Hisobot ( amaliyot o’tkaziladigan joy nomi va manzili) Talaba: Guruh: Institut tomonidan tayinlangan rahbar: Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: Hisobotga qo’yilgan baho: Farg’ona 2020 Kirish


Download 0.93 Mb.
bet1/3
Sana29.11.2020
Hajmi0.93 Mb.
#155507
  1   2   3
Bog'liq
62-19 guruh Abdurasulova Durdona hisobot


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

Farg’ona politexnika instituti

“ Iqtisodiyot” kafedrasi

O’quv tanishuv amaliyoti bo’yicha



HISOBOT

____________________________________________________________

( amaliyot o’tkaziladigan joy nomi va manzili)

Talaba:___________________________

Guruh:___________________________

Institut tomonidan tayinlangan rahbar:______________________

Korxona tomonidan tayinlangan rahbar:______________________

Hisobotga qo’yilgan baho:______________



Farg’ona - 2020

Kirish

Qo’qon shahri sanoat korxonalari bilan mamlakatimizning iqtisodiyotida muhim o’ringa ega, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Samarali ish olib borayotgan korxonalar yurtimizning iqtisodiy rivojlanishiga o’zining munosib hissasini qo’shmoqda . Shahrimizdagi “Qo’qon mexanika zavodi” AJ ana shunday korxonalar sirasidan.Ishning to’g’ri tashkil etilganligi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatliligiga alohida e’tibor qaratilishi natijasida korxonada yildan yilga o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Birgina o’tgan yilda 50000 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo’lib, amalda esa 52 692,8 mln so’mni tashkil qildi. Xususan, 41950,7 mln so’mlik gaz ballonlari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari korxonada 12 ta turdagi jami 5167,546 mln so’mlik bo’lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarildi. Zamonaviy texnikalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish , yangi mahsulotlarni o’zlashtirish omilidir.”Qo’qon mexanika zavodi” AJ da sex va uchastkalar Italiya, Germaniya,Portugaliya, Shvetsiya, Shvetsariya va boshqa xorijiy mamlakatlarda tayyorlangan ilg’or texnalogiyalar bilan jihozlangani yuqori unumdorlik hamda yuksak sifatga erishilishida qo’l kelyapti. Korxonadagi ilg’or texnalogiyalar Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan texnikalardir. Neft va gaz sanoati korxonalari uchun mo’ljallangan o’nlab turdagi butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlar ham yuqori sifati bilan ajralib turadi.ayni paytda yangi loyihalarni amalga oshirish , xorijlik hamkorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotning yetakchi taromoqlarini modernizatsiya qilish hisobiga sanoat ulushini oshirish mahalliy xom-ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarni amalga oshirishida korxonalarga katta etibor qartilmoqda, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, alohida xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar. Sanoat korxonasi ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo’g’ini bo’lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalarni hal etiladi. Mahsulotlar yaratish va xizmat ko’rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat materiallari, odamlarning bilimi va ko’nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashga asoslangan holda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi. Korxonada ish o'rinlarini yaratish ish haqi to'laydi, soliqlar to'lash yo'li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadigan ob’ektdir. Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o'zaro aloqasini amalga oshiriladi. Sanoat korxonasi o'z faoliyatini o'zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to'lovlarni to'lagandan so'ng qolgan qismini tasaruf etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga erishayotganligining o‘zi ham mamlakatimizda iqtisodiy siyosatning to‘g‘ri yuritilayotganligidan dalolat beradi. Buni yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlardek: “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish zarurdir”. Masalan, 506 ta mulk kompleks tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan “nol”qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investitsiyalar qariyb 1 trillion so‘m va 400 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyati olindi. Mamlakatimiz mustaqillik davrdan to hozirga qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Korxonalarda mehnatni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaaqiyatli hal etish kuda keng ko’lamli ijtimoiyiqtisodiy muammolar yechimini topishni taqozo qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishda, turli sohalar va jamiyat qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etis, moddiy texnika bazasini mustahkamlash taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Sanoat korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’shishini jadallashtirish muammolarini hal qilish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy boshqaruvni tubdan qayta ko’rish asosida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda xo’jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarning ahamiyati ortadi. Har bir mamlakat sanoatning quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko'rsatkichlarini birinchi o'rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Shu sababli "kichik" iqtisodiyotni rivojlantirish, ya'ni kichik va xususiy korxona hamda mikrofirmalarga keng yo'l ochib berishda yirish korxonalarning o'rni va rolini unutmaslik darkor. Chunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo’lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag'batlantirish hamda do'stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. Sh sababli yirik, o'rta va kichik korxonaarning optimalligi jamoatchilik ishlab chiqarishi talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo'jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog'I va sohasida hal qilishning yo'llari o'xshash bo'lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo'lmasligi mumkin.



Qo’qon Mexanika Zavodi

“Qo’qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati 1933- yilda mexanik ta’mirlash ustaxonasi asosida tashkil etilgan bo’lib, neft-gaz yo’nalishidagi tashkilotlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasining 08.09.1997 yildagi 2594/031 - 2-sonli buyrug’iga asosan “Qo’qon mexanika zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga qayta nomlangan .2014-yil oktyabr oyidan “Qo’qon mexanika zavodi” aksiyonerlik jamiyatiga qayta nomlangan. Zavod asosan neft va gaz soha ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko’rsatadi.





Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling