Akademiy a isxakov


-§. M ajburiyatlarning bajarilishini ta’minlash


Download 1.65 Mb.
bet55/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

8-§. M ajburiyatlarning bajarilishini ta’minlash


Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash deb, qarzdor tomo- nidan olingan va uning zimmasida bo‘ lgan vazifani bajarishga majbur qiladigan choraga aytiladi. M ajburiyat bajarilishini ta’minlashning mohiyati shundan iboratki, qarzdor zimmasida bo‘ lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa, kreditorda ziyonlarni undirishga qaratilgan huquq paydo bo‘ladi. Majbu- riyatlarning bajarilishi har xil usullar bilan ta’minlanadi. Rim

huquqshunoslarining fikricha, majburiyatning bajarilishini ta’minlash zakalat, kafolat, garov va neustoyka usullaridan iborat bo‘ladi.


Zakalat. Zakalat berish rim huquqida «arra» yoki «arrxa» deb atalgan va u qimmatbaho biror narsani garovga qoldirish degan ma’ noni bi ldi rgan. K eyi nchal ik zakalat boshqa huquqiy munosabatlarda, jumladan: oldi-sotdi va pudrat shartnomalarda qo‘llanila boshlagan. Umumiy qoidaga ko‘ra, ilk davrlarda majburiyat bajarilmasa zakalat qaytarib berilgan. Imperator Yustinian davriga kelib, zakalat jarima vazifasini o‘tay boshlagan. Agar xaridor majburiyatni bajarmasa, u bergan zakalat sotuvchida qolgan. Agarda sotuvchi majburiyatni bajarmasa, u holda u bergan zakalatni ikki barobar qilib qaytarishi lozim bo‘ lgan. Aslida zakalat tushunchasi Rim davlatiga Sharqdan kelgan bo‘ lib, bu odatni imperator Yustinian 628-yilda qonunlashtirgan.
Kafolat. M ajburiyatni ta’minlash usullaridan biri kafolat hisoblanadi. Kafolat tushunchasiga huquqshunos Gay keng ta’rif bergan. Agarda qarzdor majburiyatni bajarmasa yoki olingan qarzni o‘z vaqtida to‘ lamasa, boshqa biror shaxs ushbu majburiyatning ijrosini o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘ lgan. U qarzdor uchun kafolat bergan. Kafolat asosan stiðulyatsiyada keng qo‘ llanilgan. Bunday kafolat Rim davlatining badavlat fuqarolariga nisbatan ta’ s i r o‘ tkazishda, hattoki ularni o‘ zlariga tobe qili shning shakllaridan biri hisoblangan. Majburiyat o‘z vaqtida ijro etilmagani uchun kreditor nafaqat qarzdorga, balki kafolat bergan shaxsga nisbatan ham chora ko‘rishga haqli bo‘lgan.
Agar qarzdorning o‘rniga kafolat bergan shaxs qarzni to‘ lab yuborsa, keyinchalik u qarzdorga nisbatan regress da’vo huquqiga ega bo‘ lgan. Qarzdor esa kafolat bergan shaxsga ikki barobar qilib qarzini qaytarishi lozim bo‘lgan.
Garov. Yustinian digestlarida aytilishicha, garovga narsa qo‘ygan kishi o‘zini majburiyatlar bilan bog‘ lab ko‘yadi. Shuning uchun ham garov Rim davlatida pignus, ya’ni «kishan» deb atalgan. Garov tushunchasini ko‘proq shartnomaga qo‘shimcha majburiyat deb e’tirof etishgan. Garovning mohiyati shundan iboratki, majburiyat qarzdor tomonidan ijro etilmaganida kreditor o‘zining talabini


garovga qo‘yilgan mulk hisobidan birinchi navbatda undirish imkoniyatiga ega bo‘ ladi. Rim davlatining yanada rivojlanishi natijasida kreditorga garovni sotish huquqi berilgan. Ba’zi hollarda garovga qo‘yilgan narsa bir necha kreditorga tegishli bo‘lgan. Unda pretor, eng avvalo, birinchi kreditorning huquqini himoya qilgan. Rim davlatining sinfiy davriga kelib garovning usuli sifatida iðoteka vujudga keldi. Ipoteka usuli Greklar va Yegiðet davlatlarining huquqi ta’sirida takomil lashib bordi. Ipoteka ko‘chmas mol-mulklarga
qo‘llanilgan.
Garov quyidagi holatlarda bekor bo‘lgan:

  • garovga qo‘yilgan ashyo nobud bo‘lganida;

  • garov bi lan ta’ minlangan majburiyatning bajarili shi natijasida.

Neustoyka. Neustoyka deb, qarzdor shartnoma bilan belgilangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘ lashi shart bo‘ lgan pul summasiga aytiladi. Bunda tomonlardan biri shartnomaga asosan qo‘yilgan shartni bajarmagan taqdirda, jarima to‘ lashni o‘z zimmasiga oladi. Kreditor uchun buning ikki tomonlama foydasi bo‘ lgan:
birinchidan, shartnomaning bajarilishi ta’minlangan;
ikkinchidan, unga yetkazilgan zarar qoplangan.
Yustinian digestlarida bu jarimani to‘ lashga majbur qilish mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan. Ammo bu odat majburiyatni bajarmagan qarzdorlarga nisbatan qo‘ llanilavergan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling