Akademiy a isxakov
-§. M ajburiyat munosabatlarining vujudga kelish asoslari
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
3-§. M ajburiyat munosabatlarining vujudga kelish asoslariQadimgi Rim davlatining qonunlarida majburiyat huquqining rivojlanishiga muhim e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, tovar-pul muno- sabatlarining yanada taraqqiy etishi natijasida majburiyatlar o‘zining avvalgi rasmiyatchiligini yo‘qotib, bir tomonlamalikdan ikki tomonlamalikka aylangan, unda ishtirok etuvchi subyektlar ham huquqqa, ham majburiyatga ega bo‘ lganlar. Rim fuqarolik huquqi majburiyatlarning vujudga kelish asos- larini ikki qismga bo‘ lganlar. Ayniqsa, huquqshunos Gay majburiyatlarni shartnomalar asosida vujudga kelishini, hamda deli ktlardan (huquqni buzishdan) kelib chiqadigan majburiyatlarga bo‘ lgan. Majburiyatlarni keltirib chiqaradigan muhim huquqiy asoslar- dan biri shartnoma hisoblangan. Ayniqsa, shartnomalar instituti- ning rivojlanishi va takomillashishiga Rim davlatining sinfiy davrida katta e’tibor qarati lgan. Shartnomalar fuqarolik huquqining marka- ziy institutlaridan biri bo‘lib, ular doimo da’volar orqali himoya qilingan, lekin Rim huquqshunoslari majburiyatlarni boshqa asoslardan kelib chiqishini ham isbotlab berganlar. Masalan, kvazikontrakt va kvazideliktlar asosida, ya’ni shartnomalarga o‘xshash hamda majburiyatlarni buzishga o‘xshash asosda vujudga kelganligini ham tushunib yetganlar. Deliktlar asosan huquqni buzish, mulkka zarar yetkazish yoki qonun tomonidan man etilgan munosabatlarni amalga oshirish asosida kelib chiqqan. Deliktlar haqida qadimgi rim huquqining dastlabki rivojlanish davrlarida ham tasavvur mavjud bo‘ lib, ular majburiyatlar bajarilmagan taqdirda jarimalar solish va undirish, umuman fuqarolik huquqiy javobgarliklarning mavjud ekanligini e’ tirof etib, o‘sha normalarni, qoidalarni majburiyat huquqiy munosabatlariga qo‘ llaganlar. Ulardan tashqari, shartnomalar va deliktlarning bir-biridan yana bir farqi shartnomalar asosida kelib chiqadigan majburiyatlarning meros tariqasida merosxo‘rlarga o‘tkazilishi, deliktlar asosida vujudga kelgan majburiyatlar esa bunday vakolatga ega bo‘ lmaganliklarini qayd qilganlar. Rim huquqshunoslari majburiyat huquqiy munosabatlari shartnomalar hamda deliktlar asosida vujudga kelishidan tashqari, bu munosabatlar shartnoma va delikt bo‘ lmagan taqdirda ham vujudga kelganliklarini tushunib yetganlar. Ularni yuridik faktlar, paktlar, harakat va hodisalar natijasida ham kelib chiqishini tasavvur qilganlar. Hatto huquqshunos Gay majburiyatlarni vujudga keltiruvchi asoslarni turlarga bo‘ lishdan voz kechgan. Lekin Yustinian digestlariga muvofiq Gay majburiyatlarning vujudga kelishini quyidagi to‘rt asosga bo‘lgan: kontraktlar asosida — (ex contractu); deliktlar asosida, — (ex delicto); kontraktlarga o‘xshash asosda — (qvasi ex contractu); deliktlarga o‘xshash asosda — (qvasi ex delicto). Mashhur huquqshunos Yustinian kodifikatsiyasining asos- chilaridan biri — professor Teofil VI asrga kelib, to‘rtta asosda majburiyat huquqiy munosabatlarining vujudga kelishini isbotlab berdi va bu asoslar birinchi marotaba Napoleon fuqarolik kodeksida (1804) o‘z ifodasini topdi, keyinchalik esa barcha burjua davlatlariga tarqalib, hozirga qadar to‘ liq qo‘ llanilib kelinmoqda. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling