Test topshiriqlari
Olimpiadaning 3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar) test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 minut vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi. Test savollarini tuzishda o‘quvchilar o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan barcha nazariy, amaliy bilim va tushunchalarning qamrab olinishiga erishish lozim.
Matematika fanidan olimpiada yozma ish masalalari va testni baholash mezoni
Umumta’lim maktablarida Matematika fanidan olimpiada 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi. Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Yozma ish
Fan olimpiadasining 1-turi yozma ish topshiriqlarida 5 ta masala beriladi. Masalalarni yechishga 3 soat (180 minut) vaqt ajratiladi.
Har bir masala 10 ball bilan baholanadi.
Yozma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
№
|
Baholash mezoni
|
Ball
|
1
|
Mantiqiy fikrlab, xatosiz va kamchiliklarsiz yechilgan har qanday yechim, rasmlar, chizmalar va grafiklarni to‘g‘ri bajarganligi, formulalarni matematik qoidalarni to‘gri tahlil qilib misollarga tadbiq qila olsa
|
10
|
2
|
Masalani asoslab to‘liq yechilgan bo‘lsa, lekin 1- qo‘pol bo‘lmagan xatolar va hisoblashlar ga yo‘l qo‘yilgan mayda kamchiliklari uchun
|
9
|
3
|
Masala asoslab to‘liq yechilgan bo‘lsa, lekin 2-qo‘pol bo‘lmagan xatolar va hisoblashlarda yo‘l qo‘yilgan mayda kamchiliklari uchun
|
8
|
4
|
O‘quvchi to‘g‘ri javobga erishgan bo‘lsada, yechishga yetarlicha yondoshib yechim xususiy hollarda asoslanmagan bo‘lgani uchun
|
7
|
5
|
O‘quvchi masalani yechishga to‘g‘ri yondoshgan bo‘lib to‘liq yecholmagan va yechimni asoslay olmagani uchun
|
6
|
6
|
Masalani yechishda o‘quvchining to‘g‘ri, lekin yechimning to‘g‘ri yoki noto‘g‘rili-gini, to‘g‘ri javobni asoslash va isbotlash yetarli bo‘lmagani uchun
|
5
|
7
|
O‘quvchi yechishga erishgan bo‘lib yechishda tenglama, tengsizliklar va ayniyatlarni qo‘llay olmagani uchun
|
4
|
8
|
Yechishda o‘quvchining g‘oyasi to‘g‘ri bo‘lib, kamchiliklar ko‘pligidan to‘g‘ri yechimga erishmagani uchun
|
3
|
9
|
Masala yechilmagan, lekin oqqa ko‘chirishda ayrim to‘g‘ri mulohazalari uchun
|
2
|
10
|
Masala yechilmagan, lekin yechishga xarakat qilib haqiqatga yaqin chizmani bajargani uchun
|
1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |