Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet2/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI


I bob


RI M HUQUQI FANINING PRED M ETI VA MANBALARI


1-§. Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti. 2-§. Rim huquqining tarixiy davrlarga bo‘linishi.
3-§. Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan davlatlar huquqi rivojlanishidagi roli.
4-§. Rim huquqini o‘rganishning huquqshunoslar uchun aha- miyati.
5-§. Rim huquqshunoslarining faoliyati. 6-§. Rim huquqining manbalari.


1-§. Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti




Rim huquqi Rim quldorlik davlatining, alohida shaxslarning, fuqarolarning mulkiy munosabatlarini va mulk bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy nomulkiy tusdagi hamda umuman mulk bilan bog‘ liq bo‘ lmagan boshqa shaxslarga o‘tkazib berib bo‘ lmaydigan shaxsiy nomulkiy munosabatlarini hamda oilaviy huquqiy munosabatlarini tartibga soladi.
Qadimgi Rim jamiyatida dastlab huquq sohalaridan birinchi bo‘lib, fundamental huquq sohasi sifatida fuqarolik huquqi vujudga keldi. Dastlab barcha sodir etilgan harakatlar, munosabatlar, odat normalari, an ’ analar, ota- bobolar tomonidan qoldiril gan marosimlar, diniy munosabatlar orqali tartibga solingan bo‘ lsa ham, lekin bu normalar jamiyat rivojlanishining takomillashib borishi natijasida asta-sekinlik bilan yozma ravishdagi munosabatlarga o‘ta boshladi.
Ana shunday asosda vujudga kelgan yozma ravishdagi munosabatlar dastlab fuqarolik huquqiy munosabatlarini keltirib chiqardi va ularning harakat doirasini nihoyatda keng qilib belgiladi.


Darhaqiqat, vujudga kelgan barcha harakatlar, hatto jinoyat elementlari bilan bog‘ liq harakatlar ham dastlab fuqarolik huquqiy normalari bilan tartibga solinib, fuqarolik huquqining rivojlanishi uchun katta asos va zamin yaratgan.
Bundan ikki ming besh yuz yil avval quldorlik tizimi asosida Rim quldorlik jamiyatida buyuk Rim fuqarolik huquqi vujudga kelgan bo‘lib, u ikki qismga, ya’ni ommaviy va xususiy huquqlarga bo‘lingan. Qadimgi Rimning mashhur tarixchisi Tit Liviy ( I asr) Rimdagi mavjud odat normalaridan kelib chiqqan yozma «XI I jadval» qonuniga ommaviy va xususiy huquqning ham manbasidir, deb haqiqiy ta’rif bergan edi.
Haqiqatan ham X I I jadval qonunlari miloddan avvalgi 451—450 - yillarda vujudga kelib, barcha mavjud bo‘ lgan og‘zaki odat normalarini yozma holatga keltirib, mujassamlashtirib qonunga aylantirgan. Ana shu qonun rim fuqarolik huquqining rivojlanishida dastlabki asoslardan bo‘lib hisoblanadi.
Rim davlatida ommaviy (jus publicum) huquq deganda davlat manfaatlarini, erkini, uning huquqiy holatini himoya qiladigan, uning statusi bilan bog‘ liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardan tashkil topgan munosabatlarga aytilgan.
Rim quldorlik davlatining mashhur huquqshunoslaridan biri U lpian ommaviy va xususiy huquqning bir- biridan farqini quyidagicha ta’riflaydi:ommaviy huquq — bu davlatning huquqiy holati (statusi) bilan belgilanadigan, xususiy huquq esa — alohida shaxslarning manfaati, foydasi bilan bog‘ liq bo‘ lgan harakatlardan tashkil topgan.
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ommaviy huquq haqiqatan ham davlat manfaatini ko‘zlovchi, uni himoya qiluvchi huquqiy normalar majmuasidan iboratdir.
Rim huquqida jus (yus) so‘zi har xil, ya’ni «huquq», «huquq- dorlik», «vakolat», «huquq normalari» degan tushunchalarda, mazmunda ishlatilib kelingan. Ommaviy huquqda esa «huquq normalari» sifatida qo‘llanilib, u davlatni idora etish, davlat organlari tizimi, ularning vakolati, kompetensiyasi, mansabdor shaxslar tushunchasi, muassasalar, davlatning irodasini, erkini amalga oshiruvchi hujjatlar va barcha fuqarolar uchun majburiy va bajarishi


shart bo‘ lgan hamda shaxslarning kelishishi asosida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan yig‘ indisi tushunilgan. Shu boisdan ommaviy huquq davlat statusi bilan bog‘liqligini, xususiy huquq esa alohida fuqarolarning erki, irodasi va manfaatiga doir huquqiy muno- sabatlarni tartibga solishini e’tiborga olib, ushbu darslikda Rim davlatining xususiy huquqi jus civil i ni (jus sivileni) ko‘ rib chiqamiz.
Xususiy huquq alohida shaxslarning erki, irodasi va man- faatlarini ko‘zlar ekan, u eng avvalo huquq subyektlarining ix- tiyoriy ravishda mustaqil, o‘z xohish - irodalarining avtonomiya, erkin raqobat, fuqaroning o‘z huquqini himoya qili sh yoki qilmasligini o‘zi hal etishini, da’vo qilish yoki rad etish, merosni qabul qilish, yoki undan voz kechish kabi boshqa bir qator munosabatlarga kirishish yoki kirishmasligini o‘z ixtiyori, erki asosida amalga oshirishini ta’minlaydi.
Rim quldorli k davlatida, xususan uning fuqaroli k huquqida jus civile (fuqarolik huquqi) keng qamrovli tushunchalardan iborat bo‘ lgan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling