Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet61/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Shirkat shartnomasi. Shirkat shartnomasiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq shaxs xo‘jalik bo‘yicha ma’lum bir maqsadga erishishni ko‘zlab birlashadilar.
Shirkat mohiyatan quyidagi mezonlarga asoslangan: sheriklar ko‘zlagan jamiyatga naf keltiruvchi, qonun doirasidagi aniq maq- sad, umumiy manfaatni ifodalovchi va maqsadga erishishga qaratil- gan doimiy kelishuvlar, mulkiy hamjihatlik, foyda va ziyon ko‘rishda sheriklarning teng ishtiroki.
Mulkiy hamjihatlik e’tiborga molik masaladir. Sheriklar barcha mulkni o‘rtada taqsimlashni belgilashlari mumkin, natijada qo‘shgan ulushlari hamda keyinchalik qo‘ lga kiritgan mulklari ham o‘rtada teng taqsimlangan. Sheriklardan har qaysisi ulush sifatida qo‘shgan mulkiga o‘zining yakka holdagi egalik huquqini saqlagan va o‘z mulkini shirkat ko‘zlagan maqsadga erishish uchun umumiy foydalanishga qo‘shgan. Bunday holatlarda sheriklarning shirkatdan chiqishida qo‘shgan ulushi qaytarilgan. Qo‘shilgan ulushning bir xil miqdorda bo‘ lishi zarur hisoblanmagan.


Sheriklarning har qaysisi pul, mulk yoki o‘zining kasbiy bilimini ulush sifatida qo‘shishi mumkin bo‘lgan. Umumiy qoidaga ko‘ra, qo‘lga kiriti lgan foyda sheriklarning har biriga teng taqsim- langan, yetkazilgan ziyon uchun ham sheriklarning har biri teng javobgar hisoblangan. Lekin, taqsimotning boshqacha shakllari ham mavjud bo‘ lgan. Unda sheriklardan biri tushgan foydadan ko‘proq ulush olib, ko‘rilgan ziyonga kamroq hissa qo‘shgan sharoitlarda ham shartnomalar imzolangan. Biroq, sheriklardan biriga faqat ziyon keltirish, boshqasiga esa foyda keltirish qat’ iyan taqiqlangan.
Ulush sifatida umumiy mulkka qo‘shilgan ashyoning tasodifiy kasodga uchrash xavfi sheriklarning barchasiga daxldor bo‘ lgan. Yakka holdagi ashyolarning yaratilish belgisidan kelib chiqib, umumiy mulkka qo‘shilishi shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kirgan. Ish davomida mulkni yo‘qotish xavfi barcha sheriklar zimmasiga tushgan. Sheriklar umumiy xo‘jalik ishini hamjihatlik bilan olib borishlari zarur edi: umumiy ishga o‘z ishlari va mulk- laridan ham yaxshiroq munosabatda bo‘ lishlari kerak edi.
Sheriklardan har biri u yoki bu ishni bajarganida mustaqil harakat qilgan, pul mablag‘ i, buyumlar va hokazolar olgan. Biroq u olgan narsalarini o‘ziga o‘zlashtirmagan, balki sheriklari bilan yo‘lga qo‘ygan umumiy ishiga qo‘shgan.
Shirkatning har bir a’zosiga boshqa sheriklariga nisbatan da’vo huquqi — action pro social berilgan. Da’vo a’zolardan qay biriga tegishli bo‘lsa, bu uning obro‘sini tushirgan.
Shirkat shartnomasi belgilangan muddatga hamda muddati ko‘rsatilmagan holda ham tuzilishi mumkin bo‘ lgan. Muddati ko‘rsatilmagan shartnoma sheriklardan har biriga hech bir to‘siq- larsiz undan voz kechish huquqini bergan.
Shartnoma quyidagi hollarda tugatilgan:

    • sheriklardan birining shartnoma munosabatlarida qolishdan bosh tortganda;

    • sheriklardan birining huquqqa egalikdan mahrum bo‘lganida yoki vafot etganida:

    • shirkat tarqalib ketganda;

    • shirkat inqirozga uchraganida;

— shirkat tuzilganda belgilangan muddat tugaganda.


Topshiriq berish shartnomasi — bu bir shaxsning (ishonch bildiruvchi — mandans) ikkinchi shaxs (ishonchni oqlovchi — mandatariy)ga topshiriq berishi va u bu topshiriqni beg‘araz bajarishi tushunilgan.
Mazkur shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlash uchun quyi- dagilar talab qilingan:

  • iltimosning qonunga zid emasligi;

  • ishonch bildiruvchining, uchinchi shaxs va hatto topshiriq olgan shaxsning manfaati.

Shartnoma predmeti sifatida yuridik harakatlar (bitim tuzish va h.k.) singari dali liy xarakterga ega bo‘ lgan xizmatlar (tuzatish, masalan, kiyim, poyafzal va h.k.) ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Shartnomaning e’tiborga molik jihati uning beg‘arazligidir. Biroq, ayrim holatlarda topshiriq ba’zi tashvishlar bilan bog‘ liq bo‘ lsa ijrochiga gonorar berilishi kerak bo‘lgan.
Topshiriq olgan shaxsning majburiyatlari berilgan topshiriqni aniq va hech bir o‘zgartirishlarsiz bajarishdan iborat edi. Mandatariy topshiriqni bajara olmay qoladigan holatlarda u topshiriq beruvchiga bu haqda xabar qilishi zarur edi. Aks holda u topshiriq beruvchining oldida yetkazgan ziyoni uchun javobgar sanalar edi. Topshiriq olgan shaxs topshiriqni bajarish maqsadida jalb etilgan uchinchi shaxs uchun ham javobgar bo‘ lgan.
Topshiriq olgan shaxs topshiriqni bajarish paytida yetkazgan ziyonni, shu jumladan, uning harakatida yo‘l qo‘yilgan har qanday ayb va xato uchun topshiriq beruvchi oldida javobgar sanalgan. Topshiriqni ijro etish paytida topshiriqni bajaruvchi shaxs bajarilgan ishning barchasini topshiriq beruvchi shaxsga topshirishi zarur edi. Bular jumlasiga topshiriq beruvchining qazdorlaridan undirib olingan, tasodifan uning uchun kelib tushgan mevalar, hujjatlar va boshqalar kiradi.
Topshiriq beruvchining topshiriqni bajaruvchi oldidagi majbu- riyatlari topshiriqni bajarish paytida yuzaga kelgan taqchillik va ziyonlar o‘rnini to‘latishdan iborat. Shuningdek, topshiriq beruv- chining o‘z aybi bilan yetkazilgan ziyonning o‘rnini ham topshi- riqni bajaruvchi to‘ latishi kerak bo‘ lgan. Biroq, topshiriq ijrosi paytida yuzaga kelgan tasodifiy ziyon yo‘l-yo‘lakay to‘latib borilgan.

Shartnoma quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin:



    • topshiriq beruvchi (topshiriqni bajaruvchi topshiriqni bajarib bo‘ lgan bo‘ lsa) ijroni qabul qilish yo‘ li bilan va topshiriqni bajaruvchi bilan hisob-kitob qilib bo‘ lgach;

    • topshiriqni bajaruvchi tomonidan (agar topshiriqni baja- ruvchi topshiriq beruvchiga) noqulay bo‘ lgan paytda, bevaqt shartnoma ijrosidan bosh tortsa;

    • topshiriqni bajaruvchi hech bir ogohlantirishsiz topshiriq beruvchini nochor ahvolda qoldirib unga ziyon yetkazsa;

    • topshiriqni bajaruvchi topshiriq beruvchiga yetkazgan ziyonni qoplaganida;

    • tomonlardan biri vafot etsa.




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling