Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet57/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

1-§. Verbal shartnomalar


Verbal shartnomalar eng qadimiy shartnomalardan biri hisoblanib, u odatda og‘zaki kelishuv ko‘rinishida bo‘ lib, belgi- langan so‘zlarni ifodalash yo‘li bilan huquqiy kuchga ega bo‘lgan. Shartnoma tuzish uchun stiðulyatsiyani amalga oshirish verbal shartnomalarning asosiy ko‘rinishidir. Agar berilgan savol qisman javobni ifodalovchi mazmun kasb etib, savol bilan javob o‘zaro mutanosib bo‘ lsa, bunday og‘zaki shartnoma, ya’ni, Masalan,
«200 sestersiy berishga va’da berasanmi?» degan savolga «va’da beraman» degan javob bo‘lsa, u holda stiðulyatsiya amalga oshirildi deb hisoblangan. Agar «200 sestersiy berishga va’da berasanmi?» degan savolga «100 sestersiy beraman» yoki «bilmayman» degan mavhum javob bo‘ lsa, bunday holatda shartnoma tuzishda sti - ðulyatsiya amalga oshmagan hisoblangan. Imperiya davrida stiðulyatsiyani amalga oshirish ancha zaiflashib qolgan. Savol-javob shaklining qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’ i nazar, stiðulyatsiya haqiqiy deb hisoblangan. Stiðulyatsiya nafaqat lotin tilida, balki boshqa tillarda ham amalga oshirilgan. Respublika tugatilayotgan

davrdan boshlab, stiðulyatsiya o‘zining sof og‘zaki shartnoma sifatidagi qiymatini yo‘qotib, yozma akt sifatida rasmiylashtirila boshlangan. Shu yo‘sinda stiðulyatsiya yozma ravishdagi shartnoma qiyofasini kasb etgan.


Mashhur huquqshunos Pavelning e’tirof etishicha: «Agar hujjatda kimdir nimanidir kimgadir yozma ravishda va’da qilgan bo‘ lsa, u holda bu savolga munosib javob bo‘ lishi shart deb hisoblangan». Stiðulyatsiya majburiyati bir tomonlama bo‘ lgan, ya’ni bir tomon faqat huquqqa ikkinchi tomon esa va’da qilingan vazifani bajarish majburiyatiga ega bo‘ lgan. Hakam qarzdorning va’dasi mazmuniga o‘zicha o‘zgartirish kirita olmagan. Mavhum shartnomani amalga oshirish asosida ham stiðulyatsiya mavjud bo‘ lgan. Bu shuni anglatadiki, zaruriy savol-javob o‘tkazilganda hech kim majburiyat asosini va kelishuv maqsadini izlamasligi kerak. Stiðulyatsiyaning bunday mavhum xarakteri har qanday munosabatlar bo‘yicha majburiyatlarni amalga oshirganlar uchun qulay bo‘lib, stiðulyatsiyaning bunday shakli ashyo xarid qilganda to‘lovni amalga oshirishda hamda qarz majburiyatini olganda ham anchagina qo‘ l kelgan. Majburiyatlar bajarilmay qolgan hollarda javobgarni aniqlashda (masalan, «agar belgilangan muddatda uyni bo‘shatmasang 100 sestersiy to‘ lashga va’da berasanmi?») ham stiðulyatsiya qo‘ llanilgan. Stiðulyatsiyadan novatsiyani amalga oshirishda ham foydalanilgan. Stiðulyatsiyaviy kelishuv qarzdordan majburiyatlarga so‘zsiz itoat qilishni talab qilgan. Hatto salgina ehtiyotsizlik oqibatida ham qarzdor javobgar hisoblangan.
Verbal shartnomalarga stiðulyatsiyadan tashqari ozod etilgan qulning o‘z xo‘jayiniga bergan va’dasi hamda yangi oila qurayotganda kelinga sep berish majburiyatlari ham kirgan. Ozod etilgan qulning o‘z xo‘jayiniga bergan va’dasi — bu ozod etilgan qullarning majburiyati bo‘ lib, u o‘zining aniq majburiyatlarini sobiq xo‘jayini manfaati uchun, uning foydasiga bajarishi shart bo‘ lgan. Odatda, bu va’da ozod etilgan qul tomonidan qasamyod shaklida berilgan. Yangi oila qurayotganda sep berish majburiyatlari kelinning otasi yoki kelinning o‘zi, yoki kelinning qarindoshlari tomonidan og‘zaki yo‘ l bilan belgilangan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling