Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet52/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

4-§. Majburiyat predmeti


Qadimgi Rim quldorlik davlatida majburiyatning mazmunini muayyan harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘ laganlar. Ular ko‘p hollarda mol- mulkni (ashyoni) topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘ rsatish, pul to‘ lash va hokazolar, yoki muayyan harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini saqlab turishga ham tushunilgan.
Rim huquqshunoslari ko‘pchilik holatlarda majburiyatning mazmunini va predmetini bir ma’ noda tushunganlar. Lekin majburiyat predmeti o‘z mazmunidan farq qilgan. Majburiyat predmetini aniqlashda ashyolarning, ya’ni majburiyat obyektining jinsiy alomatlarga ega bo‘ lganligi va individual, aniq xarakterli xususiyatga bog‘ liqligidan kelib chiqqan.
Jinsiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyolarga sariyog‘, vino, g‘alla, qand va boshqa ashyolar kiritili b, ularning yo‘qolib ketishi majbu- riyatni bajarishdan ozod etmaydi, ya’ni ular o‘z tabiatiga ko‘ra, shartnomalar asosida to‘ldirilishi yoki o‘z holatiga keltirilishi mumkin deb hisoblaganlar. Individual, aniq xususiyatlarga ega ashyolarning yo‘qolishi, sinishi yoki dastlabki holatini o‘zida saqlab qolmaganligi, ya’ni ularni almashtirish mumkin bo‘ lmagan, hatto yangi asosda tuzilgan shartnomalarga binoan ham, majburiyat- larning bajarilishi aynan shartnomada ko‘rsatilgan asosda amalga oshirilishi mumkin bo‘ lgan munosabatlardan kelib chiqqan.
Majburiyatlarning predmeti faqat majburiyatlarni bajarish vaqtida aniqlangan. Individual xususiyatga ega majburiyatlarni natural holatda bajarish mumkin bo‘ lmagan.

Majburiyat huquqiy munosabatlarning predmeti sifatida pullar keng qo‘llanilib, qarzdordan kreditorni talab qilib olish huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan. Pul majburiyat predmeti sifatida majburiyatni bajarish uchun almashtiriladigan ekvivalent va zararlarni qoplash vositasi bo‘ lib qo‘ llanilgan. Eng qadimgi pul sifatida rimliklar hayvonlarni tan olishgan. Keyinchalik og‘irligi bilan o‘lchanadigan mis ishlatilgan. Hatto bitimlar tuzish tarozibon va mis simobchasi (tayoqchasi)ni ushlab turgan dallol ishtirokida amalga oshirilgan.


Tovar va ashyolardan foydalanganlik hamda pul qarzini o‘z vaqtida to‘ lay olmaganlik uchun foizlar to‘ langan. Hatto shartno- malarni o‘z vaqtida bajara olmaganligi yoki bajarishni kechiktirganligi uchun ham foizlar to‘ latilgan. Foizlarni to‘ lash tabaqalar asosida, ya’ni yuqori mansabdor shaxs 4 foiz, savdogar 8 foiz, dengiz bilan bog‘ liq qarzlar bo‘yicha esa 6 foiz miqdorida, umuman olinadigan foiz qo‘yilgan kapitaldan oshib ketmasligi va yillik foiz 12 foizdan oshmasligi ko‘rsatilgan.
Majburiyatlarda «kauza» deganda, xilma-xil tushunchalarning mavjudligini e’tiborga olib, majburiyat huquqiy munosabatlariga kirishish uchun lozim bo‘lgan moddiy asosga hamda unga erishish uchun, ya’ni majburiyatni bajarishdan kelib chiqadigan maqsadga tushunilgan.
Causa (kauza) so‘zi lotin tilidan olingan bo‘ lib, sabab yoki shunga o‘xshash munosabatning kelib chiqishiga tushunilgan. Majburiyatlarda — «kauza» subyektiv motiv bo‘ lib, majburiyat- ning mazmunini aniqlaydigan hamda majburiyatga kirishishdan qanday, moddiy manfaatdorlik kelib chiqishi bilan bog‘ l iq munosabatlarga tushuniladi. Kauza qonuniy bo‘ lishi lozim, ya’ni unda boshqa shaxslarning erkini, iroda va manfaatini, huquqlarini chegaralamaslik kerak. Majburiyatlarni tuzish uchun, eng avvalo, tomonlarning o‘zaro roziligi talab qilingan. Taraflarning roziligi slavyanlarda qo‘ lni-qo‘ lga berish, boshni qimirlatish, jimlik rizolik alomati sifatida, hatto qadimdan qolgan an’anaviy harakatlar orqali ham amalga oshirilgan. Lekin Rim fuqaroli k huquqiy munosabatlarining yanada rivojlanishi va takomillashtirilishi natijasida biror huquqiy munosabat yoki huquqiy hujjat orqali bu kelishuvni rasmiylashtirish zarurati kelib chiqqan. Ana shu

huquqiy asos consensus (kelishuv), ya’ni tomonlarning huquqiy asosda, o‘z erklarini ifoda etgan holda rasmiylashtirish imkoniyati yuzaga keldi va shunday qilib, majburiyatlarning yangi turlari konsensual majburiyatlar vujudga keldi.





Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling