Akademik yozuv 1-2 topshiriq boyicha taqdimot
Download 400.02 Kb.
|
MEN AKADEMIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Akademik yozuv” fani “Davlat tili” to‘g‘risadagi qonunning 7,9,10-moddalariga tayanadi
- Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
- Til va yozuv
- Matn bilan ishlang.
Akademik yozuv1-2 topshiriq boyicha taqdimotKorxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqdaO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”(yangi tahrirda)gi qonunni bajarish tadbirlari to‘g‘risida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda oliy o‘quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tili ish yuritish,hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini1997-yildan e’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo‘yilgan.TATU Qarshi filiali direktori yuqorida qayd etilgan ko‘rsatmadan kelib chiqib talabalar uchun dastlab, “Mutaxassislik tili” fanidan keyinchalik, “Akademik yozuv” fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishni tashkil etdi.“Akademik yozuv” fani “Davlat tili” to‘g‘risadagi qonunning 7,9,10-moddalariga tayanadiAxborot haqida tushuncha.Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og‘zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o‘rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o‘rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o‘simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma’lumot (ma’lumotlar majmui)ni anglatadi.Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash va tarqatish jarayoni.Axborot tizimi (informatsion sistema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui.Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui.Til va yozuv
Matn bilan ishlang.
Download 400.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling