Akademiy a isxakov


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.65 Mb.
bet17/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Huquqni himoya qilish tushunchasiga ta’rif bering.

  2. O‘zini o‘zi himoya qilish instituti qanday hollarda qo‘ llanilgan?

  3. Rim davlatida sudda ko‘riladigan ishlar nechta turga bo‘lingan?

  4. Legisaksion protsess nechta bosqichdan iborat?

  5. Restitutsiya qanday hollarda qo‘llaniladi?

  6. Rim fuqarolik protsessida prokuratura instituti qanday amalga oshirilgan?

  7. Formulyar protsess qanday ma’noni bildiradi?

  8. Pretor formulalari qanday elementlardan tashkil topgan?

  9. Mashhur huquqshunos Gay yozma formulalarni nechta qismga bo‘lgan?

  10. Ekstraordinar protsesslarni kimlar amalga oshirgan?




III bob




RI M HUQUQIDA SHAXSLAR


1-§. Shaxslar tushunchasi.
2-§. Rim fuqarolarining huquqiy holati.
3-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati. 4-§. Qullarning huquqiy holati.
5-§. Ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslarning huquqiy holati. 6-§. Kolonlarning huquqiy holati.
7-§. Yuridik shaxslar.
8-§. Muassasalar yuridik shaxs sifatida.


1-§. Shaxslar tushunchasi


Rim huquqida va hozirgi zamon huquq sohalarida ham huquqiy munosabatlarni amalga oshiruvchi, ularni amaliyotga tatbiq etuvchi subyektlar shaxslar hisoblanadi.
Shaxslar huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ikkiga bo‘li ngan: jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar.
Qadimgi Rim jamiyatida jismoniy shaxslar asosiy huquq subyektlari bo‘lib, ular ommaviy va xususiy huquq asosida berilgan vakolatlarni va majburiyatlarni amalga oshiruvchi individlardan iborat bo‘ lgan. Rim huquqida jismoniy shaxslarni keng ma’noda tushunishga katta e’tibor berilgan. Unga asosan, jismoniy shaxs deb — har qanday individning qonunlar tomonidan berilgan huquq bo‘yicha o‘z daxlsizligini, yashash huquqini, sha’nini, or-nomusini, qadr-qimmatini, ularda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini amalga oshira oladigan va uni kafolatlaydigan huquq va burchlarga ega bo‘lgan shaxslarga aytilgan.
Yuridik shaxslar deganda—jismoniy shaxslarning birlashib, ularga o‘z huquq va vakolatlarining o‘tkazilishi asosida tuzilgan birlashmalarga, korporatsiyalarga, diniy ittifoqlarga, hunarmand- larning kasaba ujushmalariga, yozuvchi tashkilotlarga, non yopuv-


chi tashkilotlarga hamda sudnalarning yig‘ indisini boshqaruvchi tashkiliy birliklarga tushunilgan. Jismoniy shaxslar deganda— konkret aynan bir individ yoki ko‘pchilik insonlar, odamlar, ya’ni jismoniy shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan munosabatlarning subyektlari tushunilgan. Jismoniy shaxslar barcha huquqiy munosabatlarning subyekti bo‘ lishi uchun, ular eng avvalo huquq layoqati (caput) ga ega bo‘lishlari lozim. Huquq layoqati har bir insonning tug‘ il ishi bilan vujudga keladigan va uning o‘limi bilan tugaydigan huquq va burchlarga ega bo‘ lish layoqatidir.
Jismoniy shaxslar huquq layoqatidan tashqari muomala layoqatiga, ya’ni o‘z harakati asosida o‘zi uchun huquq va burch- larni vujudga keltiri sh qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Qadimgi rim xususiy huquqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri farzand tug‘ ilmasdan oldin ham, ya’ni ona qornida shakllanib qolishining o‘zi va farzand tug‘ ilmasdan oldin otasi vafot etgan taqdirda, u otasining qolgan merosidan o‘z hissasini, ulushini olish huquqiga ega bo‘ lgan. Hatto tug‘ ilmagan farzandning otasi ozod Rim fuqarosi, onasi esa qul bo‘lgan taqdirda ham tug‘ iladigan farzand «ozod inson» ya’ni, Rim davlatining fuqarosi sifatida tan olingan.
Jismoniy shaxslar barcha huquqiy munosabatlarning birinchi va asosiy ishtirokchisi sifatida qatnashib, o‘z harakatlarini amalga oshirar ekan, o‘zlari uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgarti radi va bekor qiladi.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida barcha insonlar ham bir me’yordagi huquq layoqatiga ega bo‘ lmaganlar. Hatto jamiyat ijtimoiy munosabatlarining hamda ishlab chiqarish munosabatlari- ning yanada taraqqiy etishi natijasida, ayniqsa savdo munosabatla- rining kuchayishi, Rim davlati hududidan chiqishni talab qilishi va ushbu davlatda yashab turgan to‘liq huquq va muomala layoqatiga ega bo‘ lmagan shaxslarning ham bu munosabatlarda qatnashishini talab etadi. Natijada asta-sekinlik bilan ular ham ma’lum layoqatlarga erishib, barcha fuqarolar kabi huquqlarga ega bo‘ la boshladi.
Shuni ta’kidlash joizki, rim huquqi Rim davlatining quldorlik xarakteri, ekspluatatsiyaga asoslanganligi, arzon bo‘ lgan mehnat- ning mavjudligidan kelib chiqib, Rim davlati o‘zida istiqomat


qiluvchi barcha fuqarolarning huquq layoqati ni tenglashtirish tarafdori bo‘lgan emas. Rim davlatining iqtisodiy va siyosiy rivoj- lanishi, respublika davridan monarxiyaga o‘tish, prinsiðiat va dominat davrlarida yangi ekspluatatsiya qilish shakllarining vujudga kelishi, qullar institutining saqlab qolinishi natijasida ayrim guruhlarning huquqlari kengaydi, ba’zi birlarining esa huquqlari chegaralanib, umrbod yer bilan bog‘ liq holda, feodal munosa- batlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ldi.
Rim davlatining fuqarosi fuqarolik huquqining hamda siyosiy, oilaviy, mulkiy munosabatlarning to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lgan subyekti bo‘lishi uchun, eng avvalo quyidagi uch talabga javob berishi lozim edi:
ozodlik holatlari—Status Libertatis, ozod bo‘ lgan shaxslar bo‘ lishi;
fuqarolik holatlari—Status Civitatis, chet el fuqarolari bo‘ lmasdan Rim davlatining fuqaroligiga ega bo‘ lgan shaxslar bo‘ lishi;
oilaviy holati—Status familiael, oila boshlig‘ iga qaram (patria potestas) bo‘ lmagan shaxslar bo‘ lishi.
Rim xususiy huquqining subyekti to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lishi uchun esa quyidagi ikki elementning vujudga kelishi taqozo etilgan:

  • rim huquqi bo‘yicha nikohga kirishish va oila qurish huquqiga ega bo‘lish;

  • barcha mulkiy munosabatlarning subyekti bo‘lishi va shartnomaviy munosabatlarga kirisha olish huquqlariga ega bo‘lishi. Rim huquqi to‘liq huquqiy layoqatga ega bo‘lgan insonlar qatoriga ozod va ozod bo‘lib tug‘ ilgan shaxslarni kiritgan. Qullar huquqiy munosabatlarning subyekti emas, balki ularni obyekt, ya’ni «gapiruvchi qurol» sifatida e’tirof etilgan. Qullarning huquqiy holati ashyolarning huquqiy holati bilan tenglashtirilgan. Hatto Rim huquqshunoslari qullik bu qadimgi Rim davlatining yoki quldorlik tizimining boshdan kechirgan barcha davlatlarga taalluqli

institutidir, deb ta’rif berganlar.
Albatta, Rim davlatida ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi, rivojlanishi, ayniqsa savdo munosabatlarining kengayishi


natijasida qullarning huquqlari, ya’ni huquq layoqatining o‘zgari- shiga olib kelgan. Rim davlatida ozod bo‘lgan shaxslarning hammasi ham to‘liq huquq layoqatiga ega emas edi. Chunki Rim davlatining siyosiy, oilaviy va mulkiy munosabatlarida to‘liq qatnashishi uchun ushbu davlatda yashab turgan, uning fuqaroligiga ega bo‘lgan,cives romani Quirites huquqiga erishgan shaxslargina ozod bo‘ lgan fuqarolar hisoblangan.
Chet davlatlardan kelib qolgan ozod fuqarolar siyosiy, oilaviy yoki mulkiy munosabatlarda qatnasha olmagan, chunki ularnihostis (dushman) deb hisoblaganlar. Ammo ular pretorlik munosabatlari orqali o‘ziga patron, ya’ni xo‘jayin izlab topib, unga « kliyent» sifatida rasmiylashtirilib, undan bitimlar tuzishda va o‘z huquqlari- ning sudda himoya qilinishida katta huquqiy yordam olgan va xo‘jayini orqali huquqiy munosabatlarga kirishganlar. Bunda patron chet el fuqarosining vakili sifatida emas, balki uning manfaatini himoya qiluvchi va o‘z nomidan harakat qiluvchi shaxs bo‘ lib tanilgan.
Rim davlatida yashovchi lotinlar esa (latini) siyosiy huquqlar- dan mahrum qilingan shaxslar bo‘ lib, ularga fuqarolik huquqi normalaridan foydalanishga to‘liq ruxsat etilgan, hamda sud ishlari, ularning huquqlarini himoya qilish ham xuddi Rim fuqarolaridek amalga oshirilar edi. Ayniqsa, 212-yildagi imperator Karakalli tomonidan imperiyada yashab turgan barcha fuqarolarga Rim davlatining fuqaroligi berilishi va ular barcha munosabatlarda rimliklar kabi teng huquq va burchlarga ega ekanliklari ularning huquqlarini yanada kengaytirdi. Rim davlatining xalqaro munosa- batlarining rivojlanishi natijasida fuqarolik huquqiy munosabatlar- ning takomillashishi lotinlarga taalluqli bo‘ lmagan fuqarolarning ham asta-sekinlik bilan huquqlarini kengaytirib, peregrinlar qatori teng huquqlarga ega bo‘lishini ta’minladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling