Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet46/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Uzus (usus) usuli — bu ashyo yoki mulkdan keraklicha (ya’ni, o‘z iste’moliga kerak bo‘ lgan qismi e’tiborga olinayapti), chegara- langan asosda foydalanishga tushunilgan. Uzus usulida foydalanishda ashyoni boshqa shaxsga bermaslik yoki o‘tkazmaslik, ularni qismlarga bo‘ lib tashlamaslik harakatlari man etilib, faqat o‘zining yoki oilasining manfaati e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan.
Xabitatsio (habitatio) — butun umr bo‘yi ashyo va mulkdan, ayniqsa uy-joy, dala hovlisidan foydalanish tushunilgan. Foydalanish maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.
Uzufruktlar ko‘p qismlarga bo‘lingan. Ular asosan foydalanish elementini amalga oshirganlar. Ularda bu mulkni, ashyoni tasarruf qilish vakolati bo‘lmagan. Uzufruktlar quyidagi asoslarda tugatilgan: birinchidan, foydalanishni amalga oshirishdan voz kechish,
rad etish asosida;
ikkinchidan, uzufruktni amalga oshirayotgan shaxsning o‘ limi natijasida yoki servitut obyekti bo‘lgan ashyoning, mulkning, hovli joyning soti lishi yoki asosiy bo‘lgan joy bilan qo‘shilib ketishi, meros tariqasida boshqa shaxsga o‘tishi, hadya etish kabi muno- sabatlarning vujudga kelishi bilan tugatilgan;


uchinchidan, shaxsiy servitutlar ashyoning, mulkning yonib ketishi, nes - nobud bo‘ li shi, servitutni amalga oshirayotgan shaxsning aqli noroso bo‘lib qolishi yoki jismoniy kamchiliklarga uchrashi asosida ham servitut huquqining kuchi to‘xtatilgan.
Bundan tashqari, servitutga berilgan mulkdan, ashyodan uzoq vaqt davomida foydalanilmaslik, ko‘char mulklar uchun 1 yil, ko‘chmas mulklar uchun 2 yil davomida mulkdan foydalanilmasa servitutlar tugatilishi mumkin edi.
Servitutlarni himoya qilish munosabatlari xuddi mulk huquqi- dek, boshqa shaxslar tomonidan qonunsiz ravishda egallab olingan servitutlarni hamda kelajakda egallab olish xavfining oldini olish maqsadida, dastlabki paytlarda, vindikatsion servitut da’vosini qo‘llaganlar, keyinchalik esa konfessor da’vosi orqali buzilgan huquqlarni tiklaganlar.
Imperator Yustinian davriga kelib, har qanday shaxs tomo- nidan egallab olingan mulkni qaytarib olish uchun, hatto servitut- dan foyda- lanish huquqi bor- yo‘ qligidan qat’ i nazar unga konfessor da’vosini qo‘llaganlar va bu da’vo mulk huquqi egasiga qo‘llaniladigan negator da’vosiga tenglashti rilgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling