Akademiy a isxakov
-§. M ulk huquqining turlari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
5-§. M ulk huquqining turlariRim quldorlik davlatida dastlabki mahalliy mulklardan biri bo‘ lib, kviritlar mulki hisoblangan. Ular faqat Rim fuqarolariga taalluqli bo‘ lgan, chunki ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida qatnasha olish huquqiga ega bo‘lib, shu munosabatda qatnashuvchi obyektning o‘zi ya’ni, ashyo ham fuqarolik muomilasidan chiqaril- magan, yoki muomilada qatnashish imkoniga ega bo‘ lishi taqozo etilgan. Bunday mulklarga res manciði asosida qat’ iy belgilangan ashyolar kiritilgan, ya’ni ular I taliya tuprog‘ i bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yerlar, yer uchastkalari, qishloqdagi yer uchastkalari, hovlilar, shahar yerlari, qullar, yo‘ llar, hayvonlar va boshqa mulklar kiritilgan va bu ashyolar qadimdan eng yuqori baholangan. Rim qadimgi jamiyatida kviritlar mulkiga ega bo‘lish shartnomalar va huquqni o‘tkazish asosida ham amalga oshirilgan. Rim davlatida yashovchi peregrinlar mulki obyekt sifatida tan olingan. Ular qaysi davlatdan kelib qolgan bo‘lsa, o‘sha davlatning fuqarosi sifatida o‘z milliy rejimiga bo‘ysungan. Ular Rim davlatida esa Rim mulkiga ega bo‘ lish uchun respublika davrida shartnomalarni tuzish orqali fuqarolik huquqiy munosabatlariga kirishib huquq va burchlarga ega bo‘lganlar. Qadimgi Rim quldorlik davlatining ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy, ayniqsa huquqiy munosabatlarining yanada takomillashishi fuqarolik huquqiy munosabatlarning o‘zgarmasligi iqtisodda hukmron bo‘ lgan sinf uchun samarasiz edi. Ayniqsa, peregrinlarning savdo munosabatlarida, muomilada qatnashish huquqlarini kengaytirish maqsadida ularning o‘zlari peregrinlar bilan, ayniqsa tirik insonlar bilan shartnomalarga kirishish uchun ularga bir qancha vakolatlar oldi -sotdi shartnomasini tuzish, bitimlar tuzish va sivil huquqiy munosabatlariga kirishish uchun imkoniyatlar yaratildi. Bonitorlar, pretorlar va kviritlar mulki miloddan avvalgi III asrlar oxirida birlashib ketdi. Ularning mulki muqaddas bo‘ lib, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘pincha ashyoni sotuvchi o‘zi tuzgan shartnomani tuzilish shakli jihatdan haqiqiy emas deb topib, restitutsiya orqali ya’ni, tuzilgan shartnomani tuzilmagan davridagi holatga keltirishni (dastlabki holatiga keltirish) talab qilib pretorga murojaat qilardi. Pretor esa formulyar protsess asosida ishni ko‘ rish uchun sudyaga yuborgan, sudya esa shartnoma tuzilganligini haqiqiy deb topib, puli berilganligini va sotilgan ashyo sotib olgan shaxsga o‘tkazilganligini aniqlab, bu shartnomani haqiqiy va qonuniy asosda tuzilgan deb topilgandan keyin sotuvchining da’vosi qanoatlan- tirilgan. Bu esa himoyasiz bo‘ lgan fakt deb atalgan. Albatta, bu yerda ashyoni sotib olgan shaxsning huquqi qonuniy bo‘ lib hisoblangan va mulk huquqi egaligi vujudga kelgan. Bu huquq o‘z navbatida fuqaroli k yoki kvirit huquqi bo‘lmasdan, pretorlar yoki bonitorlar mulki bo‘ lib hisoblangan. Rim quldorlik davlatida muqaddas hisoblangan mulk, bu Rim davlati tomonidan Yevropa va Osiyo davlatlarining bosib olingan provinsiyalari yerlari, qimmatbaho boyliklari va qullar bosib olingan provinsiyalardagi aholiga o‘z mulklarining egalari sifatida ularni qoldirib yerni egallash, foydalanish va uning hosil, daromadlarini olishiga ruxsat etilgan. Rim davlati o‘zini barcha mulklarning birdan-bir egasi va vakolatli shaxs deb hisoblab, provinsial mulklar bo‘yicha qilina- digan harakatlari uchun katta imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ya’ni, Rim shahridan chiqarilgan kolonistlariga, faxriy askarlariga yer ajratib berish huquqiga ega bo‘ldi. Provinsial mulkka ega bo‘ lgan shaxslar ( Ispaniya, Osiyo davlatlari) senatorlar, chavandozlar ya’ni, Rim xalqining yuqori tabaqalari bu yerlarni o‘zlashtirib, posessor huquqiga ega bo‘ lib, bularni yerni egallovchilar deb atashsa-da, lekin mulkdordan ya’ni, mulk huquqining vakolatidan ularning vakolatlari hech farq qilmagan. Provinsial mulkning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: birinchidan, bu mulk uchun soliq to‘ laganlar ( I taliya yerlarini egallagan shaxslar bundan mustasno); ikkinchidan, provinsial mulkchilik munosabatlari sivil huquqlari bilan boshqarilmasdan, balki peregrinlar huquqi bilan boshqa- rilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling