Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet31/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. Vasiylik va homiylik


Rim davlatida (sui juris) o‘ziga-o‘zi xo‘jayin ya’ ni, ozod bo‘ lgan Rim fuqarolari hamda shu davlat hududida istiqomat qilib turgan shaxslar o‘zining kasalligi, nogironligi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, o‘zining fuqaroli k huquq layoqat- larini amalga oshiruvchi shaxslarning yordam berishiga muhtoj bo‘lganlar. Muomalaga layoqatsiz fuqaro shaxsini, uning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda mulkiy huquqlarini qo‘riqlash, voyaga yetmagan shaxslar, yengil tabiatli xotinlar, eri o‘ layotgan paytda vasiyatnomada xoti niga kim vasiy yoki homiy bo‘lishini tayinlab ketgan holda — bu xotinga, aqli zaif bo‘ lgan shaxslarga vasiylik va homiylik belgilangan.
Vasiyning vakolati o‘ziga-o‘zi xo‘jayin bo‘ lgan shaxsning kasalligi yoki boshqa holatlari tufayli, o‘z mulkini qo‘riqlay olmas- ligi, boshqarishi yoki uni tasarruf eta olmasligi, uning jismoniy yoki ma’naviy tomondan qilayotgan harakatlarini tushunib yeta olmayotganligi sababli bu harakatlarni qonuniy asosda amalga oshirishdan iborat bo‘lgan.


Ota hukmronligi institutining yaxshi ishlamaganligi, o‘z qo‘ li ostidagi shaxslarning huquqlarini himoya qila olmasligi ham vasiylik va homiylikni keltirib chiqargan.
Vasiylik Gay institutsiyasi va XII jadval qonunlariga asosan, xotinlar ustidan 25 yoshgacha, hatto vasiyatnomada to turmushga chiqmaguncha degan so‘z va muddat bo‘lsa turmushga chiqqun- gacha, ayniqsa xoti nlar pul va ashyolarga o‘ch bo‘lganligi, ularning tabiati yengilroq ekanligidan kelib chiqib vasiylik tayinlangan.
Vasiylik (tutela) ota- ona qaramog‘ idan mahrum bo‘ lgan shaxslarga ham tayinlangan. Ko‘pincha u magistrat tomonidan tayinlangan, ammo vasiy o‘zining kasalligi, yoshi, davlat xizmati yoki harbiy xizmatlarini vaj qilib o‘z vakolatidan soqit bo‘lishi mumkin bo‘ lgan.
Vasiy faqat o‘z vasiyligida bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘ lgan. O‘zining manfaati uchun biror-bir harakat qilinsa yoki vasiyli kda bo‘lgan shaxsning mulkini, uyini yoki biror ashyoni sotib, vasiyligida bo‘lgan shaxsga zarar yetkazgan bo‘ lsa, da’vo qilish lozim bo‘lib, yetkazilgan zarar to‘liq vasiydan undirib olingan.
Vasiyning burchi vasiyligida bo‘lgan shaxs tomonidan tuzilgan shartnoma va majburiyatlarni tasdiqlash, shartnoma tuzish uchun maslahatlar berish yoki oldindan kelishib olish masalalarini hal qilishdan iborat bo‘lgan. Imperator Sever (mil. avv. 195-yil) davriga kelib, vasiy o‘z vasiyligida bo‘ lgan shaxsning qishloq yerlarini yoki shahardagi yerlarini sotish yoki garovga qo‘yishi to‘liq asosda man etilgan. Undan tashqari, vasiy va uning homiyligidagi shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishlarga ham yo‘l qo‘yilmagan.
Rim davlati huquqi tarixida vasiylikdan tashqari homiylik ham mavjud bo‘lgan.
Homiy (cura) — voyaga yetgan shaxslar tomonidan o‘z mulkini boshqara olmayotgan, aqli zaif, jismoniy tomonidan kamchiligi bor shaxslar yoki qilgan harakatlarining oqibatini to‘ liq tushunib yeta olmaydigan shaxslarga tayinlangan. Homiy ko‘pincha vasiy tomonidan o‘z vakolatini bajara olmaganligi yoki vasiyatno- mada ko‘rsatilgan shartlarni, vazifalarni intizomsiz, yomon va lozim darajada bajarmaganligi sababli vasiyning o‘rniga tayinlangan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling