Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet58/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

2-§. Literal shartnomalar


Literal shartnomalar — shartnoma tuzishda vujudga kelgan va verbal shartnomalardan farqli ravishda faqat yozma shaklni talab qiluvchi kelishuv.
Respublika tugatilayotgan davrda li teral shartnomaning ilk shakllaridan biri kirim-chiqimni jurnalga qayd etish vujudga keldi. Bu shakl qandaydir yangi, ilk bora vujudga kelgan majburiyat emas edi. Bu majburiyat avval mavjud bo‘lgan boshqa asosdagi majburiyatni mazmunan almashtirgan (masalan, xarid asosidagi qarzdorlikni). Agar qarzdorga berilgan pulning miqdori kreditor va qarzdorning kitobiga qayd etilgan bo‘lsa, bunday holatda literal shartnoma tuzish o‘rinlidir. Imperiya davrida (taxminan I I I asrlarda) mazkur shakl o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Kirim-chiqimni kitobga qayd etish o‘rniga qarzdorlik hujjatlari — singraflar va xirograflar vujudga keldi.
Singraflar yozma majburiyat ko‘rinishidagi qarzdorlik tilxati bo‘lib, u foizga qarz olish zamirida vujudga keldi. Singraflar uchinchi shaxs tomonidan quyidagicha bayon qilingan: «Titsiy Leyga 100 sestersiy1 qarz». Bunday qarzdorli k ti lxatlari guvohlar ishtirokida tuzilib, qarzdorlar tomonidan imzolangan.
Xirograflar imperiya davrida singraflar o‘rniga vujudga kelgan yozma ravishdagi qarzdorlik majburiyati. Xirograflar guvohlar imzosini talab qilmagan va birinchi shaxs tomonidan quyidagicha tuzilgan: « Men, Tit Leydan 100 sestersiy qarzman».


3-§. Real shartnomalar


Real shartnomalar asosan mahsulot oldi-sotdisi jarayonida vujudga kelgan bo‘ lib, ularga qarz, ssuda, omonat saqlash hamda garov shartnomalari kiradi. Qarz shartnomasiga muvofiq bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonga pul mablag‘ i yoki belgilangan xususiyatidan kelib chiqib boshqa mahsulotni bergan, qarz oluvchi esa shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagach shartnomada belgilangan miqdordagi pul mablag‘ i yoki olingan mahsulotga o‘xshash boshqa mahsulotni shu miqdorda to‘lagan.


1 Izoh: sestertsiy — o‘sha davrdagi Rim pul birligi.

Qarz shartnomasining xarakterli jihatlari quyidagilardan iborat bo‘ lgan:


birinchidan, qarz — real shartnoma bo‘ lib, tomonlarning o‘zaro kelishuvidan so‘ng mahsulot ayirboshlanayotgan paytdan boshlab huquqiy kuchga ega bo‘lgan;
ikkinchidan, miqdor, vazn va o‘lchov jihatdan bir xil xusu- siyatga ega mahsulotlar qarzga berilgan;
uchinchidan, qarz beruvchi mahsulotni qarz oluvchining shaxsiy ixtiyoriga, keyinchalik undan erkin foydalanishi uchun bergan;
to‘rtinchidan, shartnoma muddati tugagach, qarz oluvchi shu miqdordagi bir xil xususiyatga ega mahsulotni qaytarishi zarur bo‘lgan. Olingan qarzni qaytarish muddati shartnomada (shartnomadagi muddat aniq sana bilan ko‘rsatilgan yoki qarz beruvchining talabiga ko ‘ ra) belgi - langan. Qarzga olingan mablag ‘ uchun foiz belgilanmagan. Biroq, amalda foizlar belgilangan alohida verbal yoki stiðulyatsion shartnomalar tuzilgan. Belgilangan foizlar miqdori turlicha bo‘lgan. Foizning eng ko‘p miqdori sinfiy davrda bir oyda bir foizni, Yustinian davrida esa bir yilda olti foizni tashkil etgan. Foiz ustiga foiz qo‘shish taqiqlangan. Mazkur shartnoma bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi o‘tkazilgach, mahsulotning holatiga javobgarlik qarz oluvchining zimmasiga yuklangan. Odatda, qarz oluvchi qarzni undirayotganida tilxat yozib kreditorga bergan, ba’zan qarzga olingan mahsulotini qaytarguniga qadar bergan. Ko‘pincha bu shunga olib kelganki, qarz beruvchi shartnomada belgilangan mahsulotni bermagan, biroq uning o‘rniga mahsulot yoki pul to‘ lashni qarz oluvchidan talab qilgan. Shu kabi dalillar ommaviy tus olganda, bunday mas’uliyatsiz kreditorga qarshi qarzdor pretordan yordam olish huquqini qo‘lga kiritdi. Bunda jabrdiyda qarzdor birinchi bo‘lib mas’uliyatsiz kreditorga qarshi da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘ldi. Agar kreditor pul berdim deb aslida esa bermagan pulini qarzdordan da’vo qilsa, javobgarga inkor etish (exeptio doli) huquqi berilgan, bu esa o‘ta og‘ ir mas’u-
liyatsizlikda ayblash deb sanalgan.
Ssuda shartnomasiga muvofiq bir tomon (ssuda beruvchi) ning ikkinchi tomon (ssuda oluvchi)ga belgilangan ashyodan yakka

tartibda vaqtincha beg‘araz foydalanish majburiyatini beradi, ashyodan foydalanib bo‘ lgach ikkinchi tomon ham xuddi o‘sha ashyodan foydalanishi mumkin.


Ssuda shartnomasi xuddi qarz shartnomasi kabi real shartno- madir. Bu shartnomaning majburiyatlari ashyoni ssuda oluvchiga berilgandan so‘ng amalga oshirilgan. Agar qarz shartnomasida o‘zining ma’lum xususiyatga ega ashyolar bilan oldi-berdi qilingan bo‘ lsa, ssuda shartnomasida yakka tartibdagi ashyolar bilan oldi- berdi qilingan. Bu ashyolarni ssuda oluvchi ssuda beruvchiga albatta qaytarishi zarur edi. Agar qarz shartnomasida ashyo xususiy mulk sifatida berilgan bo‘ lsa, ssuda shartnomasida esa predmet beg‘araz foydalanish uchun vaqtincha berilgan shartnomada belgilangan muddat tugagach, ssuda oluvchi ashyoni bus- butun holda qaytarishga majbur bo‘ lgan. Agar qarz shartnomasida bir tomon- ning majburiyatga egaligi ko‘rsatilgan bo‘ lsa (qarz beruvchining hech qanday majburiyati bo‘ lmay, faqat talab qilish huquqiga ega bo‘lgan) ssuda shartnomasida esa bir tomonlama emas, balki unda ssuda beruvchi zimmasidagi u yoki bu majburiyat ko‘rsatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, ssuda oluvchining olgan ashyosi orqasidan ziyon ko‘rishga (masalan, ssuda beruvchi podani zaharlayotgan kasal chorvani yoki davolashga muhtoj bo‘lgan kasalmand qulni bergan hollarda uning ahvolini yaxshilash uchun katta sarf-xarajat qilishi) olib keladi. Biroq, agar ssuda shartnomasida qing‘ irliklar mavjud bo‘ lsa-yu undan ssuda beruvchi bexabar bo‘ lsa, bunday holatda u hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Nihoyat, agar qarz shartnomasida olingan ashyoning tasodifan halokatga yuz tutishida aybdorlikni qarz oluvchining zimmasiga yuklagan bo‘ lsa, ssuda shartnomasida esa aybdorlikni ssuda beruvchi zimmasiga yuklagan. Ayni paytda ssuda shartnomasiga ko‘ra ssuda oluvchining zimmasiga ashyoni ehtiyot qilib saqlashning qat’ iy majburiyati yuklangan. Ashyoga ssuda oluvchi tomonidan hatto arzimas darajada shikast yetkazilgan holda ham u yetkazilgan zarar uchun tovon to‘ lashga majbur bo‘ lgan. Qonun foydalanuvchining ashyodan shikast yetkazmay, ehtiyotkorlik bilan, foydalanishini talab qilgan. Ssuda beruvchi yetkazi lgan ziyon uchun ssuda oluvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan. Ssuda beruvchining

da’vosi action commodati directa, ya’ni ssudadan to‘g‘ridan- to‘g‘ri, asosiy da’vo deb atalgan, ssuda oluvchining da’vosi esa — action commodity contaria (qarama-qarshi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan to‘qnashuv da’vosi) deb atalgan.


Omonat saqlash shartnomasiga muvofiq bir shaxs (saqlovchi, depozitariy) boshqa bir shaxs (yuk topshiruvchi, deponent) dan yakka tartibda yuk qabul qilib olguniga qadar bu yukni beg‘araz saqlab berish majburiyatini oladi va saqlash muddati tugagach, yukni yuk topshirgan shaxsga bus-butun holda qaytaradi.
Bu shartnomaning xususiyatlari quyidagicha:
Birinchidan, bu aniq shartnoma bo‘ lib, yuk topshirilgan zahotiyoq majburiyatlar yuzaga keladi.
Ikkinchidan, shartnoma predmeti yakka tartibda belgilangan ashyo bo‘ lib, saqlash muddati tugagach mazkur ashyo o‘z egasi (deponent)ga qaytarilishi shart.
Uchinchidan, omonat saqlash shartnomasi beg‘araz shartnoma bo‘lib, yukni saqlovchi o‘ziga topshirilgan ashyoni xuddi haqiqiy egasidek avaylab saqlashi lozim. Agar mabodo ehtiyotsizlik oqibatida yuk saqlovchi ashyoga qo‘pollik bilan shikast yetkazsa, unga javobgar hisoblangan. Huquqshunos Gayning e’tirof etishicha, yuk saqlovchi (depozitariy) qanday odam bilan shartnoma tuzayotganini yani, halol, vijdonli insonmi yoki nopok firibgar buni yaxshi tushunishi zarur.
Bu qoida quyidagi ikki holatda istisno qilinishi mumkin:

    1. yuk saqlovchining o‘zi yukni saqlash uchun yordamga muhtoj bo‘lsa (ashyoga shikast yetsa, yo‘qolsa buning uchun javobgar sanalgan);

    2. ashyo oldi-sotdisi favqulodda holatlarda (masalan, yong‘ in paytida) o‘tkazilsa.

Oxirgi holat bo‘yicha yuk saqlovchining mas’uliyati yanada ortib, u ashyoga yetkazilgan shikast uchun yuk topshiruvchi oldida ikki barobar javobgar sanalgan. Ulpian aytganidek, bunday holatda yuk topshiruvchi o‘ziga depozitariy tanlash imkoniyatiga ega bo‘ lmasdan, tavakkal qilishdan o‘zga chorasi qolmagan.
To‘rtinchidan, mazkur shartnomaga muvofiq ashyoni ma’ lum muddatga yoki zarurat tug‘ilsa olinguniga qadar topshirilishi


mumkin bo‘lgan. Nihoyat, ssuda shartnomasi kabi omonat saqlash shartnomasida ham himoyadagi yukni to‘g‘ ridan- to‘g‘ri yuk topshiruvchi action directa da’vosiga ko‘ra qaytarish talabi qo‘yiladi. Agar yuk topshiruvchi topshirayotgan ashyosini shikastlan- ganligini o‘zi bilmagan holda yuk qabul qiluvchiga topshirib unga zarar yetkazsa, bunday holatda yuk qabul qiluvchiga nisbatan yetkazilgan ziyonni qoplash uchun action depositi contraria da’vo qilish huquqi berilgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling