Akademiy a isxakov
-§. Ashyolar va uning turlari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Populus Romanus)
1-§. Ashyolar va uning turlariRim huquqining asosiy institutlaridan birini tashkil etadigan munosabatlar—bu ashyoviy huquqiy munosabatlar. Ashyoviy huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi Rim tarixida, ayniqsa uning sinfiy davrida ashyolar tushunchasi keng ma’noda ishlatilgan. Rim huquqshu- noslari ashyolarni tashqi dunyoning moddiy munosabatlaridan iborat, ular o‘z ichiga yuridik munosabatlarni va huquqni ham qamrab oladi deb ta’riflaganlar. Ashyoviy huquqiy munosabatlar — erk, xohish, iroda bilan bog‘ liq bo‘ lgan, shaxslar yoki guruhlar o‘rtasidagi ashyolarning kimgadir taalluqliligini belgilaydigan va mustahkamlaydigan, ba’zi holatlarda o‘zgartiradigan holatlar haqidagi umumiy ta’ limotdan iborat bo‘ lib, shaxslarning ashyolar ustidan hukmronligini va boshqarishni ta’minlovchi munosabatlardir. Ashyolar ko‘chmas mulklar va ko‘chirilishi mumkin bo‘ lgan, bo‘li nadigan va bo‘li nmaydigan, iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan, jinsiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyolar va individual ashyolarga, oddiy va murakkab ashyolarga, asosiy va mansub ashyolarga fuqarolik muomilasidan chiqarilgan va fuqarolik muomi lasidan chiqarilmagan va boshqa ashyoviy huquqiy munosabatlarga bo‘lingan. Rim tarixchilari va huquqshunoslari umuman ashyolarni quyidagi ikki qismga bo‘lganlar: alloh huquqi (tabiiy huquq) asosida yaratilgan ashyolar; allohning yerdagi vakili bo‘lgan insonlar huquqi asosida vujudga kelgan ashyolar. Alloh huquqi (tabiiy huquq) asosida yaratilgan ashyolar deb, faqat allohning ma’ lum, nihoyatda, kuchli va yuqori bo‘ lgan, ya’ni shaxslar unga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan fuqarolik munosaba- tidan chiqarilgan va huquqiy sohalar bilan tartibga solinmaydigan sakral huquqlarga aytilgan. Rimliklar qadimdan ashyolarni yana ikki qismga, ya’ni sakral ashyolar va diniy ashyolarga bo‘lganlar. Sakral ashyolarga alloh huquqi (tabiiy huquq) asosidagi ashyolar kiritilib, ular ommaviy qarorlar, ya’ni alloh tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida vujudga kelgan. Diniy ashyolarga esa xususiy huquq bilan belgilangan yoki insonning shaxsiy qarori bilan vujudga keladigan munosabatlar kiritilgan. Masalan, insonning dafn etil ishi va bu joyning muqaddas joyga aylanishi, insonning faqat o‘z erki bilan bog‘ liq bo‘ lgan harakatlarini amalga oshirishga tushunilgan. Inson huquqlari bilan bog‘ liq ashyolar yoki huquqiy sohalar Rim davlatining ommaviy huquqi va xususiy huquqlari bilan tartibga solingan. Rim huquqida shunday ashyolar bo‘ lganki, ularning subyekti Rim xalqi hisoblanib (Populus Romanus), ular ommaviy huquq bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular quyidagilardan iborat: Rim jamiyati a’zolarining barchasi tomonidan umumiy asosda foydalaniladigan, ya’ni daryolar, portlar, yo‘ llar, teatrlar, stadionlar va boshqa ommaviy xarakterga ega bo‘ lgan ashyolar; davlatga oid maxsus foydalaniladigan ashyolar, davlat xazinasi, harbiy obyektlar, qurol aslahalar va boshqa ashyolardan iborat bo‘ lib, ular maxsus huquqiy rejim qo‘ llanishini taqozo etadi hamda fuqaro tomonidan foydalanishi chegaralangan huquq obyektlaridan iboratdir; davlatga xos bo‘ lgan savdo munosabatlarining obyektlari, masalan davlat yer fondidan tashkil topgan. Rim huquqida ashyolar bo‘linadigan va bo‘linmaydigan qismlarga ajratilgan. Bo‘ linadigan ashyolar shunday ashyolarki, xo‘jalik maqsadini yo‘qotmaydigan va uni qismlarga bo‘lganda ham o‘z tarkibini, bahosini yo‘qotmasdan, qismlarga bo‘lingan ashyolar- ning o‘zi ham alohida o‘z qiymatini yo‘qotmaydigan, lekin kichik va oz miqdorda tovarlardan, ammo to‘liq asosda mavjud bo‘ lgan munosabatlardan tashkil topadi (masalan, qand, sariyog‘, asal, non, go‘sht, kolbasa, yong‘oq va boshq.). Bo‘linadigan ashyolar turkumida, ayniqsa umumiy mulk huquqi bilan bog‘liq munosabatlarda huquqqa nisbatan hissa va obyektga bo‘lgan hissalar mavjud bo‘lgan. Ular real va ideal hissalarga bo‘linganlar. Bu munosabatlarning asl ko‘rinishi moddiy munosabatlarga o‘xshamasligi ham mumkin, lekin o‘sha huquqlarning asosini moddiy ashyolar tashkil etadi. Ideal hissalar deb, ashyoga qo‘shilgan mol- mulk boshqa mulklar bilan aralashib, o‘zining jismini obyekt sifatida yo‘qotishi yoki boshqa obyektlarga o‘tib ketishi mumkin. Ana shu ashyoga bo‘lgan huquq ichida qaysi shaxs tomonidan qo‘shilgan ashyo bo‘ lsa, uning qiymati, bahosi yotadi va hissalarga bo‘ linadi. Ideal hissalar asosida vujudga kelgan obyekt umumiy mulk huquqi asosida bo‘ lsa, ularning bo‘ linish va bo‘ linmasligi muhim ahamiyatga ega bo‘ lib, ya’ni barpo qilingan obyekt natura asosida bo‘linishi yoki bu ashyo umumiy mulk huquqi subyektlarining biriga o‘tkazilgan bo‘lsa, qolganlari esa pul tovonlari (yoki qo‘shgan haqini) oladi. Bo‘linmaydigan ashyolar turkumiga ma’lum qismlarga ajralishi natijasida xo‘jalik mohiyatini va unga mansubligini yo‘qotadigan ashyolar (mashina, traktor, stanok va hokazolar) kiradi. Ashyolarni bo‘ lish majburiyatni bajarishda, javobgarlik o‘rnatishda hissalarga qarab belgilanishi, yoki ashyolarni bo‘ lmaslik va birgalikdagi umumiy javobgarlik xususiyatlari bilan bog‘ liqdir. Iste’ mol qilinadigan va iste’ mol qilinmaydigan ashyolar ashyoning tayinlanishiga qarab belgilanadi. U lar iste’ mol qilingandan keyin o‘z jismini, urug‘ ini yo‘qotadi. Bular asosan oziq-ovqat mahsulotlaridir. Iste’mol qilinmaydigan ashyolar deb, ulardan foydalangan vaqtda o‘z bahosini, mohiyatini yo‘qotmasdan yoki umuman yo‘q bo‘ lib ketmaydigan ashyolarga tushunilgan. M asalan, ularga qimmatbaho toshlar, yoqut va zumradlar, brilli antlar, olti n taqinchoqlar va boshqa qimmatbaho ashyolar kiradi. Jinsiy belgilari va xususiy alomatlari, ya’ni individual xusu- siyatlari bilan farq qiladigan ashyolar, ularni ko‘pchilik Rim huquqshunoslari almashtiriladigan va almashtirilishi mumkin bo‘ lmaydigan ashyolar sifatida e’tirof etganlar. Jinsiy belgilari bilan farq qiladigan ashyolar deganda, tayinla- nishi va jinsiga ko‘ra soni, o‘lchov belgisi, og‘ irligi, baholariga asoslanib, har birining huquqiy munosabatda qanday holatda, ya’ni obyekt yoki jinsiy alomatga ega bo‘ lgan ashyo sifatidami (ona qo‘y yoki qo‘chqor), yoki sonining kerakligi (100 ta soldat), og‘irligi (10 tonna)ni yetkazib berish kabi munosabatlar tushunilgan. Individual yoki xususiy alomatga ega bo‘ lgan ashyolar—bu ma’ lum shaxslar, ustalar, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan ashyolar, ya’ni individual shaxsning ish faoliyati statusi, hatto obro‘yi, mehnatining sifati, mahsulotning jahon andozalari asosida ishlab chiqilganligi, umuman individual shaxsning xarakterli xususiyati bilan belgilanadigan ashyolardir. Ularning o‘rniga boshqa ashyolarni ishlatib bo‘ lmaydi. Asosiy ashyolar va unga mansub bo‘lgan ashyolar deb, shunday ashyolarga aytiladiki, bu ashyolar asosiy ashyosiz o‘z harakatini amalga oshira olmaydigan hamda uning yuridik holati ga bo‘ysunadigan ashyolar turkumidan iborat bo‘lgan. Mansub ashyolar — asosiy ashyolarning qismi, unga taalluqli yoki uning hosillari. Ular yuridik mustaqil harakatlarni amalga oshira olmaydi, ya’ni asosiy ashyoga bo‘ysunuvchidir. Hosil va daromadlarni hal qilishda asosiy ashyoga murojaat qilganlar. Ayniqsa, qonuniy, insofli asosda egallangan shaxs tomonidan jarblanuvchi da’vo qilgunga qadar, olingan foyda va daromadlarni tasarruf qilgan bo‘ lsa, uni qaytarib olishi mumkin bo‘ lmagan. Tabiiy bo‘ lgan foydalar ham mavjud bo‘ lib, bu yerda ashyoning maqsadga muvofiq ravishda tayinlanishi buzilmasdan, tabiat orqali hosil, daromadlar olish mumkin. Yana daraxtlardan olingan mevalar, bog‘dan olingan hosillar, shuningdek qoramol, qo‘y, echki va boshqa hayvonlardan olingan ashyolar tushunilgan. Ularning huquqiy holati shu ashyolar, ya’ni daraxtlar, bog‘ lar, qo‘y-qo‘zilar, qoramollar kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsning hukmronligida bo‘ lib, shu shaxs tomonidan belgilangan. Rim huquqida, ayniqsa, ashyoviy huquqiy munosabatlarga kirishayotgan paytda ashyoning huquqiy holati, ya’ni fuqarolik muomilasidan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligini aniqlab olish lozim. Chunki shunday ashyoviy obyektlar borki, bu munosabat- lar fuqarolik huquqiy munosabatlarida yoki aynan fuqarolar o‘rtasida shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning obyektlari xususiy mulk bilan bog‘ liq ashyolar bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda fuqarolarning o‘rtasida hamda fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida ham qo‘llaniladi. Ashyolarning muomiladan chiqarilgan yoki muomiladan chiqarilmagan-ligiga qarab huquqiy rejim qo‘llaniladi. Muomiladan chiqarilgan ashyo- larga davlatning o‘ziga xos mulklari, shahar mulklari, Rim davlatining hududlari va boshqa mulklar kiritilgan. Bu mulklar yoki ashyolarning ko‘proq boshqa ashyolardan farqi, tabiiy asosda vujudga kelgan hamda maxsus vazifalarni amalga oshiruvchi mulklardan iborat bo‘ lgan. Imperator Yustinian institutsiyalarida ham bu ashyolarga katta e’tibor qaratilgan. Sinfiy davr huquqshunoslari hatto tabiat tomo- nidan yaratilgan ashyolarning mavjudligini va ulardan barcha Rim fuqarolari teng asosda foydalanishi mumkinligini e’tirof etib, ularni quyidagilardan iborat deb hisoblaganlar: havo qatlami; oqar suvlar; dengizlar va ularning ichidagi jonivorlar; boshqa boyliklar. Ommaviy huquq asosida vujudga kelgan ashyolarning egasi butun Rim xalqi hisoblanib, bularga civitas (shaharlar mulki) — daryolar, yo‘ llar, stadionlar, konsert zallari kirgan hamda ulardan butun Rim xalqi foydalangan. Bundan tashqari, diniy yoki alloh bilan bog‘liq mulklar ham bo‘ lgan, biroq ular fuqarolik huquqiy munosabatlarining obyekti bo‘ lib hisoblanmagan. Alloh huquqlari xramlar, masjidlar, diniy munosabatlarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan predmetlar, ashyolar, qilxonalar hamda alohida shaxslarni, ya’ni oliy mansabli magistrlarni, davlat rahbarlarini, payg‘ambarlarni, hurmat qozongan shaxslarni dafn etadigan joylar muqaddas deb tan olinib, alloh va uning yerdagi vakillari tomonidan himoya qilingan. Ashyolarga bo‘lgan huquq turlari quyidagi: egalik qilish huquqi; mulk huquqi; boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquqlardan tashkil topgan. Rim davlatida ashyolarga bo‘ lgan huquq bir necha turlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning birinchisini egalik qilish huquqi tashkil etgan va u xususiy mulk munosabatlarining asosi hisoblangan. Sinfiy davr Rim huquqshunoslari egalik qilishni ashyolarga bo‘ lgan to‘g‘ridan- to‘g‘ri hukmronlik qilish, ya’ni hech kimning yorda- misiz, mustaqil asosda ularni egallab olish deb tushunganlar. Ashyolarga bo‘lgan huquq to‘g‘ridan- to‘g‘ ri o‘zida bo‘ lmas- dan, balki boshqa shaxsga taalluqli mulkdan foydalanish, boshqalarning mulkiga bo‘ lgan huquq deb atalgan. U ni huquqshunoslar iura in re aliena boshqalarning mulkiga bo‘ lgan huquq deb e’ ti rof etganlar. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling