Akademiy a isxakov


-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati


Download 1.65 Mb.
bet19/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

3-§. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati




Lotinlarning huquqiy holati ikki qismga, ya’ni quldorlar tomonidan lotinlarning qull ikdan ozod qilinishi bilan bog‘liq bo‘ lgan va Rim fuqarosi tomonidan alohida shartlar asosida ozod qilingan lotinlarga bo‘lingan.
Lotinlarning huquqiy holatiga ega bo‘lish asoslari quyidagilar- dan iborat bo‘lgan:

    • tug‘ ilishi bilan otasi lotin bo‘lsa, otaning huquqiy holati bilan belgilangan. Nikohsiz onadan tug‘ ilgan shaxs onaning huquqi bilan bog‘ liq bo‘ lgan;

    • davlat hujjatlari asosida lotinlik huquqiy holatiga taqdim etilgan bo‘lsa;

    • Rim fuqaroligidan ixtiyoriy asosda yer olish nuqtai nazar- dan kelib chiqib, lotinlikka o‘tish;

    • davlat qonunlarida ko‘rsatilgan asosda lotin-quldor yoki Rim fuqaroligiga ega bo‘ lgan shaxslar tomonidan qullikdan ozod qilinishi asosida.

Lotinlarning ommaviy huquq va xususiy huquqlar asosida huquqlarga ega bo‘lishi biroz farqlangan. Masalan, ommaviy huquq asosida barcha lotinlar Rim armiyasi safida xizmat qilishlari man etilgan, ammo Rim shahriga kelgan paytda ular xalq majlislarida ovoz berish huquqlariga ega bo‘ lgan.
Fuqarolik huquqi asosida esa lotinlar savdo, ashyoviy, shartnomaviy huquqlarga ega bo‘ lib, o‘zlari uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqargan va javobgarlikni ham o‘tagan- lar. Ammo lotinlar tarkibida liniani lotinlari bo‘lib, ularning

huquqlari ham chegaralangan, ya’ni ular vasiyatnoma tuzish, qonun bo‘yicha meros olish huquqining man qilinganligi va uning o‘limi bilan barcha mulklarining o‘z xo‘jayiniga to‘liq o‘tkazilishi kabilar.


Imperator Yustinian davriga kelib «lotinlar liniani» degan alohida xalqlar guruhi to‘liq asosda lotinlar millatiga qo‘shilib ketdi. Bundan tashqari, lotinlar qadimgi lotinlarga va koloniyalar lotin- lariga bo‘lingan.
Qadimgi lotinlarning quyidagi huquqlari mavjud bo‘ lgan: mulkiy huquqlari; sudda so‘zlash; nikohga kirishish huquqlari.
Koloniyalar lotinlari esa Rim fuqarolari bilan nikohga kirish huquqiga ega bo‘ lmaganlar. Boshqa hollarda esa qadimgi lotinlar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlar.
Peregrinlar—Rim davlati tomonidan bosib olingan mustamlaka davlatlarning aholisi bo‘lib, ular Gretsiya, Yegiðet, Galliya (Fran- siya), Iberiya ( Ispaniya) va boshqa mamlakatlardan kelgan shaxslardan iborat.Peregrinlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va sud munosabatlari bilan bog‘ liq faoliyatlarini Rim davlati tomo- nidan tayinlangan mahalliy organlar, prokonsullar, propretor- lar, prokuratorlar va legatlar tartibga solgan, boshqargan.
Peregrinlarning huquqiy holati. Rim davlati tomonidan ishg‘ol qilingan, bosib olingan yerlar ushbu davlat hududiga kiritilgan bo‘ lsa-da, lekin xalqlarini qullikka o‘tkazmasdan hamda Rim fuqaroligini bermasdan qolib ketgan fuqarolar peregrinlar deb atalgan.
Peregrinlarning vujudga kelishi. Otasi peregrin bo‘lib farzand tug‘ilgan bo‘lsa, otaning huquqiy holati bilan belgilangan. Nikohsiz farzand ko‘rgan peregrin onaning bolasi ham peregrin hisoblangan. Respublika davrida sudning qarori asosida jinoyat sodir etganligi uchun peregrinlikka o‘tkazish, imperiya davrida uni badarg‘a qilish asosida peregrinlik huquqiy holati kelib chiqqan. Peregrinlar siyosiy huquqlarga ega bo‘ lmagan, ular saylash va saylanish huquqidan mahrum bo‘ lib, ularga dushman (hostis) deb qaralgan. Fuqarolik huquqida peregrinlar va Rim fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni hal qiladigan huquqiy normalar mavjud bo‘lmagan. Ayniqsa, savdo munosabatlari chegaralangan. Bularning hammasi va bu qiyin-

chiliklarni bartaraf etish nuqtai nazaridan xalqlar huquqi (jus gentium) vujudga keldi.


Rim fuqaroligiga ega bo‘ lishning ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ lib, jumladan, ular Rim davlati oldida ko‘ rsatgan xizmatlari uchun qonunlar asosida fuqarolikka ega bo‘ lish; fiskal maqsadlar (ya’ni, merosdan soliq olish) asosida va boshqa usullarda Rim fuqaroligini olishdan iborat.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling