Akademiy a isxakov
-§. Xususiy mulk huquqi tushunchasi va mazmuni
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
6-§. Xususiy mulk huquqi tushunchasi va mazmuniMulk huquqi tushunchasi bu—ashyoga bo‘ lgan keng ma’no- dagi huquqiy vakolatlarga ega bo‘lish demakdir. Rim huquqshunos- lari xususiy mulkni «muqaddas mulk» deb tan olgan bo‘lsalar ham, lekin mulk huquqining tushunchasini to‘ liq yoritib bera olmaganlar. Ayniqsa, xususiy mulkning daxlsizligini hamda uni ta’minlash va kafolatlash huquqlariga qadimgi Rim davlatida nihoyatda katta e’tibor berilgan. Bu qoidalar barcha kapitalistik tuzumni amalga oshiruvchi davlatlar, hatto M D H davlatlari, xususan O‘zbekiston davlati ham o‘zining asosiy qonunida, ya’ni Konstitutsiyasining 36, 53-moddalarida ham o‘z aksini topganligini e’tirof etib va yuqori maqomli qoida darajasida mustahkam tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53- moddasining ikkinchi qismiga muvofiq «xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin»1. Rim huquqshunoslarining mulk haqidagi fikr va mulohazalari, ayniqsa mulkni «muqaddas» deb atagan tamoyillari barcha burjua davlatlarida, hatto ijtimoiy kuchli siyosatni olib borayotgan davlat- larda, xususan O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroli k kodeksining 164-moddasida ham « Mulk huquqi muqaddasdir» degan huquqiy norma o‘z ifodasini topdi. Mulkka nisbatan musulmon huquqida ham shunday qoida nazarda tutilgan. Unda mulk muqaddas deb e’lon qilinib, uni birovlarning g‘ayriqonuniy egallab turishidan talab qilib olish uchun da’vo muddati nazarda tuti lgan2. Rim huquqshunoslari fikricha, mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan elementlar (vakolatlar) quyidagilardan iborat: jus utendi (ashyodan foydalanish huquqi); jus fruendi (ashyoning foydali xususiyatlarini , hosil va daromadlarini olish); jus abutendi (ashyoni tasarruf qilish huquqi); jus possidendi (ashyoni egallash huquqi); Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling