Akademiy a isxakov
-§. Konsensual shartnomalar
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
4-§. Konsensual shartnomalarKonsensual shartnomalar shunday shartnomaki, ular to- monlarning oddiy kelishuvi — konsensus natijasida yuzaga keladi. Bunday shartnomalarga oldi-sotdi, pudrat, mulk ijarasi, shirkat, topshiriq va boshqa shartnomalar kiradi. Oldi-sotdi shartnomasi vositasida bir tomon (sotuvchi) ikkin- chi tomon (xaridor)ga ashyoni taqdim etishi, xaridor esa o‘zi xarid qilgan mol- mulki uchun ma’ lum pul mablag‘ ini to‘ lash majbu- riyatini oladi. Mazkur shartnomaning farqli tomoni shundaki, unda tovar va uning naqd to‘lov narxi aks etadi. Oldi-sotdi shartnomasining predmeti yakka holdagi muoma- ladan olinmagan, imkon qadar jonli narsalar bo‘lgan. Rim huquqi tabiatda hali mavjud bo‘ lmagan (masalan, endigina unib chiqayotgan bug‘doy yoki boshoq) hosilni ham savdoga qo‘yishga ruxsat bergan. Bunday shartnoma ma’lum muddatga kechiktirilib, hosil yig‘ imidan keyin imzolangan. Jonli bo‘ lmagan mahsulotlar ham oldi-sotdi shartnomasining predmeti hisoblangan. Narxlar aniq belgilangan pul miqdorida ifodalangan bo‘ lib, u ashyoning haqiqiy qiymatiga muvofiq bo‘lishi zarur edi. Mazkur shartnomada xuddi ikki tomonlama kelishuvdagidek sotuvchining majburiyatlari ham belgilangan. Sotuvchi ashyoni xaridorning mulki sifatida berishga majbur edi. Bunda ashyo yaroqli holatda bo‘ lishi zarur edi. Qadimgi rim huquqi qonunlar to‘plamiga muvofiq sotuvchi ashyoning kamchiligini bilsa-yu bu haqda aytmasa, u javobgar sanalgan. Shuningdek, sotuvchi xaridorga aslida yo‘q bo‘lgan (aslida mavjud bo‘ lmagan ashyoning sifatiga kafil bo‘ lsa hamda garchi ashyoning kamchiligi bo‘ lsa-da, kamchiligi yo‘q deb ishontirsa) narsani va’da qilsa ham javobgarlikka tortilgan. Kurul ediktlari kiritgan qoidaga muvofiq sotuvchi xaridorga ishga yollash uchun sotilayotgan qulni yoki sotilayotgan chorvaning kamchiligi haqida xabardor qilishi shart bo‘ lgan. Agar ashyoning kamchiligi topilsa, sotuvchi ashyo narxiga ikki barobar haq to‘lashga majbur bo‘lgan. Da’voning ikki xil turi mavjud edi: olti oylik sinov muddati bilan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida; bir yilli k da’vo muddati bilan xarid narxini qisqartirish to‘g‘risida. Vaqt o‘tishi bilan sotuvchi ashyoning oldindan o‘zi bilmagan kamchiliklari uchun javob bergan. Sotuvchi ashyosini sotayotgan paytda xaridorning talabiga muvofiq eviksiya holatida xarid narxining ikki barobari miqdorida to‘lashning stiðulyatsion majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, ashyoni mulkning shaxsiy egasi sotmaydi. Bunday holatda mulk egasi yoki uning vakili xaridorga odatdagi mulkiy da’voni qo‘zg‘ashi mumkin. Shuning uchun qonun xaridorga sotuvchidan eviksiya holatida kafolat talab qilish huquqini bergan. Agar sotuvchi shunday kafolat berishdan bosh tortsa, u xolda haridor bevosita oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha da’vo asosida arz qilishi mumkin bo‘ lgan. Agar shartnoma tuzilayotgan paytda tomonlar boshqa qoidalarga rioya qilmasa ashyoning tasodifiy nobud bo‘lishi uchun javobgarlik mas’uliyati xaridor zimmasiga yuklangan. Rim huquqida yollash shartnomasining uch xil turi mavjud bo‘ lgan: ashyolarni yollash, xizmatga yollash va ishga yollash. Ashyolarni yollash shartnomasi bir tomon (yollangan) zarur ashyolarni ikkinchi (yollovchi) tomonga vaqtinchalik foydalanishga berish, boshqa tomon esa mazkur ashyolardan foydalangani uchun haqini to‘lash va belgilangan muddatda uni qaytarish majburiyatini belgilaydi. Yollangan tomonning majburiyatlari: yakka tartibda belgilangan ashyoni (harakatdagi yoki hara- katsiz) vaqtincha foydalanishga yollovchiga berish; ashyoni to‘la yaroqli holda taqdim etish; zarur hollarda yollovchiga yordam ko‘rsatish; agar yollangan tomonning aybi bilan ashyoda biror kamchilik topilsa, yollovchiga yetkazilgan ziyon boshqa xarajatlar o‘rnini qoplash uchun haqini to‘ lashi (binobarin, yollangan tomon har qanday ayb uchun javobgar hisoblangan); topshirilgan ashyolar uchun soliqlar va boshqa to‘ lovlarni to‘ lash. Agar foydalanish jarayonida ashyo yaroqsiz holga keltirilsa va bunda yollangan tomonning aybi bo‘lmasa, u holda u yollovchining oldida javobgar sanalmagan. Biroq yollangan tomon ashyoning yaroqsiz yotgan vaqti uchun yollovchidan yollanma tovon to‘lashni talab qilishga haqqi bo‘ lmagan. Shuning uchun bunday holatda butun mas’uliyat yollangan tomonning zimmasida bo‘ lgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling