Akademiy a isxakov
-§. Egallash tushunchasi va uning turlari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ager publucus»
- Sitseronning
2-§. Egallash tushunchasi va uning turlariQadimgi Rim quldorlik davlatida «egalik qilish» tushunchasi amaliyotda ko‘pincha «mulk» atamasi yoki tushunchasi bilan bir ma’noda qo‘ llanilsa ham, Rim fuqarolik huquqi va hozirgi zamon fuqaroli k huquqida ikkalasini bir ma’noda tushunmasli k lozim. Chunki, Rim huquqshunoslari egalikni «men mulkka egaman» so‘zi orqali , mulkni esa «mening mulkka egalik huquqim bor» degan ta’riflar bilan ajratganlar. Egalik qilish — bu ashyo ustidan faktik holatda hukmronlik qilish demak. U mulk huquqining kelib chiqishi uchun asos bo‘lib, bir joyga joylashish, o‘troq bo‘ lib qolish, egasiz bo‘ lgan ashyoni, predmetni yoki o‘tloq, yaylovni egallab olish tushunilgan. Rim huquqida «ager publucus» degan tushuncha bo‘lib, u «umumiy joy», hamma teng foydalanishi mumkin bo‘ lgan yer, boshqa shaxslar tomonidan egallanib olinmagan joy sifatida tushunilgan. Qadimgi Rus tarixchilari « Kiyev haqida»gi yozma asarlarida Kiyevning o‘z urug‘ lari bilan Dnepr daryosining yonbag‘ irlaridagi toqqa ko‘chib kelib joylashib qolganligi va shu tariqa Kiyev shahrining vujudga kelganligini misol qilib, egalik tushunchasini «egasiz joyni o‘zlashtirish, o‘sha joyda o‘tirib qolish, o‘troq bo‘lish yoki joylashib olish» degan ma’no bilan bog‘ laydilar. Egalik qilish institutining vujudga kelishini mashhur huquq- shunoslardan biri yurisprudensiyaning atoqli olimi Labeon (mi l. avv. 45—10-y.) rim huquqida egalik tushunchasini «o‘tirmoq», «joylashib qolmoq», «o‘troq hayot kechirmoq» degan so‘zlar bilan «egasiz bo‘lgan joyni ishg‘ol qilmoq yoki egallab olmoq» asosida ta’riflagan. Demak, egallash — bu ashyoni real ravishda egallab olib, uning ustidan hukmronlikni amalga oshirish degan ma’noni anglatgan. Qadimgi Rim va unda yashab turgan jamoa uchun doimo yer yetishmasdan, tanqis bo‘lib kelgan. Shu bois ular doimo o‘zlash- tirilmagan yerlarni urushlar orqali yerga, hududga ega bo‘ lishga ko‘proq inti lganlar. Mashhur huquqshunos Sitseronning ta’kidlashicha, XII jad- val qonunlarida, egasiz bo‘ lgan joylarni, hech kim yashamay- digan qir-adirlarni egallab olishga da’vat etib, hatto ikki yil davomida insofli ravishda yerni, joyni egallab olgan shaxs sivil (fuqarolik) huquqiga asosan, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat ikki yil muddat asosida belgilangan va muddatning o‘tishi bilan, u shu mulkning egasi ya’ni, mulk huquqining subyekti bo‘lib tanil- gan, hamda uni qonuniy asosda mustahkamlab bergan. Fuqaroli k huquqida asosan egallash deganda, avvalo ashyoni egallagan shaxs, mustaqil shaxs bo‘lishi — persona sui juris talab etilardi. Agar u shaxs mulkiy huquq va muomala layoqatiga to‘ liq ega bo‘ lsa, va uni egallash, hamda faktik hukmronlikni amalga oshirish maqsadini o‘z harakatlari bilan tasdiqlasa, u egallash interdiktlari himoyasiga va qo‘riqlash munosabatlariga ega bo‘ ladi. Fuqarolik egallash, eng avvalo, o‘zi uchun o‘zining ismiga, to‘liq ishonch asosida, ya’ni mulk huquqining subyekti bo‘ lishini e’tirof etishni ham o‘z ichiga olgan. Rim huquqshunoslari ashyolarni egallash va ularni ushlab turishning bir-biridan farqini to‘ liq anglab, ularga nisbatan har xil huquqiy holatlarni qo‘llaganlar. Rim davlatining fuqarolik huquqiy munosabatlarida egallash tushunchasi ikki qismga bo‘lingan: mulkni jismoniy asosda egallash; mulkni ma’naviy asosda egallash. Rim huquqida jismoniy asosda egallash —corpus possesiones, ma’naviy asosda egallash esa — animus possesiones deb atalgan. Jismoniy asosda egallash deb, uni fizik (gavdasini jismini) yoki faktik holatda egallashga aytilgan. Ma’naviy asosda egallash deganda, ashyoni o‘z erki va xohishi asosida shu mulkka egalik qilish tushunilgan. Lekin barcha egallashlar ham fuqarolik egallashga o‘xshab huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Egallashga o‘xshab ketadigan, ammo egallash kabi o‘xshash harakatlar sodir etilsa-da, lekin huquqni himoya qilish va qo‘riqlash munosabatlarini interdiktlarni qo‘ llash kabi xusu- siyatlarni keltirib chiqara olmaydigan element — ushlab turish naturalis possessio deb ataladi. Uning fuqarolik egalik qilish elementidan farqi quyidagilardan iborat: ashyoni ushlab turish — o‘ziga o‘tkazib, egalik qilib olish xohishining yo‘qligi, ya’ni xuddi o‘zining mulkiga bo‘lgan muno- sabatning vujudga kelmasligi bilan; Rim fuqarolarining shaxslar o‘rtasida shartnomalar ya’ni, topshiriq shartnomasi, depozit mulkni saqlab turish (hozirgi fuqarolik huquqida tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarish uchun sud yoki notarial idoralarga ma’ lum bir summani, pulni ushlab turish uchun depozit hisobiga qo‘yiladi) shartnomasini, ssuda kabi shartnomalarni tuzganlar va vaqtincha ular bu ashyolarni o‘z uyida, omborlarida, seyflarida saqlab turganlar va ular oddiy saqlovchilar yoki ashyoni ushlab turuvchilar deb atalgan. Rim davlatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ayniqsa huquqiy munosabatlarning yanada takomillashishi avval haqsiz tuziladigan shartnomalar o‘rniga, yangi haq evaziga tuziladigan, yerni ijaraga olish, uy- joylarni ijaraga olish, ko‘chirilishi mumkin bo‘ lgan obyektlarni saqlab turish umrbod foydalanish asosida tuziladigan yangi-yangi shartnomalar kelib chiqdi. Ko‘pchilik ashyolarni ushlab turish vakillar orqali amalga oshirilgan bo‘ lsa ham, lekin ularga saqlab yoki ushlab turgan ashyolarning hosil va daromadlaridan mulk egasining roziligi asosida foydalanishga ruxsat etilgan. Rim huquqi haq evaziga ashyolarni, mulkni ushlab turish instituti vujudga kelishiga qadar, vakillik institutini bilmagan. Hatto tuzilgan shartnomalarni shartnomada ko‘rsatilgan subyektning o‘zi tomoni- dan bajarilishi qat’ iy talab etilgan. Rim quldorlik jamiyatida egallash qonuniy va noqonuniy egallashga bo‘ lingan. Qonuniy asosda egallash deb, mulkdor tomonidan ashyolarni, mulkni egallash huquqiga to‘ liq ega jus possedendi, ekanligini anglatadigan munosabatlarga aytilgan. Mulkni egallovchi shaxs mulkka xuddi o‘zining mulki kabi munosabatda bo‘lsa ham, lekin egallash huquqiga ega bo‘lmaganligi sababli uni noqonuniy asosda egallovchi deb tushunilgan. Rim huquqida noqonuniy egallash noqonuniy insofli va noqonuniy insofsiz egallashlarga bo‘lingan. Noqonuniy insofli egallovchi deb, rim huquqida shunday munosabatlar ya’ni egallab olgan shaxs ashyoning, mulkning yoki biror-bir obyektning kimga taalluqli ekanligini bilmasdan yoki bilishi ham lozim bo‘ lmagan holda, u mulkni egallab olishga bo‘ lgan huquqi yo‘q shaxsdan, mulk huquqining egasi deb tasavvur qilib sotib olishga tushunilgan. Insofli egallovchi mulkning o‘g‘ irlangan ekanligini bilmaydi, u davlat yoki bozor tomonidan o‘rnatilgan narx asosida sotib oladi va biror-bir shaxsning huquqi buzilayotganligini ham tasavvur qilmasdan odilona asosda ashyoni o‘ziga o‘tkazib oladi. Insofsiz egallovchi deganda, mulkning, ashyoning yoki biror- bir obyektning kimga taalluqliligini bila turib, unga g‘araz maqsadda yoki huquqini buzish asosida, balki bozor narxidan past narxda sotib olishga tushuniladi. Demak, bu munosabatda insofsiz egallovchi insofsizlik asosida, o‘z manfaatini ko‘zlab, boshqa shaxslarning erkini, manfaatini, huquqlarini cheklab qilingan harakatlarni amalga oshiradi. Mulkni egallovchilarni insofli yoki insofsiz egallovchilarga bo‘lish, ularga qo‘llaniladigan huquqiy rejim bilan bog‘liq, ya’ni insofsiz egallovchidan egallagan mulkni to‘liq asosda qaytarib olish hamda uning hosil va daromadlarini ham undirib olish uchun qat’ iy javobgarlik shakllari o‘rnatilsa insofli egallovchi uchun yengilroq huquqiy rejim qo‘llaniladi. Darhaqiqat, Rim huquqshunoslari egallashning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa elementlardan farqini quyidagilardan iborat deb hisoblaganlar: egallashning birdaniga xuddi mulk huquqi kabi o‘z meros- xo‘rlariga o‘tkazilmasligi; egallash huquqini buzgan shaxsga, ya’ni insofsiz asosda mulkni egallab olgan shaxsning aynan o‘ziga da’vo qilinishi; egallash huquqi asirdan qaytib kelgan shaxsga xuddi mulk huquqidek birdaniga o‘tkazilmasligi; mulk huquqi doimo da’volar orqali himoya qilinishi, egalik huquqi esa interdiktlar asosida himoya qilinishi, ya’ni pretor tomonidan huquqni buzgan shaxsga, egallovchini bezovta qilmasligi to‘g‘risida buyruq berilib, toki sud orqali buzilgan huquqlarini tiklashgacha ketadigan vaqtlarni e’tiborga olib qilingan harakatlardan iboratdir. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling