Akademiy a isxakov


-§. Rim huquqshunoslarining faoliyati


Download 1.65 Mb.
bet8/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. Rim huquqshunoslarining faoliyati




Rim huquqshunoslarining faoliyati miloddan avvalgi 17—235- yillarni o‘z ichiga oladi. I—III asrlarda sinfiy (prinsiðiat) davrida rim huquqi rivojlanishining o‘ziga xos muhim manbai huquq- shunoslarning faoliyati hisoblangan. Rim huquqshunoslari qadimgi


Rimning butun huquqiy tizimini izchil va yaxlit rivojlanishini ta’minlashga katta hissa qo‘shganlar. Rim yurisprudensiyasi plebeylar pontifiki Tiberiy Korukaniyadan, u birinchi bo‘lib konsultatsiya bera boshlagan (mil. avv. 254-yil). Ularning fuqarolarga bergan huquqiy maslahatlari birinchi marta ommaviy va ochiq ravishda o‘tkazilgan.
Sinfiy davrning mashhur huquqshunoslaridan biri Labeon huquq bo‘yicha novator va Prokulyanlar huquq maktabining asoschisidir. U respublikachilar tomondori bo‘lib, o‘z maktabiga hamda huquq sohasiga ko‘p yangiliklarni kiritdi. Labeon o‘zining so‘nmas talanti va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi bilan Kapitondan ajralib turardi.
Sabinyanlar huquq maktabining asoschilari Kapiton va Sabin fuqarolik huquqining il k sharhlovchilari s i fatida tani lgan. Sabinyanlar huquq maktabidan mashhur «Gay institutsiyasi»ning mualli fi Gay, III asr huquqshunoslari Emiliy Papinian, Pavel va Ulpian kabi huquq ijodkorlari yetishib chiqqanlar. Huquq maktab- larining o‘qituvchilari Sabin, Yulian, Prokul va Selza huquq fanini rivojlantirishda va aholini huquqiy madaniyat bilan tanishtirishda mashhur olimlardan hisoblangan.
Sivil huquqining rivojlanishi bevosita imperator Avgust davri bilan chambarchas bog‘ liq. Chunki uning davrida ko‘pchilik shartnomalar — ssuda shartnomasi, garov shartnomalari (jus civile) fuqaroli k huquqi tusini oldi.
Imperator Avgust tomonidan shaxslar huquqiga, oila va meros huquqiga hamda shartnomalar javobgarligi bo‘yicha qat’ iy milliy huquq hisoblangan fuqaroli k huquqiga beqiyos o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiriti ldi.Imperator Avgust huquqshunoslar bilan o‘z munosabatlarini yaxshilab, ularni davlat ishlariga, pretoriya prefektlariga (ko‘proq sud ishlari bo‘yicha) o‘tkazgan.
Mashhur huquqshunos Sabin 3 kitobdan iborat didaktik asar jus civile (fuqarolik huquqi)ni yaratdi. Bu asar quyidagi qismlardan iborat:

  1. meros huquqi;

  2. shaxslar huquqi;

  3. majburiyat huquqi.

Shuningdek, ushbu asarda ashyoviy huquqlar to‘g‘risida hamda shu mavzuga oid savol-javoblar ham berilgan.


I I asrning mashhur huquqshunoslaridan Florentin o‘ z institutsiyasini 12 ta kitobdan, Selzaning 39 ta kitobdan iborat digestlari va ularning sharhlarini, shuningdek Yulian esa o‘z digestlarini 90 ta kitobdan iborat asosda yaratdilar. Shu o‘rinda aytish joizki, ushbu asarlardan Rim sinfiy davrining mashhur huquqshunoslari Gay, Pavel, Ulpian, Papinianlar hamda Yus- tinian kodifikatsiyasini ishlovchi barcha huquqshunoslar bevosita foydalanganlar.Qolaversa, Marsella 31 ta kitob, Ssevola tomonidan esa 40 kitobdan iborat digestlar yaratilgan.
Jahon yurisprudensiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhur huquqshunos Papinian ham bu borada ikkita asar yaratgan bo‘ lib, birinchisi 37 ta kitobdan, ikkinchisi «Responsa» deb ataluvchi 19 ta kitobdan iboratdir. Bu asarlardan Yustinian kodifikatsiyasida keng foydalanilgan.Huquqshunos Ulpianning o‘quvchisi Modestin ham
«Responsa» degan asar yaratgan bo‘ lib, u ham 19 ta kitobdan iborat edi.
Respublika davrining huquqshunoslari sud amaliyotida muhim o‘ rin tutgan. Shu bois ular sud jarayoni masalalari bo‘yicha huquqiy javoblarni aniq ifodalab, yuridik hujjatlarni sharhlaganlar, tuzganlar, ba’zi hollarda esa bevosita sud jarayonida qatnashib, tomonlardan biriga huquqiy yordam ko‘rsatganlar. Ushbu davrning huquqshunoslari suvoriylardan ham chiqqan. Ularning ichida eng mashhurlari Eliya Peta Kata, Mark Maniliy, Alfen Var, Kvint Mutsiy Ssevola, Publiy Mutsiy Ssevola, Serviy Sulpitsiy, Ruf va boshq.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida yurisprudensiyaning rivojla- nishi yuqori cho‘qqiga chiqdi. Bu davrda xususiy mulkka bo‘lgan huquq hamda rim xususiy huquqi nihoyatda takomillashdi.
M azkur davrning huquqshunoslari huquq nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida katta hissa qo‘shdilar. I I asrni bejizga
«oltin asr» deb atashmagan. Chunki I I asr jahon tarixida o‘zining boy huquqiy xazinalari va yodgorliklari bilan o‘chmas iz qoldirgan. Sivil va pretor huquqlarining sharhlari, shuningdek ularni umumlashtirishga urinib, turli huquqiy maslahatlar bo‘yicha


yozilgan asarlar—bu digestlar katta shuhrat qozongan. Digestlarda odatda, aynan o‘sha yoki boshqa mualliflarning ancha qadimiy asarlaridagi («savollar», «javoblar» va boshq.) parchalardan (ko‘- chirmalardan) foydalanilgan, shu bilan birga, huquqiy material qat’ iy aniq tartibda joylashtirilgan (digesta—tizimga solingan degan mazmunni anglatishi bejiz emas). Rim huquqshunoslarining asarlari ichida rim huquqini o‘quv maqsadlarida tizimli bayon qiluvchi institutsiyalar muhim o‘rin egallagan. Ayniqsa, 143- yildagi Gay institutsiyalari juda mashhur bo‘lgan. Ularda keng huquqiy materiallarning qisqacha, lo‘nda va mantiqan izchil joylashtirilgan bayoni berilgan. Gay institutsiyalari asosan fuqarolik (sivil) huquqiy munosabatlarini hal qilishga bag‘ ishlangan bo‘ lib, boshqa Rim huquqshunoslarining institutsiyalaridan to‘ la va aniq bayon qilinganligi bilan farq qiladi. Chunki ularda fuqarolik huquqining izchil va mantiqiy bo‘ linishi berilgan: «biz foydala- nadigan barcha huquq shaxslarga, yoki ashyolarga yoxud da’volarga taalluqli». Garchi, ko‘p olimlar Gay tomonidan foydalanilgan tizimni original (mustaqil ravishda ishlangan, yuzaga kelgan) deb hisoblashmasada, lekin bu huquqni tushunishda olg‘a tashlangan muhim qadamdir. Bu yerda ilk bor moddiy huquq jarayonidan, individual (alohida) huquqlar ularni himoya qilish vositalaridan ajratilgan.
Shu o‘ rinda ta’kidlash joizki, huquqshunos Gay o‘zining institutsiyasi bilan jahonga tanilgan. Hatto uning institutsiyasi asosida Rim, Konstantinopol, Beyrut universitetlarida dars o‘ti lgan.
Yurisprudensiyaning yuqori darajada rivojlanishida huquq- shunos Gayning beqiyos xizmati borligini hamda uning asarlarini xalq sevib o‘qishini, shubhasiz rimliklar tan olishgan. Afsuski, manbalarda Gay haqida, ya’ni uning familiyasi, qayerda tug‘ ilga- nligi, hatto qaysi provinsiyada faoliyat ko‘rsatganligi to‘g‘risida batafsil ma’ lumotlar keltirilmagan.
Rimda imperatorlik boshqaruvining o‘rnatilishi bilan huquq- shunoslarning amaliy faoliyati—huquqiy maslahatlar berishi faollashgan. Ya’ni, «javoblar» deb nom olgan bu maslahatxonalar sudyalarga katta ta’sir o‘tkazgan, chunki sudyalar ko‘pincha obro‘ li huquqshunoslarning fikrlariga amal qilar edi. Imperator Avgust


rasmiy ahamiyatga molik (jus respondendi) javoblar berishni faqat ma’ lum doiradagi huquqshunoslarga ruxsat etib, ularning faoliyatini birmuncha yagona shaklga keltirishga harakat qilgan. Asarlari va fikrlari avvalgidek huquq manbai sanalgan klassik huquqshunoslarning soni qisqargan. 426-yildagi «O öèòèð î âà í èè þ ðèñò î â» degan qonunlarga binoan faqat beshta huquqshunos: Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va Modestinning asarlari yuridik kuchga ega ekanligi tan olingan. Imperator Avgust senatga ko‘proq chinovnik huquqshunoslarni a’zo qilib, ularga senat a’zolari sifatida yuqori maosh bergan va ularni davlat xizmatchilari bilan tenglash- tirgan. Eng mas’uliyatli mansablarga huquqshunoslar qo‘yilar ekan, ular imperator nomidan sud protsesslarida qarorlar qabul qilganlar. Ushbu qarorlar asosan yozma ravishda berilib, huquq- shunoslarning o‘z tamg‘alari bilan tasdiqlangan, hatto bu impe- rator devonxonasida saqlanuvchi jurnallarga ham yozib qo‘yilgan. Umuman olganda, imperator Avgust davrida huquqshunoslar (jus pespondendi) maslahatlar berish, sud protsesslarida ishlarni olib borish, ya’ni ko‘proq amaliyot bilan shug‘ullanganlar.
Yetuk huquqshunos Ulpian tomonidan bir necha qonunlarga, odat normalariga va shu jamiyatdagi mavjud qoidalarga sharhlar yarati ldi. Uning yordamchisi Yuliy Pavel esa Rim quldorlik davlatida oldin o‘tgan huquqshunoslarning asarlariga o‘zining tanqidiy qarashlari biti lgan asarini yaratdi. Huquqshunos Papinianni imperator Septimi Sever pretoriya prefekti, ya’ni sud ishlari bo‘yicha o‘zining o‘rinbosari mansabiga tayinlagan. Ulpian esa voyaga yetmagan imperator Aleksandr Severning davrida pretoriya prefekti mansabiga erishib, chinovnik, zodagonlar guruhiga o‘tkazildi.
Sudyalar bu huquqshunoslarning umumiy fikrini aniqlashlari lozim bo‘ lgan. Agar bu huquqshunoslar o‘rtasida turlicha fikr mavjud bo‘lsa, ko‘pchilikning fikriga qaralgan. Agar ovozlar teng bo‘lsa, Papinianning fikri hal qiluvchi deb tan olingan. Agar bunday holda Papinian fikr bildirmasa, sudya mustaqil harakat qilishi mumkin bo‘ lgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida miloddan avvalgi IV asrning oxirlariga kelib chuqur o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni shu vaqtga qadar mavjud tizimning inqirozi munosabati bilan rim huquqining

jonlanishi vujudga keldi va kodifikatsiya masalasi kun tartibiga qo‘yildi. O‘zgarishlar yuz bersa-da, lekin uning asosiy institutlari o‘z mazmun — mohiyatini o‘zgartirmadi, amalda avvalgi ko‘rinishda saqlanib qoldi. Bu vaqtda aynan huquq manbalarida bir muncha o‘zgarishlar bo‘ ldi. Bunga sabab imperatorlar qonunlarining ahamiyati tobora ortib borganligidadir.


Imperatorlar to‘la hokimiyatchiligining o‘rnatilishi munosabati bilan yangi huquqshunoslar avlodlarining majburiy xarakterdagi maslahatlar berish huquqlari zaiflashib, vujudga kelgan yangi huquqiy me’yorlarni ta’riflab berish (sharhlash) imkoniyati ka- maygan. Huquqshunoslar asarlari va fikrlari avvalgidek, huquq manbai sifatida ko‘ riladigan, klassik huquqshunoslarning soni tobora qisqarib borgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, faqat buyuk huquqshunoslarning, ya’ ni Papinian, Pavel, U lpian, Gay va Modestinning asarlari va bergan maslahatlari yuridik kuchga ega bo‘ lgan. Shuningdek mashhur huquqshunoslar Ssevola, Sabin, Yulian (konsul)—Pomponiy, Marsian, ota-o‘g‘ il Selzalarning qarashlari va ko‘rsatmalari ham e’tiborga olingan bo‘ lib, ularning fikrlari yuqorida ko‘rsatilgan ulug‘ va mashhur huquqshunoslarning fikrlariga zid kelmasligi lozim bo‘lgan.
Rim huquqining keng qamrovli kodifikatsiyasi G‘ arbiy Rim imperiyasi qulagandan so‘ng Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug‘ i bilan 528—534-yillarda o‘tkazilgan. Kodifikatsiya ishlariga rahbarlikni taniqli huquqshunos professor Tribonian amalga oshirgan. Rim huquqining qator yirik to‘plamlarini tuzish komissiya ishlarining natijasi bo‘lgan. Biroq, bu to‘plamlar interpolyat- siyaga—ancha kechki namunalarning, jumladan, yunon va sharq huquqi me’yorlarining kiriti lishiga uchragan. Huquq tarixining kechki bosqichida, ya’ni O‘rta asrlarda bu to‘plamlar Yustinianning yagona qonunlar to‘plami «Corpus juris civilis» sifatida maydonga chiqqan.
Imperatorning bevosita rahbarligidagi keng kodifikatsiya ishlari Yustinian kodeksini tuzishdan boshlangan. 528-yil 13- fevralda 10 ta oliy mansabdor shaxslar va huquqshunoslar tarkibida komissiya tuzilib, unga kodeksni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Komissiya a’zolari tarkibidagi professor Tribonian va Konstantinopol huquq


maktabining professori Teofillar ham rahbarlikda, ham ish faoliyatida faol ishtirok etgan. Komissiyaga avval qabul qilingan va chiqarilgan xususiy va rasmiy to‘plamlardan, xususan Grigorian, Germogenian hamda Feodosiya kodekslaridan foydalanib, imperatorlik konstitutsiyalarini bir butun qilib to‘plash, ulardagi mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, eskirib qolgan qonun- larni chiqarib tashlash vakolatlari berilgan. Yustinian kodeksining birinchi tahriri hayratlanarli darajada nihoyatda tezlik bilan tuzilgan va 529-yil 7-aprelda nashr eti lgan. Afsuski, bu nashr bizgacha yetib kelmagan.
Kodeks tuzishdagi shoshma-shosharliklar va undagi bir qancha kamchiliklarga asosan qarama-qarshi me’yorlar, eskirgan qoida- larning saqlanib qolishi sabab bo‘ lgan. Bular, Yustinian kodifikat- siyasining boshqa qismlari tuzilayotgan vaqtda ma’ lum bo‘ lgan. Yustinian qonunchiligida, ayniqsa «elli kta qaror» to‘plami va 200 dan ortiq eski qabul qilingan qonunlarni o‘zgartirish yoki isloh qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishi, shuningdek yangi bir qator tart ib qoidalar («fuqaroli k huquqi» va «xalqlar huquqi» o‘rtasidagi, kvirit mulki va bonitor mulki o‘rtasidagi farqlarning bekor qilinishi va boshq.) Yustinian kodeksini yangi tahrirda ishlab chiqishni taqozo qilgan.
Imperator Yustinian—dehqon oilasidan chiqqan sarkarda bo‘lib, o‘z oldiga qonunlarni tartibga keltirishni maqsad qilib qo‘yar ekan, u o‘zining qo‘l ostida faoliyat ko‘rsatayotgan chinovniklar- ning ham qonunga bo‘ysunishi va intizomli bo‘ lishini ta’minlash, sudlarga ish ko‘rishda, qarorlar chiqarishda qat’ iy tartib o‘rnatish va o‘z imperiyasining huquqiy asoslariga tayanib ish ko‘rishni ta’minlashni amalga oshirishni ko‘zlagan edi.
Yuridik adabiyotlarni va qonunlarni kodifikatsiya qilish uchun yana professor Tribonian, Teofil va Berit huquq maktabining professori Dorofeylar boshchil igida 530-yil 15-dekabrda 17 a’zodan iborat kodifikatsiyani amalga oshiruvchi komissiya tuzildi. Komissiyaga 17 kishidan tashqari istagan huquqshunoslarni, olimlar va ishlab turgan huquqshunos- mutaxassislarni, ama- liyotchilarni jalb etish huquqi berildi.
Imperator Yustinian komissiya oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygan:



  • Rim va Vizantiya fuqarolik huquqini, ya’ni institutsiyalarni bir to‘plamga keltirish;

  • imperatorlar konstitutsiyalarini, ya’ni 117-yildan (Adrian imperatorlik qilgan davrdan) to shu kunga qadar bo‘lgan huquqiy normalarni, qoidalarni va boshqa hujjatlarni bir tizimga keltirish;

  • shu kunga qadar Rim huquqshunoslari tomonidan yozilgan va qoldirilgan digestlarni, ya’ni yuridik fikrlarni, asarlarni bir to‘plamga keltirishni amalga oshirish:

Kodifikatsiya ishlarini tez va puxta asosda amalga oshirish uchun tuzilgan komissiya quyidagi uch qismga (kichik komissiyalarga) bo‘ lingan.

  1. fuqaroli k (sivil) huquqlariga taalluqli Rim huquqshunos- larining asarlarini yig‘ ish;

  2. pretorlar huquqlariga taalluqli ediktlarni yig‘ ish kichik komissiyasi;

  3. Papinian asarlarini yig‘ ish kichik komissiyasi.

Ushbu kichik komissiyalar qonunlarni, huquqshunoslar asarlarini bir tizimga keltirish uchun katta imkoniyatlarni vujudga keltirdi. 530-yilga kelib yana komissiya tuzilib, uning oldiga sinfiy huquqshunoslarning asarlarini kodifikatsiya qilish vazifasi yuklati ldi. 533-yilda esa Rim davlatining sinfiy davrdagi huquqshunoslarining asarlaridan olingan digestlar yoki pandektlar tuzildi va ular yangilanib hayotga tatbiq etila boshlandi.
Digestlar miloddan avvalgi I asrdan IV asrgacha yashab, ijod qilgan mashhur Rim huquqshunoslarining asarlaridan olingan 3000000 dan ortiq matnlarni o‘z ichiga qamrab olgan. 150 mingga yaqin misrali noyob huquqiy yodgorli k hisoblangan digestlar yoki pandektlarda ko‘proq U lpian, Pavel, Papinian, Yulian, Pom- poniy, Modestin kabi mashhur huquqshunoslarning asarlaridan parchalar kelti rilgan. Pandektlarda jami 39 ta mashhur huquq- shunoslarning asarlari o‘z ifodasini topgan.
Ayniqsa, Ulpian matnlari 1 / 3, Pavel asarlari 1 / 6, Papinian asarlari 1 / 18 qismni tashkil etgan. Digestlarda foydalanilgan asarlarning mualliflaridan biri Mutsiy Ssevola miloddan avvalgi II asrda faoliyat ko‘rsatgan bo‘ lsa, eng kichik huquqshunos Ger- mogenian esa milodning III asrlarida yashab, o‘z asarlarini, fikr

va mulohazalarini qoldirganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, digest- larni tuzish va bir to‘plamga kelti rish nihoyatda katta davrni va keng qamrovli bosqichni o‘z ichiga olgan.


Digestlar 50 ta kitobdan, titul va paragraflardan iborat bo‘ lib, lotin ti lida yozilgan. Digestlar nihoyatda keng davrni qamrab olsada, lekin eskirib, zamon talablariga javob bera olmagan huquqiy normalar chiqarib tashlangan. Digestlarga kiritilgan barcha qoidalar, normalar qonun kuchiga ega bo‘ lgan.
Imperator Yustinian digestlarga qonun kuchini berib, ularni sharhlashni, shuningdek eski qonunlarga va huquqshunoslarning asarlariga havola qilishni taqiqlagan. Chunki sharhlash kodeks moddalariga boshqacha ma’no beradi, mohiyatini o‘zgartirib yuboradi degan fikrga boradi. Bu haqida tarixiy bir mi sol, 1804- yilda Napoleon Fransiya fuqarolik kodeksiga sharhlar ishlab chiqilganini bilib qolib «mening kodeksim yo‘q, yo‘q bo‘ldi, yo‘qoldi (hatto «o‘ldi»)» degan ma’noda afsus qilgan. Yustinian kodifikatsiyasining o‘ziga xos qismi institutsiyalar—«yoshligida qonunlarni sevadigan» imperatorga qaratilgan huquqning sodda darsligi bo‘lgan. Yustinian institutsiyalarining asosiga Gay asarlari (Institutsiyalari va «Kundalik ishlar»), shuningdek Florentin, Mar- sian, Ulpian va Pavel institutsiyalari qo‘yilgan edi. Yustinian insti- tutsiyalari digestlarga qaraganda kamroq bo‘ lsa-da, postklassik (Rim, Vizantiya) huquq belgilarini aks ettirgan.
Digestlar 533-yil 16-dekabrda to‘liq asosda ishlab chiqilib, Yustinian digestlari yoki pandektlari deb e’lon qilindi va qonun tusini oldi. O‘sha kundan boshlab eski manbalardan foydalanishlar, yangi qonun normalariga sharhlar berish taqiqlandi. Agarda qonunlar bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqqan bo‘ lsa, imperator Yustinianning o‘ziga uchrashish lozimligi to‘g‘risidagi qoidalar ishlab chiqildi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, digestlar 50 ta kitobdan iborat bo‘ lib, uning asosiy qismini huquqiy munosabatlar tashkil etadi. Birinchi kitob (asar) hatto huquq tarixiga, manbalar tushun- chasiga, davlat muassasalarining vazifasi, tuzilishiga qaratilgan bo‘ lsa-da, ammo ularning bu huquqiy munosabatlarda subyekt sifatida qatnashishi uchun asos bo‘ lgan huquqiy va muomala
layoqatiga ko‘proq e’tibor qaratil gan.


Ikkinchi va to‘rtinchi kitoblarda, ya’ni qonun to‘plamlarida sud protsessi va uni amalga oshirish va da’ volar haqidagi ta’ limotlarning qo‘llanilishiga to‘xtalgan. E’tiborlisi shundaki, birinchi va ikkinchi kitoblar professor Dorofeyga taalluqlidir. Uchinchi va to‘rtinchi kitoblar esa professor Teofil tomonidan yozilgan.
Digestlarda mulkiy munosabatlarga, ayniqsa vorislik (meros) munosabatlariga keng o‘rin ajratilgan bo‘lib, bu 6 ta yirik to‘plamdan iborat. Qolaversa, unda Rim davlatining asosiy shartnomalaridan biri bo‘ lgan oldi - sotdi shartnomasi, uni amalga oshirish, shuningdek shartnomani fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga kelti ruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asos sifatida qaralib, hatto rim fuqarolik huquqining boshqa huquqiy sohalardan o‘zining nihoyatda oddiy, primitiv asosda ishlab chiqilganligi va barcha munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi ta’kidlangan.Rim quldorlik davlatida majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan biri garov ekanligini e’tirof etib, unga katta bir to‘plamni ajratganlar.
Rim huquqida oila kichik davlat sifatida jamiyatning asosi va jamiyatni harakatlantiruvchi subyekt deb qaralgan. Yakka nikohlilik, o‘zaro sofdillik, lekin ota hukmronligi insti tutining mutloq harakterliligini e’tirof etib, oilaviy huquqiy munosabatlarga uchta to‘plamni ajratgan hamda uning huquqiy tartibga solinishini yuqori cho‘qqiga ko‘targanlar. Xuddi shu oilaviy huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq vasiylik va homiylik hamda ularni tartibga solish bo‘yicha 2 ta to‘plam tayyorlangan.
Jahon huquqshunoslari tomonidan tan olingan va e’tirof etib kelinayotgan Rim huquqshunoslarining yaratgan digestlarining beshdan bir qismi meros huquqlari, vasiyatnoma, qonun bo‘yicha vorislik, meros olishdan voz kechish, umuman Rim quldorlik davlatining iqtisodda hukmron bo‘lgan sinflarining ko‘proq erki, manfaati va irodasini ko‘zlaydigan meros huquqiy munosabatlariga bag‘ ishlangan.
Rim huquqining asosiy kurashlaridan birini o‘zida mujassam- lashti rgan qulli k instituti, undan ozod bo‘lish holatlari, usullari va tartiblariga ham alohida 1 ta qonun bag‘ ishlangan.

Qadimgi rim huquqida shartnomalarning turlari xilma-xil bo‘ lgan va ular konsensual, verbal, litteral, real kabi boshqa xil shartnomalarga bo‘ linib ketgan. Ulardan, ayniqsa verbal shart- nomalari ko‘p ishlatilgan. Shu bois verbal shartnomalarga ikkita katta qonunlar to‘plami ajratilgan.


Imperator Yustinian qonunlarni va tartibni nihoyatda hurmat qilgan huquqshunoslardan hisoblansa-da, lekin digestlarga kiriti lgan ikkita katta to‘plamni «eng qo‘rqinchli» deb atab, jinoyat va jazoga bag‘ishlanganligini ta’kidlaydi.
Eng oxirgi to‘plamlar harbiy va appelyatsiya masalalariga, undan keyingi to‘plamda esa titullar mohiyati, manfaati, ularni tartibga solish hamda qo‘llaniladigan ba’zi tushuncha va umuman kodifikatsiya, huquq haqida tasavvur va taasurotlardan iborat.
I shlab chiqilgan digestlarni kompilyatorlar tomonidan tekshirish vaqtida imperator Yustinian professor Tribonian rahbarligida Teofil va Dorofeylarga Gay institutsiyasining eskirib qolganligini e’tiborga olib, yangi institutsiyalar (darsliklar) ishlab chiqishni buyuradi. Institutsiyalarni ishlab chiqishdan maqsad asosan huquqiy sohalar bo‘yicha qonunlarning harakatdaligini va keraklisini aniqlash, qonunlar bo‘yicha fanlarni ajratib olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish masalalarini hal qilish hamda aniqlik kiritish edi.
Bu institutsiyani ishlab chiqishda asosan Gay institutsiyasidan foydalanilgan. Shu bois ular huquqshunos Gayni «VI asr Gayi» yoki «o‘zimizning Gay»imiz deb ataydilar.
Yangi ishlab chiqilgan, ya’ni 533-yil 21-noyabrdagi institutsiya Gay institutsiyasiga o‘xshasa-da, lekin u harakatdagi qonunchilik, yangi huquqiy normalarga asoslangan holda ishlab chiqilgan. U to‘rt qismdan iborat bo‘ lgan: kirish qismi; shaxslar, ashyolar va ashyoviy huquqlar; meros huquqlari va majburiyat huquqlari; ommaviy huquq.
Digestlarni ishlab chiqish mobaynida bir nechta konstitut- siyalar, qonunlar qabul qilingan. Ayrim huquqshunoslarning asarlarini tahlil qilish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ushbu yangiliklarni Yustinian kodifikatsiyasiga kiritish lozim edi va Yustinian kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish uchun

professor Tribonian rahbarligida yana besh kishidan iborat komissiya tuzildi.


Bu komissiya Kodeksni yangi tahrirda 534-yil 16-noyabrda ikkinchi tuzatilgan nashrini e’lon qildi. U asosan 12 ta kitobdan iborat bo‘lib, ti tullarga bo‘li ngan va ti tullar asosida imperatorlar tomonidan qabul qilingan konstitutsiyalar xronologik tartibda joylashtirildi. Ushbu Kodeks 534-yil 29-dekabrdan kuchga kiriti ldi. Bundan tashqari, imperator Yustinian tomonidan 535—565-
yillarda qabul qilingan konstitutsiyalar ham keng miqyosdagi qo‘shimchalarni kiritishni taqozo etardi. Bu o‘zgarishlar novellalar deb atalib, ko‘pchiligi davlat qurilishi, cherkov munosabatlari, vorislik huquqi va oila huquqi munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatining imperatori Yustinian o‘z kodifikatsiyasi bilan rim huquqining o‘tgan tarixini, huquqiy madaniyatini bir joyga to‘plovchi (tizimga keltiruvchi) yakun bo‘lib, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda chegara qo‘ydi.
Shunday qilib, 534-yilning oxirlarida Yustinian kodifikatsiyasi o‘z mohiyatiga ega bo‘ldi va uni «Fuqarolik qonunlari to‘plami» deb atadilar. M iloddan avvalgi XII asrga kelib, u to‘liq asosdaCorpus juris civilis deb ataladi va shu kunga qadar «Fuqarolik qonunlari to‘plami» deb tan olinadi. Ushbu to‘plam quyidagi qismlardan iborat:

  1. Institutiones — 4 ta kitobdan iborat;

  2. Digesta (Pandectae) — 50 ta kitobdan, ya’ni 7 qism, 432 ta titul va 9123 fragmentlardan iborat;

  3. Codex — 12 ta kitobdan iborat bo‘lib, imperator Adriandan boshlab imperator Yustinianga qadar bo‘ lgan imperatorlar far- monlari to‘plami;

  4. Novellae (leges)—168 ta novella (Yangi qonunlar), Yustinian kodeksining ikkinchi qayta yangi tahriridan keyin qabul qilingan qonunlar.

Corpus juris civilis (Fuqarolik qonunlari to‘plami)ning qadimgi qo‘lyozmalari quyidagicha o‘rin olgan:

  1. Turin institutsiyasi (darsliklari) IX asr;




  1. VI—VI I asrlardagi Florentiya digestlari va Vulgata (XI asr);

d) VIII asrdagi Veron kodekslaridir.
Shunday qilib, Rim huquqshunoslari tomonidan yaratilgan fuqarolik huquqi o‘zining asl mohiyati va e’tiboriga ko‘ra, jahon huquqshunoslik fanida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan rim huquqini o‘rganish va uni tatbiq etish istiqbolli bo‘lib qolaveradi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling