Akademiy a isxakov
-§. Rim huquqini o‘rganishning huquqshunoslar uchun ahamiyati
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
4-§. Rim huquqini o‘rganishning huquqshunoslar uchun ahamiyatiPrezident I. A. Karimov o‘zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida «o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mus- tahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish—hayotdan judo bo‘ lish demakdir», deb bejizga ta’kidlamaydilar. Haqiqatan, tarix fan sifatida jamiyat taraqqiyoti ning obyektiv qonunlari haqidagi bilimlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi, ularni tushunish jamiyatning kelajakdagi rivojlanishini ko‘ra bilishga imkon yaratadi. Jahon madaniyatining huquqiy merosi sifatida nom qoldirgan rim huquqini o‘rganmasdan, chuqur huquqiy bilimni egallash, huquq tarixi durdonalaridan bahramand bo‘ lish qiyin. Ta’kidlash lozimki, 1804-yilgi Napoleon fuqarolik kodeksidan boshlab, 1896- yilgi Germaniya fuqarolik ulojeniyasi (tuzuklari) va boshqa Yev- ropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarining fuqarolik va savdo kodeks- lari rim huquqining normalariga asoslanib qabul qilingan. Ularning asosiy maqsadi xususiy mulkni «muqaddaslashti rish», iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinf vakillarining erki, irodasi va manfaatini qonun darajasiga ko‘tarib, uni mustahkamlashdan iboratdir. Rim huquqshunoslari xususiy mulk asosiga ega bo‘ lgan mukammal huquq shaklini ishlab chiqqan va bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi deb e’tirof etilgan. Rim huquqshunoslari sivilistika (fuqarolik huquqi)ga oid tushunchalarni, ya’ni shaxslar tushunchasi, fuqarolik huquq va muomala layoqati, da’vo muddatlari, ashyolar, mulk huquqi, boshqa shaxslarning mulkiga bo‘ lgan huquq, uning turlari va elementlari, egalik tushunchasi, foydalanish va tasarruf etish, shartnomalar, majburiyat huquqi, bitimlar, oila-nikoh munosa- batlari, vorislik va boshqa fuqarolik huquqida qo‘llaniladigan ko‘pchilik iboralarni, so‘zlarni ishlab chiqqanlar.Albatta, bu tushunchalar bundan XXV asr muqaddam vujudga kelgan. Shu bois ularning ayrimlari hozirda o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘ lishi ham mumkin, biroq ko‘pchiligi fuqarolik huquqida to‘liq foydalanib kelinmoqda. « Huquq ijodkorlari» deb nom olgan Rim huquqshunoslari har bir vujudga kelgan voqelikni harakatda bo‘lgan qonunlar asosida hal qilar ekan, bevosita uning kelajagini ham o‘ylaganlar. Burjua huquqi rim huquqining sharbati bilan sug‘orilgan, shu bois uni bilmasdan burjua huquqining mohiyati ni, mazmunini tushunib yetish ancha murakkab.Jahon davlatlari bilan o‘zaro huquqiy munosabatlarga kirishish bevosita ularning huquqini bilishni taqozo etadi. Buning uchun burjua huquqining asl manbasini o‘ rganish, ya’ ni rim xususiy huquqini o‘ rganish maqsadga muvofiq. Rim huquqini «yuridik iboralar laboratoriyasi» deb ham ata- ganlar. Shu sababli undan huquqiy iboralarni, shuningdek yuridik texnikani o‘rganish huquqshunoslar tomonidan qonunlarni qabul qilishda, ularni takomillashtirishda, aniq va tushunarli bo‘lgan so‘zlarni ishlatishda katta yordam beradi. Rim huquqi yuridik tafakkurning kuchli ta’siri ostida vujudga kelgan normalardan iborat. Ularni o‘rganish yuridik tafakkurlash qobiliyatining kuchayishiga olib kelib, qisqa va aynan xalqqa tushunarli hujjatlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi. Rim huquqi tarixining yangi bosqichida muhim manba sifatida pretorlar tomonidan qabul qilingan ediktlar alohida o‘rin tutadi. Ediktlar pretorlarning o‘zi uchun majburiy bo‘lib, bir yillik qonun deb atalgan. Ularning negizida sivil huquqi bilan bir qatorda ikkita yangi va mutloqo mustaqil huquqiy tizim «pretor huquqi» (jus praetorium) va «xalqlar huquqi» (jus gentium) o‘sib chiqqan. Pretorlar ediktlarining qonun ijodkorligi faolli gi asosan miloddan avvalgi 250—280-yillarga to‘g‘ri keladi. Yustinian kodifikatsiyasining mualliflaridan biri, VI asrda ijod qilgan Vizantiya huquqshunosi Dorofey pretorlar huquqi va sivil huquqlarining birlashishini quyidagicha ta’ riflaydi:» Insonlarga taalluqli bo‘ lgan odat normalariga yangiliklar kiritilishi natijasida vaqtlar o‘ tishi bilan ikkala huquqning o‘zaro muvofiqlashuvi oqibatida yangi bir huquq vujudga keldi». Xuddi shunday asosda Rim sinfiy jamiyatining huquqi vujudga kelib, avvalgi bir-biriga qarama-qarshi bo‘ lgan huquqlar huquq sifatida qo‘shilib ketdi. Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorligi faoliyat- arining natijasi bo‘ lgan. M ashhur huquqshunoslardan biri Marsian pretorlar huquqi to‘g‘risida shunday degan edi: «haqiqatan ham pretorlar huquqi xalqning ti rik ovozidir», chunki ular o‘z ediktlari orqali yangi -yangi qonunlarni keltirib chiqarib, xalqning talablariga to‘ liq javob bera oladigan samarali huquqiy muno- sabatlarni vujudga keltirdi. Rim magistratlari oliy ommaviy va harbiy hokimiyatga ega bo‘lib, o‘z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida barcha shaxslar uchun mo‘jallangan tartib qoidalarni ishlab chiqqanlar. Shunday qilib, rimda huquq manbalarining murakkab (aslida uch qismdan iborat) tizimi vujudga kelgan. Imperiya o‘rnati lishi bilan Rimning siyosiy tizimida pretorning mavqei ham asta-sekin o‘zgarib borgan. Pretorlar ediktlar chiqarish huquqini rasman saqlab qolganlar, lekin ularning faol «huquq ijodkorligi» o‘sib borayotgan bir paytda imperator yakka hokimli- gining qarama-qarshiligiga duch kelgan. Shu sababli pretorlar o‘z o‘tmishdoshlarining ediktlaridan to‘liq nusxa olishni qoida qilib olganlar. Shu tariqa edikt mazmuni o‘zgarishsiz qolgan va yangi huquq normalarini keltirib chiqarish funksiyalari o‘z kuchini yo‘qotib borgan. Shu munosabat bilan imperator Adrian pretor huquqini kodifikatsiya qilishga ahd qilgan va bu ishni taniqli huquqshunos Salviya Yulianga (milodiy 125—138-yil)topshirgan. Oxirgi tuzilgan edikt (Yulian edikti sifatida mashhur) rasman senatus-konsult deb tasdiqlangan va «abadiy edikt» degan nom olgan. U keyingi magistratlarning barchasi uchun majburiy bo‘ lib qolgan. Shu vaqtdan boshlab pretor edikti yangi huquqiy me’yorlar manbai sifatidagi rolini yo‘qotgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling