Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet66/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI


IX bob




VORISLIK H UQUQI


1-§. Vorislik huquqi va uning turlari.
2-§. XI I jadval qonuni bo‘yicha vorislik. 3-§. Pretorlar huquqi bo‘yicha vorislik.
4-§. Yustinian qonunlari bo‘yicha vorislik. 5-§. Legatlar va fideikomisslar
6-§. Merosni ochish va qabul qilish. Merosxo‘rlarning huquq- larini himoya qilish.


1-§. Vorislik huquqi va uning turlari




Vorislik huquqiy munosabatlari eng murakkab institutlardan biri bo‘lib, u meros qoldiruvchining o‘limidan keyin vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir. Vorislik munosabatlari Rim quldorlik davlatining dastlabki paytlarida ham ma’ lum bo‘ lgan. Vorislik ham xuddi mulk kabi sinflarning, davlat va huquqning vujudga kelishidan avval vujudga kelgan bo‘lsa ham, tom ma’nodagi vorislik huquqi jamiyatning sinflarga bo‘linishi, davlatning vujudga kelishi bilan iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning erki, irodasi va manfaatini ko‘zlagan holda paydo bo‘ldi.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida vorislik deb, vafot etgan shaxs (meros qoldiruvchi)ning o‘ziga tegishli bo‘lgan mol- mulkining fuqarolik qonunlariga, yoki odat normalariga asoslangan holda bir yoki bir nechta shaxslarga yani, merosxo‘rlarga o‘tkazilishiga aytilgan. Rim davlatida har bir fuqaro o‘ziga tegishli bo‘ lgan xususiy mulkning taqdirini vafot etganidan so‘ng hal qiluvchi farmoyishni o‘zi ti rikligida (dastlabki paytda og‘zaki, keyinchalik esa yozma asosda) odat normalariga va qonunlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirganlar.
Vorislik munosabatlari dastlab XII jadval qonunida ko‘rsatilib, bu qonunlarga asosan vorislik munosabatlari ikki qismga bo‘lingan:



  1. qonun bo‘yicha vorislik — successio legitima;

  2. vasiyat bo‘yicha vorislik — successio testamentaria.

Rim quldorlik davlatidan oldin vujudga kelgan vorislik huquqini qabul qilish munosabatlari vasiyatnomasiz amalga oshirilgan bo‘lsa, bu munosabatlar qonun bo‘yicha vorislik deb atalib, uning huquqiy rejimi qonun bo‘yicha vorislik asosida hamda ko‘proq XI I jadval qonunlari bilan tartibga solingan.
XI I jadval qonunlariga asosan, meros qoldiruvchi shaxs vafot etishidan oldin vasiyatnoma qoldirmagan bo‘lsa, uning birinchi meros oluvchisi agnatlar bo‘lib, uning katta o‘g‘li hisoblangan. Barcha mulk meros massasi aka- ukalarga, opa- singillarga, o‘ limidan keyin tug‘ ilgan farzandiga, umuman agnatlar oilasiga o‘tkazilgan.
Qadimgi Rim huquqiy munosabatlarida vorislik huquqi o‘z xarakterli xususiyatlariga ega bo‘lgan:

  • merosni qabul qilgan aka-ukalar va agnat qavm-qarin- doshlari o‘zlarining qullariga ozodlik huquqlarini berish vakolatlariga ham ega bo‘lganlar;

  • merosni qabul qiluvchilar vafot etgan shaxsning barcha qarzlarini ham qabul qilganlar, hamda o‘zaro bu majburiyatlarni bajarishni bo‘ lib olganlar.

Vorislik huquqiy munosabatlari o‘z xarakterli xususiyatlariga ko‘ra sivil vorislikka hamda pretorlik huquqlari bo‘yicha vorislikka bo‘lingan. Eng ko‘p qo‘llaniladigan vorislik bu fuqarolik vorisligidir. Fuqarolik vorislik deb, vafot etayotgan shaxs tomonidan xalq ko‘p yig‘ iladigan forumlarda, kuriat komitsiyalarida (ya’ni, mahalliy hokimiyat oldida), urush vaqtlarida esa saf tortib turgan qo‘shinlar oldida kimga meros qoldirishni og‘zaki ravishda vasiyat qilganlar. Bu munosabatni hatto V—VI asrlarda imperator Yustinian ham qo‘ llab-quvvatlagan.
Bundan tashqari, pretorlar hamda imperator oldida tayyor- langan vasiyatnomalar ham bo‘ lgan, lekin bu vasiyatnomalarni yetti ta guvoh hamda pretor yoki imperator tasdiqlashi lozim bo‘lgan, ayniqsa kimga meros qoldirilayotganligini meros qoldiruvchi o‘z qo‘li bilan yozishi shart edi. Bu esa qoldirilgan, ya’ni tuzilgan vasiyatnomaning haqiqiyligini isbotlab bera olish layoqatini keltirib chiqargan.


Vasiyatnomani tuzishda guvohlar sifatida xotin-qizlar, voyaga yetmagan shaxslar, jinoyatchi shaxslarning bolalari, karlar, ko‘rlar, jismoniy va ruhiy tomondan zaif shaxslar hamda vasiylikda bo‘lgan fuqarolar hisobga olinmagan. Rim huquqi tomonidan ishlab chiqilgan vorislik huquqiy munosabatlari barcha davlatlar, xalqlar, ayniqsa, feodalizm va burjua jamiyatlari tomonidan to‘ liq qabul qilindi, hatto hozirgi zamon qonunchiligi universal huquqni qabul qiluvchi, ya’ni barcha qoldirilgan meros massasi bilan meros qoldirgan shaxsning qarzlarini, majburiyatlarini ham to‘ liq qabul qilishni va bajarish mas’uliyatini olish orqali meros qoldiruvchining huquqlari davom ettirilayotganligini bildiradi.
Rim huquqi universal huquqni qabul qilish bilan birgalikda singulyar huquqni qabul qilish institutini ham ishlab chiqdi. Bunga asosan, meros qoldiruvchining yakka iltimoslari va buyruqlarini bajarish uchun merosning ma ’ lum qismi ni qabul qi l i sh tushunilgan. Bu huquqni qabul qilish barcha qoldirilgan meros massasi bilan bog‘ liq emasligini yoki, uning qarz va boshqa majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olmasligini bildirgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida meros deganda, vafot etgan shaxsning hayot vaqtida o‘z mol- mulkini bir yoki bir nechta shaxslarga bo‘ lib berish uchun farmoyish berishiga aytilgan.
Buning ma’nosi — merosxo‘r (merosxo‘rlar) biror-bir hara- kat, ruxsat yoki hujjat (vasiyatnoma) asosida meros qoldiruvchi- ning butun mol- mulkiga bir necha merosxo‘r bo‘lgan taqdirda ham, avvalo mol- mulkning hammasiga egalik qilishga tushunilgan. Demak, merosxo‘rga barcha mulk o‘tishi bilan, marhumning qarzlari va majburiyatlari ham o‘tgan. Biz yuqorida ta’kidlagani- mizdek, bu huquqni qabul qilish universal huquqni qabul qilish deb atalgan.
Merosni to‘ liq asosda qabul qilmaslik yoki merosni qabul qilishdan voz kechishda legatlar yoki fideokomisslar ham mavjud bo‘ lib, ularni singulyar asosda huquqni qabul qilish deb atalgan. Rim quldorlik davlatida (testamentum) testamentum meros qoldirish juda ko‘p hollarda vasiyatnoma orqali amalga oshirilgan. Rim davlatida vasiyatnoma deb meros qoldiruvchi tomonidan ixtiyoriy, erkin asosda o‘z mulkini bo‘ lib berish hamda meros-


xo‘rning tayinlanishiga ayti lgan. Sinfiy huquq bo‘yicha bunday tayinlanish orqali amalga oshirilgan, hamda dastlabki paytlarda vasiyatnomani tuzish majburiy bo‘lgan. Vasiyatnomada ko‘rsatilgan meros oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘ lib hisoblansa, unga vasiy tayinlangan. Vasiylikdan tashqari homiylik instituti ham mavjud bo‘ lgan.
Homiylik deb, ruhiy yoki jismoniy tomondan zaif shaxslarni hamda o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarning huquqiy oqibatini to‘ liq tushuna olmaydigan jismoniy shaxslar ustidan belgilanadigan yoki homiylikda bo‘ lgan shaxsning barcha huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun belgilangan shaxsga tushunilgan. Vasiy va homiylar faqat o‘z vasiyligida yoki homiyligida bo‘ lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilganlar.
Vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo‘ lib hisoblanadi, chunki unda meros qoldiruvchining erki ifodalanadi xolos, ya’ni vasiyat qi luvchining erkiga binoan huquq va burchlar belgilanadi. Vasiyatnoma meros qoldiruvchining oxirgi o‘z erkini izhor qiluvchi hujjatdir. Vasiyatnomaning bir tomonlamaligining xarakteri shundaki, uni vasiyat qoldiruvchi istagan vaqtda o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqlariga ega bo‘ lgan. Hatto oldingi tuzgan vasiyatnoma o‘rniga yangisini tuzib, oldingisining kuchini yo‘qotishi mumkin edi. Vasiyatnomani tuzish uchun maxsus layoqat talab etilgan. Vasiyatnomani tuzish layoqatiga muomalaga layoqatsiz shaxslar ega emas edilar. Vasiyatnomaning shakli uzoq vaqt davomida asta-sekin soddalashtirilib kelingan, lekin shunda ham Yustinian kodeksida ko‘rsatilganidek, baribir bu masalani hal qilish nihoyatda murakkab bo‘ lgan. Unga ko‘ra, vasiyatnomani tuzish paytida 7 ta guvohning qatnashishi talab etilgan, lekin dastlabki paytlarda yozma shakl majburiy hisoblanmagan. Xususiy asosda vasiyatnomalarni tuzish bilan bir qatorda oilaviy asosda vasiyatnomalarni tuzishga ham ruxsat etilgan, ya’ni bunda davlat organlari qatnashgan. Sudning bayonnomasi yoki munitsiðal magistratning bayonnomasiga kiritish (vasiyatnoma qoldiruvchining roziligi bilan) hamda vasiyatnomani imperator devonxonasiga saqlashga topshirish orqali ham amalga oshirilgan.
Vasiyat qoldiruvchi tomonidan aniq «Persona certa» tayinla- nishi kerak bo‘lgan. Ayniqsa, merosni qabul qiluvchi shaxsni meros


qoldiruvchining o‘zi yozma ravishda ko‘rsatishi shart bo‘ lgan. Har qanday holatlarda ham tayinlanayotgan vorislar, eng avvalo, voris (yoki merosxo‘r) sifatida tayinlanish layoqatiga ega bo‘lishi lozim edi.
Imperator Avgustning « N ikohsizlik va bolasizlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 25—60 yoshdagi bo‘ydoq erkaklar va 25—50 yoshdagi turmushga chiqmagan ayollar merosni faqat yaqin qarindoshlari orqali olishlari mumkin edi. Agarda ular meros ochilganidan keyin 100 kun ichida turmushga chiqqan yoki uylangan bo‘ lsalar merosxo‘ r bo‘ l ishlari mumkin bo‘ lgan. Merosxo‘rni tayinlashda bir qancha shartlarni belgilashga ham yo‘l qo‘yilgan. Bu shart suspenziv deb atalgan. Shartnomaning shartlariga asosan, tomonlar shartnoma bo‘yicha ma’ lum yuridik oqibatlarni vujudga kelti rishgan, ya’ni o‘lganimdan keyin yodgorlik qo‘yish mana shu qoldirayotgan mulkim asosida nevaram Maniliyga uy-joy qurib berish yoki doimo mening tug‘ilgan kunimni xoti rlab turish va shunga o‘ xshash shartlar qo‘ yilgan. Agar meros qoldiruvchi vasiyatni suspenziv shart bilan tuzgan bo‘ lsa, bunday holatda meros qoldiruvchining o‘li mi bilan emas, balki shu shartning vujudga kelishi bilan ochilgan. Merosxo‘rni tayinlashda modus usulida, ya’ni bajarilishi mumkin bo‘ lgan shartni ishlatish lozim hisoblangan. Masalan, ayol agarda o‘g‘ il tug‘sa, unga katta to‘y qilib berasiz, degan shartni qo‘yishi mumkin bo‘ lmagan. Chunki u o‘g‘ il tug‘masdan qiz bolani tug‘ ishi ham mumkin. Merosxo‘rni tayinlashda muddatni suspenziv shartning vujudga kelishi bilan ham bog‘lagan. Ya’ni, merosxo‘r tayinlangan, ammo u merosni qabul qilishdan voz kechsa, uning o‘rniga ikkinchisi, bo‘lajak voris tayinlangan. Buning mazmuni shundan iboratki, agarda birinchi o‘rinda tayinlangan merosxo‘r u yoki bu sababga ko‘ra, merosdan voz kechsa, uning o‘rniga albatta qo‘shimcha merosxo‘r tayinlangan. Merosxo‘rga modus yuklati lgan. Modus bo‘yicha u merosga egalik qilishdan oldin, barcha qo‘yilgan shartlarni bajarishi majburiy bo‘ lgan, hatto modus bajarilmasa, ma’muriy tartibda majburan javobgarlikka tortilgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatining dastlabki paytlarida vasiyat qoldiruvchi cheklanmagan huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, u o‘z


mulkini xohlaganicha o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etgan. Bu qoida XI I jadval qonunida ham o‘z tasdig‘ ini topgan. Ammo patriarxal tizimning inqirozga uchrashi oqibatida bir tomondan odamlarning nihoyatda soddaligi va qat’ iyligining yo‘qotilishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan vasiyat qoldiruvchining meros qoldiruvchida cheklanmagan erkinliklarga ega bo‘lishi natijasida mol-mulk mutloqo begona tasodifiy shaxslarga o‘tib ketishiga yoki uning yaqin qarindoshlariga hech narsa tegmasligiga yo‘ l qo‘yilmasligini ta’minlash lozimligiga olib kelgan. Shuning uchun keyinchalik cheklanmagan huquq va erkinliklar asta-sekin cheklana boshladi va qonuniy vorislik munosabatlari vujudga keldi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling