Akademiy a isxakov


-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan davlatlar huquqi rivojlanishidagi roli


Download 1.65 Mb.
bet5/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

3-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan davlatlar huquqi rivojlanishidagi roli


Qadimgi rim huquqi insoniyat huquqi tarixida muhim o‘rin tutadi. Shu bois u antik jamiyatda, va umuman qadimgi dunyo tarixida, huquq rivojlanishining eng qadimgi va o‘sha davrga nisbatan eng yuqori darajasini o‘zida aks ettiradi.


Rim huquqi turli ijtimoiy munosabatlar va hodisalarni g‘oyatda keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. U kuchli bilim va yuksak


1 Ì óçà ì åäîâ X. Õ î ðèæèé ì à ì ëàêàòëàð äàâëàòè âà zó ³ ó ³ è òàðèõè. — T., 1999. — 290–291-áåòëàð.
2 Ø î ì óçà ì åäîâà Ç. Ðè ì õóñóñèé zó³ ó ³ è. — T., 2002. — 18-áåò.
3 Êðóæàë î âà Ë. Â. Ðè ì ñêî å ï ðàâ î .—Ñ Ï á., 2006. — Ñ. 8.


tajribalar, ya’ni hayotiy tajribalar asosida o‘sha davrning mashhur olimlari, huquqshunoslari tomonidan yarati lgan.
Haqiqatan, Rim huquqshunoslari birinchi bo‘lib cheklan- magan xususiy mulkchilik huquqini, ya’ni xususiy mulkka asoslan- gan mukammal huquq tizimini shakllantirganlar va rivojlantirganlar. Bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi hisoblanadi, shu bois unda oddiy tovar egalari o‘ rtasidagi barcha huquqiy munosabatlar (xaridor va sotuvchi, kreditor va qarzdor, shartnoma, majburiyat va h.k.) aniq tafsili bilan ishlab chiqilgan. Shu ma’noda rim huquqini fuqarolik huquqini o‘rganishda asos qilib olish ham mumkin.
Mazkur huquqiy tizimning mukammalligi dunyoni chuqur huquqiy tahli l etish va nafis (nozik) yuridik texnika namunalarini beruvchi yurisprudensiyada ham o‘z ifodasini topgan.
Rim xususiy huquqida xususiy mulk egalarining mulkni egallash, foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘ liq munosa- batlarining hamda ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish- ning xilma-xil uslublari mohirona ishlab chiqilganligini e’tirof etish lozim. Aynan rimliklar jahon mamlakatlari tarixi, xususan Sharq mamlakatlari tajribasiga tayanib, birinchi marta xususiy mulkni, shuningdek, boshqa mulkiy huquq va manfaatlarni mukammal tarzda huquqiy tartibga keltirganlar. O‘zining shaklan milliyligi bilan ajralib turuvchi rim huquqi o‘z zamirida juda boy huquqiy ma- niyatni yaratish bilan insoniyat taraqqiyoti ning keyingi bosqich- larida uning eng ulug‘ va muqaddas umumiy boyligining tarkibiy qismi sifatida joy oldi.
Rim quldorlik davlatida, ayniqsa yuksak obro‘ga, izzat-ikromga ega bo‘lgan huquqshunoslar jahonda huquqshunoslik (yoki huquq) retseptlarini ishlab chiqdilar, ya’ni barcha huquqlarning vujudga kelishiga, ularning takomillashib borishiga hamda kelajakda barcha huquqiy sohalarning rivojlanishiga zamin yaratdilar.
Shu sababli qadimgi Rim quldorlik davlatining huquqshu- noslarini «huquq ijodkorlari» deb atashgan. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qonunlarni har tomonlama talqin qilishlarida hamda huquqlarning kafolatlarini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratganliklarida yorqin namoyon bo‘ ladi.

M iloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelib, dastlab kvirit (fuqarolik) huquqi yagona hukmron huquqiy tizim hisoblangan. U o‘zining muqaddas xarakteri, ko‘p darajada an’anaviyligi bilan ajralib turgan. Bu xususiyatlar, ayniqsa XI I jadval qonunlarida ham o‘z i fodasini topgan. Kviritlar Rimning tub fuqarolari hisoblanib, urug‘doshlik tuzumidan kelib chiqqan natural xo‘jalik, ya’ni oddiy dehqonchilik davlati—jamoa sharoitlari belgilarini o‘zida aks ettirganlar.


Bu huquq o‘z rivojining dastlabki bosqichlarida faqat Rim fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan.
Dastlab kviritlar huquqi Rim fuqarolariga ko‘p vakolatlar, xususan respublika siyosiy hayotida ishtirok etish, davlat fondidan yer uchastkasi ajratib olish kabi imkoniyatlarni bergan edi. Bunday huquqlarga ega bo‘lmagan plebeylar esa ilk respublika davrida patri tsiylar bilan huquqlarining tenglashtirilishi uchun kurash olib borganlar. Natijada fuqarolik huquqida nazarda tutilgan barcha imtiyozlardan plebeylar ham foydalanadigan bo‘ lganlar.
Kvirit (fuqarolik) huquqi ilk sinfiy jamiyatning oddiy, natural munosabatlarini o‘zida i foda etgan. U uzoq vaqt kohinlar, pontifiklar faoliyati bilan bog‘ liq bo‘ lgan.
Rim huquqining shakllanishida va uning taraqqiyotida kohinlar muhim o‘rin egallaganlar. Ayniqsa, ular ichida pontifiklar ajralib turgan. Pontifiklar ma’ lum bir davr mobaynida sud ishlari bo‘yicha yuridik faoliyat bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turganlar.
Ijtimoiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida rim huquqida asta-sekin dunyoviy asoslar kuchayib borsa-da, u o‘zida ko‘pgina dabdabani va marosimiylikni hamda dastlabki odat normalarini saqlab qolgan. Shu bilan birga, u talabchanligi, hatto shafqatsizligi, aniq ta’kidlanganligi bilan ajralib turgan. Qadimgi rim fuqarolik huquqining o‘ziga xos xususiyati shundaki, mulkiy munosabatlarning, birinchi navbatda xususiy mulk huquqini aniq tartibga solganligi bilan izohlanadi. Xususiy mulk huquqi mulk egasining o‘z ashyosi ustidan to‘ la hukmronligini anglatgan. Lekin fuqaroli k jamoasi yerlarini va boshqa xo‘jalik huquqi uchun muhim va oilaviy xarakterga ega bo‘lgan mulklarni tasarruf etishni oliy nazorat qilish huquqini uzoq vaqtgacha o‘zida saqlab qolgan. Kvirit


(fuqarolik) huquqida tantanali sud odatlariga yoki sud protsessini o‘tkazish tartiblariga qat’ iy amal qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ lgan. Shu bois bu davrda shakl mazmundan, sud jarayoni esa moddiy huquqdan ustun turgan. Rasmiyatchilik ilk sinfiy jamiyatda hayotning patriarxal tizimi saqlanib qolishi va qaytadan tiklanishi uchun yordam beradigan mustahkam huquqiy tartibotni ushlab turish sharoitlaridan biri bo‘ lgan edi. Lekin u obyektiv jihatdan faqat xususiy mulkchil ik munosabatlarining r ivojlanishini to‘xtatibgina qolmay, balki ijtimoiy va siyosiy hayotning demokratik shakllarini ham to‘xtatib qo‘ygan.
Rim quldorli k davlatining fuqaroli k huquqi o‘zining ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra, konservativ xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa ham, ammo tashqi savdo huquqiy munosabatlari ni ng yanada takomillashishi, o‘sishi natijasida quldorlik tizimining ehtiyojlari bilan qarama-qarshilikka uchray boshlagan va bu munosabatlarda chet el fuqarolariga yoki Rim fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarga ham biroz huquqlar berilgan, ya’ ni xalqlar huquqlari (jus gentium)ni keltirib chiqargan. Shunday qilib, biroz chegaralangan holda bo‘lsa ham, ozod bo‘lgan shaxslar va boshqa fuqarolar o‘rtasida tenglik vujudga kelgan. Bu tenglikni miloddan avvalgi 212-yilda imperator Karakalli o‘zining farmoni bilan mustahkamlagan.
Rim quldorlik davlatining asosiy huquqlaridan biri bo‘ lgan rim fuqarolik huquqi asoslari o‘zining individual xarakteri, ya’ni xususiy mulk huquqi institutining chegaralanmaganligi bilan, iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinflarga (quldorlarga, savdogar- boylarga) keng huquq va imkoniyatlarni yaratishi bilan ajralib turgan.
Uning o‘ ziga xos xususiyatlaridan yana biri shartnoma institutining keng asosda qo‘llanilishidir. Shartnomalarning yangi shakllarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish, shartnoma shartlarini real va lozim darajada bajarishni ta’minlash, ayniqsa shartnoma subyektlarining teng huquqli ligini e’tirof etish, shart- nomani bajarmagan shaxsga, qarzdorga eng og‘ ir bo‘ lgan mulkiy javobgarliklarni qo‘ llash asosidan kelib chiqqan.
Rim fuqarolik huquqida, ayniqsa individualizm (hatto o‘zi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib), («ota hukmronligi» institutiga ham

o ‘ xshab ketadigan) tamoyi l i ni hoyatda mustahkam, o ‘ z huquqlarini va harakat doiralarini mustaqil belgilaydigan, o‘z mulkiga, oila mulkiga, jamoasi mulkiga oila boshlig‘ ining hukmronligini ta’minlash, faqat o‘zi tomonidan mulkni egallash va undan foydalanishni belgilash, hatto tasarruf etish ham o‘zi bilan yoki mulk huquqining mutloq egasi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z hukmronligi va manfaati orqali amalga oshirilgan.


Individualli k hatto uy boshqaruvida, mulk egaligida, quldor ekanligida va boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarda, harakatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlangan.
Rim huquqi munosabatlarida aniqlik, so‘z va tushunchalarni o‘z joyida maqsadga muvofiq ishlata bilish huquqining aniqliligi va amaliyot bilan bog‘liqliligi, bundan tashqari barcha vujudga kelgan munosabatlarning iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning erki, irodasi va manfaatini ko‘zlashi bilan boshqa huquqiy sohalardan farq qilgan. Qadimgi rim fuqaroli k huquqi hozirgi (Angliya va Amerika qonunlaridan tashqari) barcha burjua mamlakatlari qonunlaridan o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi, ya’ ni: rim huquqida huquq ijorkorligi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Pretorlar o‘z ediktlari orqali yangi qonunlarni, huquqiy norma- larni vujudga keltirganlar. Rim huquqshunoslari har bir masalani (kazusni) hal qilayotgan davrda aniq (predmeti aniq bo‘lgan) bir fikrga kelib huquqiy normalarni qabul qilganlar, ya’ni ularda
«xalqning tiri k ovozi» jaranglab turgan. To‘g‘ri, burjua davlatlarida ham kodekslar, institutsiyalar, novellalar yoki shunga o‘xshash qonun to‘plamlari mavjud bo‘ lgan, ammo ularning ko‘pchiligi aniq bo‘ lgan sud ishlarini yoki boshqa huquqiy munosabatlarni ko‘rib chiqish asosida vujudga kelmagan.
Burjua mamlakatlarida, M D H davlatlarida, Sharq mamlakat- larida ham har bir soha bo‘yicha konkret qonunlar, asoslar, kodekslar, tuzuklar va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilinib, abstrakt normalar asosida vujudga kelgan. Amaliyotdan uzoqroq asosda qabul qilingan bu qonun qoidalar bir-biriga bo‘ysunadigan, bir-birisiz amaliyotga qo‘ llanilishi murakkab hisoblangan nor- malardan iborat bo‘ lgan.

Rim huquqshunoslari pretorlarning zarur yordamchilari hisoblanib, ular pretorlar tomonidan qabul qilingan ediktlarning mazmunini, tuzilishini, qonun talablariga mos holga keltirishda yordam bergan va ularning obro‘yining doimo oshib borishini ta’minlagan.


Qadimgi rim fuqarolik huquqi asoslarida konservatizm tamoyili mavjud bo‘ lsa-da, ammo uning tez orada ilg‘or, yetuk munosa- batlarni, ijobiy harakatlarni tezda qabul qilish va eski normalar, bugungi vujudga kelgan munosabatlarga to‘ liq javob bera olmay qolsa, huquqshunoslar eski qonunlarni yo‘qqa chiqarmasdan, uning o‘rniga yangi normalarni o‘ylaganlar. Ba’zan pretorlar orqali o‘z ediktlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qonunlarni, odat norma- larining mohiyatiga ta’sir etmasdan, o‘zlari yangi fikrlarni, qonunlarni to‘ldiruvchi, unga qo‘shimcha kirituvchi yoki o‘zgarti- ruvchi fikrlarni, takliflarni kiritib, hukmron bo‘lgan sinfning manfaati himoyasini ta’minlab berganlar.
Xuddi shunday qilib, sivil mulki qatorida bonitorlar yoki pretorlar mulki, fuqarolik asosda meros qoldirish, vorislik muno- sabatlarini hal etish bilan birgalikda meros huquqiy munosabatlarini tartibga solishda pretor tizimi ham vujudga keldi.
Rim fuqaroli k huquqi xususiy huquq sifatida doimo izchil asosda, eski normalarning o‘rniga yangi qonun-qoidalarni kiritib, amaliyot bilan uzviy bog‘lanib «xalqning tirik ovozi» e’tiborga olgan holda rivojlangan huquq tizimi sifatida jahon huquqi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Yuqorida qayd qilinganidek, rim huquqi qadimgi quldorli k jamiyati ning rivojlangan huquq tizimidir. Rim huquqi quldorli k tuzumi ni ng iqt isodiy asosi ni mustahkamlashda, qul larni ekspluatatsiya qilishda, yirik xususiy mulklarning vujudga kelishida va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa ham uning huquq retsepsiyasi sifatidagi funksiyasi hozirgi vaqtga qadar davom etib kelmoqda.
Rim xususiy huquqining huquq retsepsiyasi quldorlik va feodalizm ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyasining vujudga kelishida hamda feodal va burjua huquqiy munosabatlarining rivojlanishida asosiy manba bo‘lib hisoblangan. Bu huquq retsepsiyasini qo‘llashda

jahon mamlakatlari quyidagi asoslardan kelib chiqqan va chiq- moqda.


Rim xususiy huquqining huquqni rivojlantirishdagi rolini quyidagi ikki holat bilan izohlash mumkin:

  1. rimliklar birinchi bo‘ lib cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar;

  2. bu huquqda shartnoma masalalari atroflicha ishlab chiqilib, turli xil shartnoma (oldi-sotdi, qarz va boshqa) munosabatlari tartibga solingan.

Rim xususiy huquqi odatlar, an’analar, qonunlar, senatning qarorlari, senatus- konsultlar, magistratlarning ediktlari, far- moyishlari, farmonlari, imperatorlarning konstitutsiyalari, Rimning ko‘zga ko‘ringan huquqshunoslari yaratgan asarlari, yangidan ijod etgan normalari va qoidalari asosida vujudga kelgan.
Dastlab Rim fuqarolarining huquqiy holati rim xalqining, ya’ni kviritlarning an’analari, dini, urf-odat normalari bilan cham- barchas bog‘ liqligi, hatto kviritlarga berilgan imtiyozlardan kelib chiqqan holda aniqlangan va plebeylarning o‘ziga xos bo‘ lgan odat normalari, turmush an’analari, qoidalarining mavjudligidan va oxirida xalqlar huquqlarining vujudga kelishini e’tiborga olib rim huquqining retsepsiyasidan foydalanganlar.
Haqiqatan ham X I I asrlardan boshlab G‘ arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa mamlakatlar o‘zining savdo-sotiq, sanoat va boshqa sohalarining yanada rivojlanishi natijasida o‘zaro hamkorlikni, shartnomaviy munosabatlarni ko‘proq amalga oshirish imkoniyati zaruratga aylandi va bu o‘z navbatida yangi huquqiy usqurtmaga asoslanishni talab etardi.
Ko‘pchilik davlatlarning munosabatlari davlatlararo huquqiy munosabatlarni talab etib, avvalgi odat huquqiy normalari chega- rasidan chiqishni, aynan bu odat normalari ijtimoiy rivojlanish uchun to‘siq bo‘lib qolganligi, ulardan chiqib yangi huquqiy normalarga asoslanishni taqozo etdi va bu huquqiy normalar — rim xususiy huquqi normalaridan tashkil topdi.
Rim xususiy huquqi Rim davlatining ijtimoiy- iqtisodiy rivoj- lanishi davrida o‘zining mil liyligi, hududiyligi odat normalaridan holi bo‘lganligi va barcha xalqlar o‘rtasidagi xo‘jalik huquqiy


munosabatlarni tartibga sola olishi bilan boshqa huquqlardan farq qilib, bir necha davlatlar o‘rtasida qo‘ llana olishi mumkin bo‘lgan
«umumiy huquq» sifatida tan olina boshladi.
Rim davlatining xususiy huquqi ushbu davlatning yemirilishi oqibatida feodal va burjuaziya huquqiy munosabatlarining, ayniqsa Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining huquq sohalarining vujudga kelishida poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Darhaqiqat, bu davlatlarning huquqini rivojlantirishda asosan rim xususiy huquqining retsepsiyasi kuchli bo‘ldi, chunki Rim davlatining yemirilishi bilan uning ommaviy huquqi o‘z-o‘zidan tugab ketgan edi. Ayniqsa, huquq retsepsiyasi Germaniyada to‘ liq o‘z ifodasini topdi, ya’ni Germaniya « Muqaddas Rim imperiyasi» degan nomni o‘ziga o‘tkazib oldi.
XVII—XIX asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa ko‘pgina G‘arb mamlakatlarida ko‘plab qonunlar qabul qilindi. Bulardan eng muhimi va mukammali XIX asr boshlarida Napoleon davrida Fransiyada qabul qilingan Fuqarolik va Jinoyat kodekslaridir. Ularda rim huquqining ta’siri katta edi1.
Napoleon Bonapart esa davlat tepasiga kelishdan oldin Rim imperiyasidan avval ham imperiyada qo‘llanilgan konsul, birinchi konsul mansablariga erishishni orzu qilib, boshqa davlatlarda esa senatning tashkil topishi, imperator ti tulining ko‘p davlatlarda qo‘ llanilishining barchasi, Rim quldorlik davlatining xususiy huquqi tomonidan erishilgan yutuqlarning boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilib olinishini ma’qullagan.
Albatta, feodal va burjua huquqlarining rivojlanishida va rim xususiy huquqiga asoslanishida u ko‘plab to‘siqlarga uchrab, huquqiy normalarni yangi vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarga moslashtirib olish uchun katta harakatlarni amalga oshirdi. Hatto Germaniyada XVI—XVII asrlarda Pandekt huquqi va tizimi vujudga keldi. Bu esa natijada rim huquqining normalarini mazmunan buzgan holda «Zamonaviy rim huquqi»ni vujudga keltirdi. Rim huquqining manbalariga qayta sharhlar, norasmiy qayta ishlashlar amalga oshirildi.


1 Ñàèä î â À. Õ. Ñðàâ í èòåëü í î å ï ðàâ î âåäå í èå, þðèäè÷åñêàÿ ãå î ãðà ô èÿ ì èðà. — Ì ., — Ñ. 54–57.


Hozirda rim xususiy huquqi butun jahonda universitet va institut- larda rim huquqining tarixi, rim xususiy huquqi, rim fuqarolik huquqi degan nomlar bilan o‘ qitil moqda. Hatto Birlashgan Germaniyada Pandekt tizimi bilan Gay institutsiyalari alohida fan sifatida o‘qitiladi. Afrika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada, ayniqsa Xi toy xalq respublikasi, Kuba sotsialistik respublikasida, G‘ arbiy Yevropa mamlakatlari universitetlarining o‘quv rejalariga rim xususiy huquqini kiritganlar.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rim xususiy huquqi fuqarolik va savdo huquqiy sohalari qonunlarini ishlab chiqishda, ularni takomillashtirishda normativ asos sifatida ishlatib kelinmoqda. Shuningdek, Sharqiy Afrika mamlakatlarida esa rim xususiy huquqidan fuqarolik, savdo va boshqa iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘shimcha manba sifatida foydalanilmoqda.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, amalga oshirilgan qayta ishlashlar, yangidan sharhlashlardan maqsad rim xususiy huquqi normala- rining mohiyatini, mazmunini pastga tushirish emas, balki o‘sha jamiyatning rivojlanish jarayoni tarixiy zarurat sifatida va yangi vujudga kelgan ishlab chiqarish munosabatlariga moslashishdan kelib chiqqan edi.
Shunday qilib, yangi vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar, ishlab chiqarish munosabatlari yangi huquqiy normalarga asoslanishni taqozo etdi va XVII—XIX asrlardagi burjua fuqarolik huquqining rivojlanishiga rim xususiy huquqi nazariy va amaliy jihatdan poydevor bo‘lib xizmat qildi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling