Akademiy a isxakov
-§. Rim huquqining manbalari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
6-§. Rim huquqining manbalariRim davlatida huquqning eng qadimgi manbai (mores majorum) huquqiy odatlar bo‘lgan. Rimning tarixiy an’anasiga ko‘ra, huquqning boshqa manbai Rim podsholarining qonunlari ( Leges Regiae) hisoblangan. Modomi ki, rim xalqining an’analari va dini bilan chambarchas bog‘liq bo‘ lgan huquqning ushbu manbalari dastlab patritsiylarniki sifatida kelib chiqqan ekan, adabiyotlarda plebeylar uchun huquqiy odatlarning alohida maxsus tizimi mavjudligi haqidagi taxminlar ham yo‘q emas. Plebeylarning teng huquqlar uchun harakati huquq doirasida ham o‘z ifodasini topgan, chunki patritsiylarning magistrlari va pontifiklari plebeylarning manfaatlarini e’tiborga olmasdan yozilmagan odatlarni o‘zboshimchalik bilan sharh- laganlar. M iloddan avvalgi 450-yillar atrofida qabul qilingan birinchi Rim yozma qonunlari—X II jadval qonunida qasamlardan foydalanish va boshqa diniy marosimga oid harakatlarni qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, huquq endi diniy me’yorlardan ajratilgan va dunyoviy xarakter kasb etgan edi. I jadval qonunlari o‘n ikkita mis lavhaga o‘yib yozilib, Rim siyosiy hayotining markazi hisoblanmish forumga hamma ko‘rishi uchun osib qo‘yilgan. Bu qonunlarni bilish hamma uchun majburiy bo‘ lgan, chunki uning qabul qilinishi bilan Rim fuqarolarini dunyoviy huquqiy tarbiyalash zarurati tug‘ i lgan.Afsuski, XI I jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan, shu bois uning mazmuni XVI—XVI I asrlarda Rim mualliflarining asarla- ridagi parchalar asosida qayta tiklangan. Biroq hozirga qadar XI I jadval qonunlarining matni to‘liq va aniq bo‘lmasdan qolib ketgan. Bundan tashqari, kvirit huquqining muhim manbalari tajri- basiga quyidagilar kirgan: qonunlar; senat qarorlari; magistratlarning qarorlari. M iloddan avvalgi III asrda XII jadval qonunlari rasman harakat qilishda davom etgan. Rim huquqi tarixining yangi (klassik) bosqichida uning muhim manbai pretorlarning ediktlari hisoblangan. Shunday ediktlar asosida «sivil huquqi» bilan bir qatorda «pretor huquqi» va «xalqlar huquqi» vujudga kelgan. Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyatlari natijasi bo‘ lgan. Shunday qilib, Rimda huquq manbalarining murakkab tizimi vujudga kelgan. Rim davlatida imperiya o‘rnatilgach imperatorlarning qonunlari (konstitutsiyalari) xalq majlislari tomonidan hokimiyat vakilli gi natijasi sifatida ko‘rilgan va bunga ko‘ra, rim xalqi o‘z qonun chiqarish hokimiyatini imperatorlarga o‘tkazgan. Shu vaqtga kelib, imperatorlarning qonunlari huquqning eng muhim manbaiga aylangan. Postklassik davrda quldorlik tuzumining chuqur inqirozi tufayli rim huquqida ayrim o‘zgarishlar yuz bergan, lekin uning asosiy institutlari amalda avvalgi ko‘rinishda saqlanib qolgan. Bu vaqtda aynan huquq manbalarida bir qator o‘zgarishlar bo‘ lgan. Ularning ichida imperatorlar qonunlarining ahamiyati tobora ortib borgan. Rim huquqining sobiq harakatchanligining yo‘qotilishi, sivil va pretor huquqi o‘rtasidagi chegaralarning olib tashlanishi va kodifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratgan. Ayniqsa, Rim imperiyasining sharqiy qismida (Vizan- tiyada) huquqni tizimlashtirish bo‘yicha qizg‘ in ishlar amalga oshirilgan. Bu yerda miloddan avvalgi III asrning oxirida rim huquqining quyidagi xususiy to‘plamlari tuzilgan: «Grigorian kodeksi»; «Germogenian kodeksi». Ularda miloddan avvalgi 196-yildan 365-yilgacha chiqarilgan imperator qonunlarining asl matnlari o‘rin olgan. 438-yilda esa imperatorlar konstitutsiyalarining birinchi rasmiy kodifikatsiyasi (Feodosiya kodeksi) amalga oshirildi. Bu to‘plamning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u faqat harakatdagi imperatorlik qonunchiligini o‘z ichiga olgan va kodifikatsiya ishlarining ancha yuqori darajasini aks etti rgan. Rim huquqining keng qamrovli kodifikatsiyasi G‘ arbiy Rim imperiyasi qulagach, Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug‘ i bilan 528—534-yillarda o‘tkazilgan. Yustinian kodeksi XII jadval qonuni asosida o‘n ikkita kitobga bo‘ linib, har bir kitob titullarga, titullar esa parchalarga bo‘lingan. Yusti nian kodifikatsiyasi rim huquqining butun tarixini jamlab, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda chegara qo‘ygan. Shuning uchun Yustinianning qonunlar to‘plami, garchi ba’zi postklassik va sof Vizantiya belgilarini o‘zida aks ettirgan bo‘ lsa ham, o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling