Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Rim fuqarolarining huquqiy holati
Peregrinlar siyosiy huquqlardan hamda «Rim nikohi»ga kirishish huquqlaridan mahrum bo‘ lsa ham, ular o‘ziga xos bo‘ lgan oilaviy hamda mulkiy munosabatlarga kirishish bilan Rim fuqarosining huquqiy layoqatiga qaraganda birmuncha chegara- langan huquq layoqatiga ega bo‘ lganlar.
Imperator Yustinian qonunlari, xalqaro savdo munosabatla- rining gurkirab o‘sishi natijasida tovar egalarining millati, yashashi va boshqa xususiyatlaridan qat’ i nazar ular mulkdorlar sinfiga yaqin bo‘ lganligini e’tiborga olib, ularga Rim fuqarolari sifatida teng huquq va burchlarga ega bo‘ lish imkoniyatini yaratib berdi. Fuqarolarning to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lishida oilaviy holatning katta ta’siri bo‘lgan. Rimda to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lgan oila deb, oila a’zolarining «ota hukmronligi» institutiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil hayotni va faoliyatni amalga oshiruvchi ittifoqqa aytilgan. Ota hukmronligi institutida yashovchi barcha shaxslar uy bosh- qaruvchisiga, ya’ni otaga bo‘ysungan va shartnomaviy munosabat- larga kirishganda o‘zlari uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltirmasdan, balki ota uchun vujudga keltirgan, lekin ota majbu- riyatlarni bajarishdan holi bo‘ lgan. Ota hukmronligi ostidagi shaxslarning shartnoma munosabat- lariga kirishishini sharoit taqozo etib, ularning bu munosabatlarda qatnashishini ta’minlagan, chunki ular harbiy urushlar natijasida ma’lum boyliklarga ega bo‘lish, fuqarolik huquqiy munosabatlardan foydalar olish kabi mulkiy huquqlarga ega bo‘ lganligining o‘zi ularni ma’ lum bir huquqlar bilan ta’minlashni yuzaga keltirdi. Lekin Yustinian kodifikatsiyasi otani ya’ni, «ota hukmronligini» to‘liq asosda huquqiy layoqatga ega deb fuqaroli k huquqining subyekti sifatida tan oldi va uni yanada mustahkamladi. 2-§. Rim fuqarolarining huquqiy holatiQadimgi Rim quldorlik davlatida fuqarolikka ega bo‘lish quyidagi asoslarning vujudga kelishini taqozo etardi: birinchidan, Rim nikohi asosida tug‘ ilgan farzand otaning huquqiy holati bilan belgilanishi, nikohda turmagan xotindan tug‘ ilgan farzand onaning huquqiy holati bilan bog‘ liq bo‘ lishini; ikkinchidan, Rim davlatida qulning o‘z xo‘jayini tomonidan ozod etilishi; uchinchidan, fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxsning Rim fuqarosi tomonidan farzandlikka olinishi oqibatida; to‘ rtinchidan, davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar, normativ aktlar hamda provinsiya va obshinalar (jamoalar) qarorlari asosida fuqarolar ozod bo‘lib, ularga rim fuqarolik huquqi layoqati yoki huquqiy holatning berilishi. Rim fuqarolari o‘zining huquqiy holati nuqtai nazaridan ikki guruhga bo‘linganlar: ozod bo‘lib tug‘ ilganlar; qulli kdan ozod bo‘lgan fuqarolarga, ya’ni o‘z erki bilan qo‘yib yuborilgan libertinlarga (li bertini). Ozod bo‘lib tug‘ ilgan Rim fuqarolari siyosiy, oilaviy, mulkiy huquqlarga ega bo‘ lib, ular davlat armiyasi safida xizmat qilish, xalq majlislarida ovoz berish huquqiga hamda magistrat bo‘ lib saylanish huquqlariga, ya’ni siyosiy huquqlarga ega bo‘ lganlar. Xotin-qizlar siyosiy huquqlarga ega bo‘ lmaganliklari uchun rasmiy ismga ham ega bo‘ lmaganlar, ya’ni ularga hayot asosida turmushdan kelib chiqqan holda ism qo‘yganlar. M asalan, Pomponiyning qizi yoki Modestinning xoti ni deb ataganlar. Mulkiy munosabatlar, ya’ni fuqarolik xususiy huquqi bo‘yicha mulkka ega bo‘ lish, shartnomalarni tuzish, majburiyatlarda qatnashish, o‘zi uchun huquq va burchlarni keltirib chiqarish, vasiyatnoma tuzishda guvoh sifatida qatnashish kabi huquqlarga ega bo‘lgan. Libertinlarning huquqlari biroz chegaralangan. M asalan, ularning Rim legionlarida xizmat qilishi mumkin emasligi, senatorlar tarkibiga saylanish yoki kiritilishi taqiqlanganligi, shu- ningdek xususiy va oila huquqi sohasida, ayniqsa senatorlar bilan nikoh tuzish kabi huquqlari chegaralangan. O‘z ixtiyori asosida ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslar, o‘zining oldingi xo‘jayiniga (patroniga) ishlab berish, yordam ko‘rsatish aliment olishga bo‘lgan huquq, meros huquqi munosa- batlarida, ya’ni fuqarolik hayoti bilan to‘liq asosda bog‘liq edi. ( Hatto o‘g‘ il otasiga qanday «majburiy» yoki burchli bo‘ lsa, xuddi shu kabi yoki shunga o‘xshash, yaqinlik asosida ko‘rilgan). Qadimgi rim xususiy huquqida Rim fuqaroligini yo‘qotish eng og‘ ir munosabatlardan hisoblanib, hatto og‘ ir jazoli jinoyat- larni ham keltirib chiqargan. Fuqarolikni yo‘qotish asoslari quyidagilardan iborat bo‘lgan: ozodlikni yo‘qotish, ya’ni asrga tushish; qullikka sotish; og‘ ir jinoyatlarni sodir qilganligi uchun muddatsiz surgun qilish; fuqaroning o‘zi tomonidan ixtiyoriy asosda yer olish uchun lotinlar holatiga o‘tish. Imperator farmoyishiga asosan Rim davlatining mustamlaka- larida yashovchi lotinlar uchun yer ajratib berilgan. Bu yerda yerni olish uchun fuqaro o‘z fuqaroligidan voz kechib, yerni olgan va lotinlar holatiga o‘tgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling