XIX asrning birinchi yarmida rus san’atida teatr ulkan rol o’ynadi. Bu bir tomondan, zodagonlar qatlamining bir xildagi hayotini to ldirish, uni qiziqarli qilish bilan izohlanadi. Oddiy odamlar uchun esa teatr san atning turli sohalari mutanosiblashgan, rang-barang hissiyotlar hukmron va turli tabaqalarni xavotirga solgan muhim muammolar aks ettiriluvchi joy edi. O’sha davr voqealarini aynan teatr aks ettirib, unga ba’zan o ta tezkorlik bilan munosabat bildirgan. Ma’lumki, 1812 yildagi urush davrida aynan urush voqealari va odamlarni xavotirga soluvchi tuyg ular ifodalangan bir qator spektakllar paydo bo’ldi. Bu rus xalqining vatanparvarligi yuzaga chiqqan davr edi, bu esa Rossiya madaniyati rivojining keyingi davrlarida yaratilgan asarlarda ulkan ahamiyat kasb etdi. Opera san’atiga kelsak, aynan vatanparvarlik ro’lining o’sishi italyancha opera an-analariga bo’lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo’ldi, bu saroy va zodagonlar qatlami didiga tobelikka qaramay,turli jamiyatlar doimo uning qiyosiy konservatizmi va qoloqligini belgilab bergan. Rasmiy-tantanavor toifadagi saroy italyan operasining turlari XIX asr boshiga kelib butunlay barham topdi.


Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling