Akademiy a isxakov
-§. M ajburiyatni bajarish joyi va uning ahamiyati
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-§. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirish
6-§. M ajburiyatni bajarish joyi va uning ahamiyatiQadimgi Rim quldorlik davlati tomonidan ko‘plab mamlakat- larning bosib olinishi va uning jahon bozoriga chiqishi natijasida majburiyatlarning bajarilish joyini belgilash ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Jumladan: yo‘ l masofasi, tovarlarning bahosi, ya’ni har bir mamlakatda bozor iqtisodiy va huquqiy qoidalarining har xilligi. Majburiyatlarni bajarish joyi doimo shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘ lishi lozim bo‘ lgan. Ammo bajarish joyini belgilash mumkin bo‘lmay qolgan paytlarda, uni shu yerda bajarish mumkin degan taxminlar asosida amalga oshirilargan. Rim fuqaroli k huquqida kreditor tomonidan majburiyatni bajarish joyini alternativ usulda ham belgilashda huquq berilgan. Bunday vaqtda majburiyatni bajarish joyini qarzdor o‘zi tanlash huquqiga ega bo‘lgan. Majburiyatni bajarish joyi umuman belgilab qo‘yilgan bo‘ lmasa, bunday hollarda qarzdor yashagan joy yoki ko‘chmas mulk turgan joy bajarish joyi deb tushunilgan. Rim fuqarolik huquqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, majburiyatni bajarish joyi ko‘rsatilmagan taqdirda ham Rim davlati bu — «Bizning umumiy davlatimizdir» degan ma’ no asosida majburiyatlarning bajarilish joyi ko‘rsatilar va shundan kelib chi- qardi. Majburiyatni bajarish joyining ahamiyati shundaki, u nizoli predmetning bahosini aniqlash bilan bog‘ liq bo‘ lgan. N izoli predmetning bahosini aniqlash, eng avvalo, tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilishi hamda majburiyatning bajarilishi joyidagi bahosi bilan belgilangan. Ammo tomonlar o‘ rtasida kelishuvlar mavjud bo‘ lmasa, bunday holatda da’vo qo‘zg‘atilgan joyning qonunlari bilan belgilangan. 7-§. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirishMajburiyatni bajarish muddati, vaqti doimo tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan. Majburiyat shartnomada ko‘rsat- ilgan muddatda yoki vaqtda lozim darajada bajarilishi qonuniy asosda biriktirilgan. Agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘ lsa yoxud majburiyatning mohiyatidan ang- lashilsa, qarzdor ijroni to‘xtatmasdan bajarishi shart bo‘ lgan, kreditor esa ijroni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan. Bajarilishi mumkin bo‘ lgan muddatlar, ya’ni shartnoma asosida aniq tarzda majburiyatning bajarilish muddati ko‘rsatilmasligi ham mumkin bo‘ lgan. Lekin bu munosabatlarda oqilona, vijdonan harakat qilish lozim hisoblangan. Savdo munosabatlarining taraqqiy etishi, shartnomalar doirasining kengayishi natijasida shartnomalar to‘g‘risidagi qat’ iy normalarni biroz yumshatish yoki qulaylik tug‘dirish maqsadida ko‘p hollarda majburiyatlarni bajarish muddatini ko‘rsatmasdan shartnomalarning tuzilishiga ham yo‘ l qo‘yilgan. Rim huquqshu- noslarining fikricha, bugun tuzilgan Rimdagi shartnomani ertaga Yegiðetda bajarish mumkin emas. Chunki bunday tuzilgan shartnomalarda jimlik, rizolik asosida shartnomani bajarish mud- datining aniqligini o‘rnatish qiyinligini e’tiborga olib, muddat belgilamaganlar. Bunday hollarda ishni odilona hal qilishga ko‘proq e’tibor qaratganlar. Hatto shartnomani bajarish muddati ko‘rsatil- magan hollarda, sudga murojaat qilinganda sudya «odilona er» sifatida (ya’ni, «sud protsessini odilona olib boruvchi shaxs» degan ma’noni anglatgan) qanday muddat yoki qancha vaqt asosida bu shartno- mani bajarishi mumkinligini aniqlash paytida shartnomani bajarish uchun o‘zini qiynamasdan, kecha-yu kunduz, tabiat injiqligiga qaramay yilning fasli, o‘zining yoshi, sog‘lig‘ i va jinsini o‘ylamas- dan tinmay harakat qilishlariga yo‘l qo‘ymasdan, oddiy holatda majburiyatni yuqoridagi xususiyatlarni e’tiborga olib belgilagan. Ana shu muddatni «oqilona asosda» belgilangan muddat deb tushunilgan. Qadimgi Rim quldorlik davlatida majburiyatlarni muddatidan avval bajarishga dastlabki paytlarda yo‘l qo‘yilmagan. Lekin savdo munosabatlarining taraqqiy etishi, bozor iqtisodiyoti munosabat- larining gurkirab o‘sishi, Rim davlati hududining kengayishi, jahon taraqqiyotidagi tutgan o‘ rni shartnomalarning ko‘plab tuzilishlariga olib keldi va ularni muddatidan avval bajarish ikkala tomonning ham manfaatini ko‘zlab, o‘z oboroti ning tezroq amalga oshishiga imkoniyat yaratib berganligi uchun bunga yo‘l qo‘yildi. Rim davlatida majburiyatlarning bajarilishini kechiktirish, o‘z vaqtida va lozim darajada bajarmaslik oqibatlari shartnomada qatnashuvchi tomonlarning intizomsizligini bildirib, ular bilan keyinchalik shartnoma tuzishda chegaralanish vakolatlarini keltirib chiqargan. M ajburiyatlarning bajarilishini kechiktirish, da’vo talabining joriy etilishi, ya’ni da’vo arizasining yozilishi paytidan boshlanadi. Da’vo arizasining yozilishidan oldin qarzdorga majburiyatni bajarish yuzasidan ogohlantirish yuborilishi lozim bo‘lgan va undan keyin qarzdorning ustidan da’vo arizasi yozilgan. Qadimgi rim huquqida majburiyatlarning bajarilish muddati shartnomada aniq ko‘rsatilmagan bo‘ lsa, qarzdorning yashash joyiga ogohlantirish yuborilgan, ammo bajarilish muddati shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa unda shuning o‘zi ogohlantirish hisoblangan. Qarzdor tomonidan o‘z qarzini to‘ lash yoki majburiyatni bajarish uchun qilingan harakatlarini, ya’ni ashyolar, pullar yoki ekvivalentni kreditor qabul qilmasa, bunday hollarda qarzdor o‘z mulkini omonat asosda saqlab turish uchun depozitga qo‘yish yo‘li bilan ham majburiyatni o‘z vaqtida bajarishga yo‘ l qo‘yilgan. Rim huquqining o‘ziga xos xususiyati shundaki, depozitga qo‘yish ham kreditor hisobidan amalga oshirilgan. Bunday holda mulkning tasodifan nobud bo‘lishi, ijroni qabul qilishni kechikti rgan kredi - torga qaratiladi hamda kelti rilgan zarar ham undan undiriladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling