Akademik ijrochilik
Download 312.62 Kb.
|
Shixnazarov Bexruz
XULOSА VА TАKLIFLАR
Meni o’zimi musiqaga juda qiziqishim katta. 2005-yil V.Uspenskiy nomidagi musiqa litseyiga 1-sinifga qabul qilindim. U yerda men malakali o`ituvchilar qo’l ostida tahsil oldim. 5-sinifdan boshlab men Truba musiqa asbobida chalishni boshladim va Mardaliev Shuhrat Mirzaevich sinifiga qabul qilindim. Men ulardan juda katta mahorat maktabini oldim. Ularning o`qitish uslublari juda ham o`zgacha edi. Shu bilan men turli ko`rik tanlovlarda ishtirok etdim. Ya`ni 2009-yildan 2015-yilgacha “San`at g`unchalari” ko`rik tanlovida 1-o`rinlarni, Glier hotirasiga bag’ilshlangan tanlovda 1-o’rin. Yosh ijrochilar Respublika bosqichida ham faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritdim hamda “Jubanov” nomli Xalqaro tanlovida ishtirok etib 3-o’rinni qo’lga liritganman. Juda ko`plab asarlarni ijro etdim. Menga asosan zamonaviy kompozitorlarning asarlari juda yoqadi. Hozirda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining damli va zarbli cholg`ular yo`nalishi bo`yicha 4-bosqichda tahsil olaman. Kelajakdagi maqsadim harbiy orkestrga musiqachi bo`lib ishga kirish. Bugungi kunni musiqasiz tasavvur etish qiyin. Uning qaysi bir (badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, animatsiyali) turida bo’lmasin, musiqaga ehtiyoj kuchli. Musiqa ijrosi badiiy ifodaviyligi unda yangragan musiqaga ham bog’liqdir. Tinglovchilarning musiqiy didini shakllantirish, o’zbek musiqasining o’rnini jahon sahnalariga chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ma'lumki, musiqiy asarlar biror bir syujetga asoslanib, dasturli ko’rinishda yaratilishi mumkin. Shuningdek, abstrakt voqealar asosidagi musiqiy asarlar ham juda ko’p uchraydi. Inson kitob mutolaa qilganida, filьm tomosha qilganida stsenariyning mazmun-mohiyatini his qila olishi juda muhim. Musiqiy asarni tinglaganimizda ham xuddi shunday tasavvur paydo bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa dramaturgiyasining umumiy tuzilishiga ijobiy ta'sir etish uyg’un holda birlashgan musiqa mazmunini va obrazlarining mazmun-mohiyatini yanada chuqurlashtirishdolzarbdir. Ya'ni, musiqaga alohida muhit, muayyan epizodlar ko’tarinki kayfiyat, bosh mavzuning yorqin ifodalanishiga yordam beradi. Qolaversa, musiqa milliy qiyofa beradi. Renasans davrida musiqa san'atida ajralmas qismiga aylanib ulgurgan “ijrochilik” tushunchasi yuzaga keldi. Har bir inson musiqa tinglaganida uning ko’z oldida ma'lum bir syujet gavdalanadi. Аna shu syujet asosida tinglovchi ma'naviy ozuqa oladi. Cholg’u musiqasi san'atning mushtarak (sintetik) turi sifatida o’rganilishi lozim. Uning barcha unsurlari o’zaro bog’lanib, bir-birini boyitib, murakkab tizimini tashkil qiladi. Bir yoki bir necha ijrochilar ovozi bilan cholg’u asboblarining ijro etilishga mo’ljallangan asarlar vokal musiqa sohasiga taaluqli bo’ladi. Shuning uchun bir matnga har xil asarlar yozilsa ham, ularning har birida musiqa va matn o’rtasidagi turli aloqalarni topish mumkin. Cholg’u musiqada mazmun, uning ifoda vositalari, kuyning ritmi, melodikasi va sintaksisi bilan bog’lanadi. Ritm, tembr, melodika, artikulyatsiya, balandlik birgalikda musiqa tilini (nutqini) barpo etadilar. Bular faqat ifodaviy vositalarni emas, balki musiqaning ham unsurlaridar. Ritm sohasiga qisqa va cho’zim tovushlar orasida munosabatlari, urg’ular, jumlalar bo’linishi, pauzalar, temp va umuman sintaksis kiritiladi. Lekin musiqiy ritmga ta'siri chegarasiz emasdir. Musiqiy boy imkoniyatlari kompozitorga ritmini turli xil talqin qilishga keng sharoitlar yaratadi. Musiqada ifodalanish tamoyillarini tasniflash asosida va ritmini musiqiy ritm bilan bo’lgan o’zaro nisbati yotadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev musiqa va sanьatga alohida e'tibor bilan yondashishi natijasida o’zbek musiqasida ijobiy tomonga siljishlar kuzatildi. Musiqa sohasida professional ijodkorlar ko’paydi. Nafaqat musiqaga, balki, uning mazmuni, matni, badiiy ahamiyati va sifatiga ham e'tibor qaratildi. Musiqa estetik zavq olish, madaniy hordiq chiqarish omiliga aylandi. Tinglovchi o’z didiga mos bo’lgan sifatli qo’shiqlar tinglash imkoniga ega bo’ldi.
Download 312.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling