Akademiy a isxakov


-§. Huquqni buzish va unga o‘xshash asosda kelib chiqadigan majburiyatlar


Download 1.65 Mb.
bet64/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

7-§. Huquqni buzish va unga o‘xshash asosda kelib chiqadigan majburiyatlar


Majburiyatlarning vujudga kelishida muhim o‘rinlardan birini egallaydigan asoslaridan biri deliktlardir. Deliktlar huquqni buzish yoki noqonuniy harakatlarni keltirib chiqaruvchi munosabatlar hisoblanadi.
Rim huquqi huquqiy oqibatlarni kelti rib chiqaruvchi huquqni buzish asosidagi majburiyatlarni quyidagi ikki qismga bo‘ lgan: ommaviy deliktlar va xususiy deliktlar.
Ommaviy asosdagi deliktlar davlat manfaatlariga qarshi qara- tilgan, badanga og‘ ir shikast yetkazish, o‘ lim jazosi bilan bog‘ liq yoki davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘ lgan muhim va katta xajmdagi mulkiy huquqbuzarliklardan kelib chiqqan. Bunday tartibdagi ishlar alohida jinoyat ishlarini hal qiluvchi sudlarga taalluqli hisoblanib, ular alohida sud ishlarini ko‘ruvchi jarayon bilan tartibga solingan. Xususiy asosdagi deliktlar esa xususiy shaxslarning manfaati bilan bog‘ langan bo‘ lib, xususiy da’volar orqali amalga oshirilgan va da’volarning o‘zi ham xususiy shaxslarga qaratilgan. Ko‘proq bu munosabatlar mulkiy jarimalarni o‘z ichiga olgan bo‘ lib, jabrlanuvchining foydasiga undirilgan. Qadimgi rim huquqining dastlabki rivojlanish bosqichlarida hatto badanga shikast yetkazish (ya’ni, jinoiy harakat va jinoiy jazo bilan bog‘ liq hara- katlar) ham xususiy deliktlar orqali tartibga solingan. Qadimgi Rim jamiyatida shaxslarga yetkazilgan zarar uchun jabrlanuvchi, uning ota- onalari, qavm-qarindoshlari bilan birgalikda zarar yetkazuvchidan o‘ch olishgan.

Rim davlatining taraqqiy etishi hamda huquqiy munosabat- larning yanada takomillashuvi natijasida avvalgi xususiy o‘ch olish instituti o‘zining samarasini bermay qoldi. Uning o‘rnida jabrla- nuvchi va javobgar shaxslarning o‘zaro kelishishi asosida pul jarimasi yoki jabrlanuvchiga yetkazgan zararning hajmiga qarab moddiy ta’minot prinsiði ko‘llanila boshlandi.


Rim huquqining takomillashib borishi natijasida xususiy huquqbuzarli kning o‘ziga xos elementlari yoki asosiy komponent- lari vujudga keldi. Eng asosiy elementlaridan biri, bir shaxsning ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning obyektiv mavjudligi, ikkinchi elementi esa shaxsning zarar yetkazishdagi aybining ochiq-oydin va yaqqol ko‘rinib turishi (qasddan qilingan aybli yoki ehtiyotsizlik asosida vujudga kelgan aybli), hamma obyektiv tomondan harakatning huquqni buzuvchi harakat deb tan olinishi kiritilgan. Xususiy deliktlarning asosiy turlaridan biri injura deb atalib, huquq va qonunlarga zid, qarama-qarshi harakatlarning sodir etilishi tushunilgan.

  1. jadval qonunlarida ham shaxsiy kamsitish, xafa qilish yoki insonning nafsoniyatiga tegish, ayniqsa badanga og‘ ir shikast yetkazish (masalan, oyoqni, qo‘lni sindirish, ko‘r qilib qo‘yish) kabi xususiy huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan majburiyat huquqiy normalari ko‘rsatilgan. Eng og‘ ir bo‘lgan huquqbuzarli k

— insonning tana a’zolariga zarar yetkazish hisoblanib, ko‘pincha talion prinsiði «oka za oka, zub za zub» (jonga jon, qonga qon tushunchasiga o‘xshash) qo‘llanilgan.
Qullarga yetkazilgan zarar uchun 150 ass (pul birligi), ozod bo‘lgan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun esa 300 ass to‘latilgan. Pretorlik huquqi jismoniy daxlsizlikni butunlay shaxsning shaxsiy huquqlariga, oilaviy, or-nomus, sha’n, qadr-qimmatiga qarati- lishini hamda keyinchalik esa uy-joyga zo‘rlik asosida kirib olishlar natijasida kelib chiqadigan majburiyatlar uchun ham javobgarlikni kuchayti rishga katta e’tibor qaratadi.
Xususiy deli ktlarning yana bir turi furtum (o‘g‘ irlik) deb atalib, u mulk huquqi subyektining erkiga qarama-qarshi harakatni sodir etib, o‘zi uchun mulkiy manfaatni paydo qil ishga qaratilgan harakatdir. Rim huquqi hatto qulning o‘z xo‘jayinidan qochib

ketishini ham o‘zini o‘zi xo‘jayinidan o‘g‘irladi, deb «o‘g‘ri» sifatida baholaganlar.


XII jadval qonunlariga asosan o‘g‘irlik qilgan shaxs o‘g‘ irlagan mulkining ikki barobari asosida jarima to‘ lashga majbur bo‘ lgan. O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda ushlansa, unga tan jazosi berilgan. Agar u ekinlarni (bug‘doy, arpa va boshq.) paymol qilsa va kechasi qo‘lga tushsa uni o‘ldirish mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, aldash va qo‘rqitish orqali mulkni o‘ziga o‘tkazib olish, firibgarlik kabi harakatlar ham xususiy deliktlarni keltirib chiqargan. Majburiyatlarni buzishga o‘xshash asosda majburiyatlarning vujudga kelish asoslaridan to‘rtinchisi bo‘lib, majburiyatlarni buzishga o‘xshash harakatlar hisoblanadi. Ma- salan, sudyaning fuqarolik protsessini o‘tkazish uchun kelmay qolishi natijasida jabrlanuvchi qancha zarar ko‘rishi mumkinligi hisobga olinib, to‘liq asosda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar bo‘yicha sudya javobgar hisoblanadi.
Bu huquqlar pretorlar da’volari hamda populyar da’volar asosida himoya qilingan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling