Akademiy a isxakov


-§. Rim oilasi tushunchasi


Download 1.65 Mb.
bet26/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

1-§. Rim oilasi tushunchasi


Qadimgi Rim jamiyatida oila davlat yacheykasidan iborat bo‘lib, uy xo‘jaligining boshqaruvchisi, ya’ni ota-ona, aka-uka, opa- singillar, qullar, vasiyli k yoki homiylikda bo‘lgan shaxslarning jamoasi hisoblangan.
Rim oilasi deganda, dastlabki davrda oila boshlig‘ i (paterfa- milias)ning chegaralanmagan mutloq huquqlarga, hokimiyat (manus)ga ega bo‘lganligi asosida, ya’ni o‘z bolalari, nevaralari, chevaralari, xotini va uydagi (ya’ni, xo‘jalikdagi) shaxslarning barchasi ustidan amalga oshiruvchi hukmronligi tushunilgan. Bularning hammasini oilaning otasi «o‘zimniki» (sui) deb,
«o‘zimga o‘zim xo‘jayinman» (sui juris) va «barcha huquqlarga egaman» deb e’tirof etgan.
Rim oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri—bu dastlab oila agnat usulida vujudga kelgan, ya’ni ular qon-qarindoshlik munosabatlari asosida emas, balki bo‘ysunish va hukmronlik, boshqaruv munosabatlari asosida tuzilgan oilalardan iborat bo‘lgan. Agnatlar oilasi deganda, oila boshlig‘ ining o‘z oilasidagi bolalari, xotini, xo‘jaligi, qullari va ularning oilalari hamda shu oila xo‘jaligida yashovchi barcha shaxslarning jamoasiga tushunilgan. Oila boshlig‘ining qizi boshqa oilaga turmushga chiqqanda, uning turmush o‘rtog‘ i ham ota hukmronligi ostida bo‘lsa, u ham shu ota hukmronligi boshqaruviga o‘tgan va agnatlar oilasi hisoblangan. O‘zining aka-ukalari va ota-onalari bilan faqat qavm-qarindosh-

chilik yuzasidan bayram munosabatlarida hol-ahvol so‘rashgan. Chunki turmushga chiqqan qiz ota-onalari uchun «begona» hisoblangan.


Qadimgi Rim jamiyatida oila boshlig‘ining huquqi chegaralan- magan. U o‘zining oila a’zolarini sotish, qarzni to‘lash uchun uni qarz olgan shaxsga, qarzni to‘ lash uchun ishlab berish, xizmat ko‘rsatish, hatto xotinini (xoti ni o‘zining qizi qanday vakolatlarga ega bo‘ lsa, shunday huquqlarga ega bo‘ lgan) majburiyatni bajarish nuqtai nazaridan kelib chiqib, uni ma’ lum bir muddatga boshqa shaxsga xizmat ko‘rsatish uchun berib yuborish huquqiga ega edi. U o‘z bolalarini o‘ldirish, ayniqsa voyaga yetgan o‘g‘lini uch martagacha sotish, qizini va kichik ukalarini, nevaralarini bir marta sotib yuborish huquqlariga ega bo‘ lgan.
O‘g‘ illari yoki oilada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan shartnomalar tuzilgan bo‘ lsa, bu shartnomalardan kelib chiqadi- gan foydalar otaga zarar yetkazish bilan bog‘ liq munosabatlar bo‘ lsa, ota uning uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan. Ota yoki uy boshqaruvchisi hukmronligi ostidagi shaxslarning huquqiy holati ota yoki oila boshlig‘ ining o‘lishi, yoki oila boshlig‘ ining erki, roziligi bilan ularga ozodlik berish munosabatlari asosida o‘zgargan. Paterfamilias (oila boshlig‘i)ning o‘limi ota hukmronligi institutining barham topishiga olib kelgan.
Rim davlatida vujudga kelgan oilalar dastlab ibtidoiy jamoa tuzumining xususiyatlarini o‘zida ifodalab, jamoa xarakteriga xos urug‘chilik (urug‘) tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Rim jamiyatining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, ota hukmronligi ostida bo‘ lgan shaxslarning xususiy huquqlarini tan olish zarurati kelib chiqa boshladi, natijada ota hukmronligi instituti dastlabki hokimiyatga oid mohiyatini yo‘qota boshladi va agnatlar oilasining o‘rniga qon- qarindoshlik bilan bog‘liq bo‘lgan kognatlar urug‘ i vujudga kelgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling