Akademiy a isxakov


-§. Ekstraordinar protsess


Download 1.65 Mb.
bet13/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. Ekstraordinar protsess


Milodning I I I asri boshlariga kelib, respublikaning demokratik belgilarini ko‘rsatish maqsadida, shuningdek imperator hokimiyati sudyalarga ishonmay qo‘yganligi sababli huquqbuzarlar bilan o‘zlari yoki o‘zlarining amaldorlari orqali kurashadigan bo‘ ldi. Ekstraordinar jarayonlarni imperator amaldorlari amalga oshirardi. Imperator shaxsan o‘zi har qanday ishni ko‘rishi yoki o‘z amal- dorlaridan biriga topshirishi mumkin edi. Ayniqsa, bu jarayonda magistratning o‘rni beqiyos bo‘ lgan. Chunki, u ishni boshidan oxirigacha, ya’ni ishni sudga o‘tkazmasdan hal qilgan. Javobgarni sudga olib kelish ham davlat organlari orqali amalga oshirilgan.


Bunday jarayonlarni imperatordan tashqari shahar politsiyasi boshlig‘ i, magistrat, provinsiya hokimi va munitsiðial magistrat tomonidan amalga oshirilgan. Da’vogar sud protsessiga kelmasa ish yopilgan yoki, aksincha javobgar kelmagan taqdirda uning


ishtirokisiz ko‘rilgan. Taraflardan faqat javobgargina sudga raddiya bera olgan. Jarayonda ishtirok etuvchi tomonlar va advokatlar qasam ichishgan. Yozma hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari dalil- isbot bo‘lgan, bitta guvohning guvohligi inobatga olinmagan.
Sud qarorlari mazmunan turlicha, ya’ni pul qiymatini to‘lash, ashyoni, mulkni qaytarib berish va biror-bir harakatni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan. Sudya jabrlanuvchi talabini kamaytirishi mumkin edi. Agar sudya ishda noaniqlik mavjud degan xulosaga kelsa, ishni yuqori instansiyaga berishga haqli edi.
Sud qarori da’vogarning talabiga muvofiq davlat tashkilotlari tomonidan ijro qilingan. Qaytarib berilishi lozim bo‘ lgan mulk bo‘ lsa, u holda 2 oy mobaynida qaytarilishi lozim edi, aks holda majburiy olib berilgan. Belgilangan qiymatdagi pulni qaytarmasa, javobgarning mulki ro‘yxatga olinib, qismlarga bo‘lib sotilgan, mol- mulki bo‘ lmasa javobgar qamab qo‘yilgan. Sudning qarori ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan, u yozma yoki og‘zaki tarzda qaror o‘qib eshittirilgandan keyin 10 kun ichida keltiril ishi mumkin bo‘ lgan. Shikoyat ishni ko‘rib chiqqan sudyaga berilgan va imperatorga yo‘llangan. Shikoyat imperator kengashida ko‘rib chiqilgan va uning xulosasi qat’ iy bo‘lgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling