Akademiy a isxakov


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.65 Mb.
bet49/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


    1. Boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquq qanday turlarga bo‘linadi?

    2. Servitut qanday ma’noni bildiradi va uning turlari?

    3. Qishloq servitutlari necha qismga bo‘lingan?

    4. Qadimgi servitutlar necha qismga bo‘lingan?

    5. Shaxsiy servitutlarni izohlang.

    6. Shaxsiy servitutlar necha qismga bo‘linadi?

    7. Emfitevzisni ta’riflang.

    8. Superfitsiyning servitutdan farqini izohlang.

    9. Pignus tushunchasiga ta’rif bering.




  1. bob




M AJBURIYAT HUQUQI


1-§. Majburiyat tushunchasi. 2-§. Majburiyatlarning turlari.
3-§. Majburiyat munosabatlarining vujudga kelish asoslari. 4-§. Majburiyat predmeti.
5-§. Majburiyatlarning vujudga kelishida yuridik faktlar. 6-§. Majburiyatni bajarish joyi va uning ahamiyati.
7-§. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirish. 8-§. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.


1-§. Majburiyat tushunchasi


Rim huquqida majburiyat huquqi instituti markaziy institut sifatida eng ko‘p tuziladigan shartnomalarni tartibga solishi bilan asosiy o‘rinlardan birini egallagan. Rim huquqida quldorlik davla- tining ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bosqichida, ayniqsa fuqarolik huquqiy munosabatlarning yanada takomillashib borishi natijasida majburiyat tushunchasining to‘liq ma’nosi vujudga keldi. Rim huquqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan institut- siyalar va digestlarda «majburiyat» deganda, kreditor va qarzdor o‘rtasidagi huquqiy aloqalar tushunilib, unga asosan bir shaxs qarzdor ikkinchi shaxs kreditor foydasiga muayyan harakatlarni qilish, biror bir ekvivalentni berish yoki undan foydalanish imko- niyatini yaratib berishga aytilgan. Dastlab XI I jadval qonunlarida ta’kidlangan «huquqiy aloqalar» tushunchasi keyinchalik «jismoniy aloqalar» iborasi bilan ham boyitilgan. Rim huquqshunoslari majburiyat tushunchasini aniqlashda, majburiyat bu shaxslar o‘rtasidagi huquqiy aloqalardan iboratdir, deb tan olib, unga asosan davlatimiz qonunlariga binoan, biror-bir harakatlarni bajarishimiz
majburiydir, degan tushunchadan ham kelib chiqqanlar.
O‘zining huquqiy merosi va asarlari bilan jahonda mashhur bo‘lgan huquqshunos Pavel majburiyatning mohiyatini quyidagicha


ta’riflaydi: majburiyatning mohiyati biror-bir ashyoni (predmetni) jismoniy narsaga yoki servitutlarga aylantirish bilan bog‘ liq emas, balki shu munosabat asosida boshqa shaxsni huquqiy asosda bog‘lab uni bizga biror-bir narsani (predmetni) berishi yoki harakat qilishi, taqdim etishi va imkoniyat yaratib berishiga tushunilgan. Bu ifodani quyidagicha ta’riflash mumkin bo‘lgan: ya’ni, birinchi harakati biror-bir narsani «berish» deganda, mulkni, ashyoni yoki majburiyatda ko‘rsatilgan predmetni (obyektni) majburiyat subyektiga o‘tkazishiga tushunilgan va bu qoida majburiy hisoblangan. Ikkinchi harakati «qilish» deb tushunilib, bu so‘zning ma’nosi
«ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ekvivalentni olib kelib berish yoki pullarni to‘lash» kabi munosabatlarni qamrab olgan. Uchinchi harakati «imkoniyat yaratib berish» yoki «taqdim etish» ifodasi bo‘ lib, majburiyatda qatnashuvchi shaxsning muayyan harakatni sodir etishdan to‘xtab turish yoki moddiy baza bilan ta’minlash kabi harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirish uchun biror ashyoni taqdim etishdir.
Albatta, bu tushunchalar Rim davlatining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi bilan doimiy ravishda o‘zgarib, mazmunan to‘ ldirilib, takomillashib borgan. Keyinchalik esa, Rim huquqshunoslari majburiyat huquqiy munosabatlari bir tomondan «talab qilish huquqiga» ega bo‘lgan shaxsning harakati, ikkinchi tomondan esa uni «bajarish» majburiyati yotganligini e’tirof etganlar va shunga qarab majburiyat munosabatlarida qatnashuvchi va uni amalga oshiruvchi shaxslarni «qarzdor» va «kreditor» deb ataganlar. Ular majburiyat tushunchasini har tomonlama talqin qilib, shu muno- sabatda qatnashuvchi subyektlarning bir-biri bilan bog‘liqligini hatto avval «ozod, mustaqil» bo‘ lib yurgan shaxsning majburiyatga kirishganidan keyin, uning bo‘yniga zanjir bog‘langanligini bildirib, endi uning «ozod va mustaqil holatda yurishiga yo‘l qo‘yilmaydi» degan ifodani yoki tushunchani ham ishlatganlar.
«Talab qilish huquqi» bu qat’ iy shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘pincha ishonchga asoslangan harakatlarni o‘z ichiga olgan, chunki «kredo» so‘zining o‘zi ham «ishonaman» degan ma’noni anglatgan. Rim huquqshunoslari majburiyat tushunchasini ifodalar ekan, ular «qayerda kreditor va qarzdor bo‘lmasa, hech qanday majburiyatning bo‘ lishi mumkin emas» degan xulosaga kelganlar.


Qadimgi rim huquqi majburiyatni doimo kreditor va qarzdor bilan bog‘ lab, ular o‘rtasidagi mavjud huquqiy munosabatlarni ashyoviy va shaxsiy da’volar asosida o‘rganganlar. Bu bo‘linishlar, ya’ni ashyoga bo‘lgan huquq va talab qilish huquqi doimo ashyoviy huquqiy hamda majburiyat huquqiy normalari bilan tartibga solinib, ashyoviy da’volarga hamda shaxsiy da’volarga bo‘ lingan. Ashyoviy da’volar deganda, mutloq munosabatlar e’tiborga olinib, ularni mulk huquqining subyektiga taalluqli bo‘ lgan ashyoning yoki servitutning boshqa shaxslarga o‘tib ketganligini talab qilib olish uchun berilgan da’vo deb tushunilgan. Bu da’voning predmeti ashyoviy huquqlardan, obyektlardan iborat bo‘ lgan.
Shaxsiy da’volar nisbiy munosabatlar bo‘ lib, mulk huquqi- ning egasi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, ikkinchi tomondan majburiyatni bajarish uchun muayyan harakatni amalga oshirishni yoki biror bir ekvivalentni berishni (o‘tkazishni) talab qiladigan munosabatlarga tushunilgan va bu da’vo faqat qarzdorga qo‘llanilgan.
Mashhur huquqshunos Pavel majburiyatlarni tahlil qilishi natijasida, u majburiyatning mazmunini to‘ liq asosda yoritib berishga muvaffaq bo‘lgan. Majburiyat tushunchasining mazmunini aniqlashda qarzdor tomonidan «bermoq», «qilmoq», «taqdim etmoq» kabi harakatlarning amalga oshirilishi majburiy bo‘ lgan. Mana shu uch tushuncha yoki elementlar majburiyat tushuncha- sining mazmunini ochib bergan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling