Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
jus vindicandi (ashyoni qonunsiz egallab turgan shaxsdan mulkni qaytarib olish huquqi).
Shuningdek, Rim huquqshunoslari bu beshta element to‘liq asosda mulk huquqining mazmunini ochib bermasligini va mulk huquqining egasi o‘z mulkidan qonunlarga zid bo‘lmagan hollarda foydalanish huquqiga ega, deb e’tirof etganlar. Ammo xususiy mulk subyekti qancha vakolatlarga ega bo‘lmasin baribir bu huquqning chegarasi bo‘lgan. Xususiy mulk huquqiga ega bo‘lish deganda, huquqning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan faktik holatlarga hamda ularni mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan usullar tushunilgan. Ular quyidagilardan iborat bo‘lgan: dastlabki usul asosida, ya’ni mulkka nisbatan egalik huquqi hech kimga qarashli, tegishli bo‘ lmagan asosda birinchi marta vujudga kelishi; 1 ¤ çáåêèñò î í Ðåñ ï óáëèêàñè í è í ã Ê î í ñòèòóöèÿñè.— Ò., 2008.— 53- ì . 2- ³. 2 Ðàç ì î í ³ óëîâ ¥. ¤çáåêèñò î í Ðåñ ï óáëèêàñè Ôó ³ àð î ëèê ê î äåêñè í è í ã áèðè í ÷è ³ èñ ì èãà ó ì ó ì èé òàâñè ô âà ø àðzëàð. 1-æèëä. — Ò., 1997. — 75-áåò. hosila usuli — konkret (aniq bo‘lgan) shaxs tomonidan mulk huquqini boshqa mulk egasiga o‘tkazish yoki huquqni qabul qilib olish huquqi asosida vujudga keladi. Bu usulda ashyo dastlabki egasidan rozilik asosida ikkinchi subyektga ya’ni, mulk huquqining yangi subyektiga o‘tish jarayonidan iborat bo‘lgan. Ayniqsa, rim huquqida dastlabki usul asosida mulkka egalik qilish maxsus xarakterga ega bo‘lgan. Egasiz mulkni egallash, mulkning qo‘shilishi yoki aralashib ketishi natijasida, mulkka qaytadan ishlov berish asosida, hamda foyda va hosillarni yig‘ ish asosida, mulkka egalik qilish muddatining o‘tib ketganligi natijasida, mulk huquqi kelib chiqsa, dastlabki usul asosida mulkka egalik qilish, deb e’tirof eti lgan. Bu usulda huquqni beruvchi noaniq, hatto yo‘q bo‘ lishi ham mumkin degan xulosaga ham borilgan. Hosila usulida ashyo traditio (an’anaviy) asosida, ya’ni ashyoni qo‘ ldan - qo‘ lga o‘tkazish yoki ashyoni berishga, boshqa shaxsga o‘tkazilishiga katta e’tibor qaratilib, ashyoning sotib oluvchiga o‘tkazilishi mulk huquqini kelti rib chiqargan. Lekin ashyolarni, berish yoki o‘tkazish hamma vaqt ham mulk huquqining egaligini keltirib chiqarmagan, ba’zi holatlarda esa egallab turish yoki ushlab turish munosabatlaridan iborat bo‘ lgan. Mulk huquqining vujudga kelishi uchun albatta ashyoni mulk huquqining egasi bo‘ lasan, degan xohish, istak bilan berish lozim bo‘lgan. Rim huquqshunoslari «an’anani», ya’ni mulkka ega bo‘lish usuli sifatida juda ko‘p qo‘llab uni quyidagicha ta’riflaganlar: ya’ni, mulk egasidan (mulkdordan), ikkinchi shaxsga shartnomalar asosida, haq evaziga (ba’zan haqsiz) mulk huquqi egaligini o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga tushuniladi. Albatta, bu munosabatda ashyoga bo‘ lgan mulk huquqini ikkinchi shaxsga o‘z xohish, istagi bilan o‘tkazishga tushunilgan va unda xohish, istak mulkni o‘tkazish uchun asos bo‘ lib hisoblangan. Dastlabki usulda ashyoni, mulkni, yerni, tabiat boyliklarini egallab olish yoki egasiz mulkni birinchi bo‘ lib, o‘ziga o‘tkazib olishga katta e’tibor qarati lgan. Masalan, yovvoyi hayvonlarni, baliqlarni yoki mulk egasining o‘z roziligi bilan unga keraksiz ashyolarni egallash kabi munosabatlar. Xususiy mulk huquqi obyektlarini egallash chegaralanmagan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling