ТАълим вазирлиги тошкент молия институти “ИҚтисодиёт” кафедраси


Download 103.4 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi103.4 Kb.
#168435
Bog'liq
G'aznachilik mustaqil ish



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС

ТАъЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ


ИҚТИСОДИЁТ” КАФЕДРАСИ

G’aznachilik


ФАНИДАН МУСТАКИЛ ИШ


Талаба: Taubaldiev Mirzohidbek Yuldashevich

(ф.и.ш.)
_____________Moliya_______________” факультети,
3”- курс, __MMC 64__ гуруҳи


2020

G’aznachilikda narxlar monitoringi.
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni

kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to‘liq joriy qilishni taqozo etadi.

Ya’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish ishlar

bajarish, xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida taklifni qabul qilib

olganidan so‘ng, shartnomani imzolaydi va G‘aznachilikka

ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi

uchun bu shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab qilinadi. G‘aznachilikda

yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga

oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu narxlar monitoringi orqali

ta’minlanadi. Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar (ishlar,

xizmatlar narxi) muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi.

Muqobil etkazib beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashning turli

usullari mavjud. Masalan, tovar xom-ashyo birjalari, bozorlardan

ma’lumotnomalar, raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish,

ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi

ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin.

Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni

kuchaytirish uch bosqichli moliyaviy nazorat tizimini to‘liq joriy qilishni

taqozo etadi. Moliyaviy nazorat (bosqichlarga ko‘ra):

Dastlabki moliyaviy nazorat

Joriy moliyaviy nazorat

Yakuniy moliyaviy nazorat turlariga bo‘linadi

Moliya tizmida moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar

quyidagilardir:

Dastlabki va joriy nazorat - Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va

gaznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat esa - Moliya vozirligi nazorat-taftishboshkarmasi va

boshka davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 28.02.2007 y. Davlat

byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida NPQ-594 sonli qaroriga asosan davlat byudjetining

g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh qilish,

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet

mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha

darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish

samaradorligini oshirish maqsadida:

byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar

bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan

kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar

smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda

tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni

majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet

tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini



olish;

byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish ko‘zda tutiladi.

Yuqoridagilarga asosan byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to‘g‘risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so‘ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab qilinadi. G‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.

Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidaaxborotni yig‘ish va umumlashtirish tizimidir. Narxlar monitoringiesa ruyxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar vositachilik

xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga muvofiqligini

kuzatishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat byudjetining g‘azna

ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

28.02.2007 y. N PQ-594 sonli Qarori g‘aznachilikda narxlar monitoringini

tashkil etishning asosiy huquqiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Unda ko‘rsatilishicha, byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga capital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart; byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan

foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish,

bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish lozimligi belgilab quyilgan.

Har bir shartnomaga bir nechta (eng kamida 3 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifiilova qilinishi, bunda har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlari) aniq ko‘rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo‘lishi tavsiya etiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab chiqaruvchining o‘zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi

narxlarning orttirib yuborilishini oldini oladi.

G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil etishning yana bir

huquqiy- me’yoriy asosi bo‘lib Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21

noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar,

butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini

o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”hisoblanadi.

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida kapital qurilish bo‘yicha esa O‘zR

VMning «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 03.07.2003 y. N 302-sonli Qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida Nizom” g‘aznachilikda narxlar monitoringini amalga oshirishning huquqiy- me’yoriy asosi bo‘lib hisoblanadi G‘aznachilikda narxlar monitoringini amalga oshirish uchun muqobil etkazib beruvchilar narxlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Buni amalga oshirish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

tovar xom-ashyo birjalari bozorlardan ma’lumotnomalar raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan

reklama nashrlaridagi ma’lumotlar Shartnomalarda qayd etilgan narxlar reklama-tijorat jurnal (Prestij, Katalog va boshqa)laridagi narxlar bilan solishtirma tahlil qilinishi kerak. Masalan, dori-darmon vositalari buyicha «Svodnыy prays», kurilish materiallari buyicha «Katalog» jurnallari va konsalting xizmatlaridan foydalanish mumkin. Byudjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan xarid kilinadigan ozik-ovkat maxsulotlari monitoringi Moliya vazirligi tomonidan takdim kilinadigan asosiy iste’mol maxsulotlarining oylik urtacha narxlari tugrisidagi ma’lumot asosida olib boriladi.

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat maxsulotlarini

xarid kilish buyicha tuzilgan shartnomalarni ruyixatdan utkazish

jarayonida Moliya vazirligi tomonidan takdim kilingan ma’lumotda

kursatilgan narxlardan ortik bulgan narxlarda tuzilgan shartnomalar

Gaznachilik xududiy bulinmalari tomonidan ruyxatga olinmaydi.

G‘aznachilik boshqarmalari tomonidan bir necha xil oziq-ovqat

mahsulotlariga narxlarning yuqori chegaralari belgilanadi (har oyda yangi

jadval ishlab chiqiladi). Byudjet tashkilotlari ushbu belgilangan

narxlardan qimmat narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga

haqlari yo‘q.

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori

bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va

jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi

Nizom”narxlar monitoringini amalga oshirishdagi asosiy qonun hujjati

bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida

boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar

taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo‘lsa, bunday hollarda

mazkur Nizom tartibi qo‘llanilmaydi

Tender savdolarini o‘tkazishning asosiy maqsadi mablag‘lardan foydalanish samaradorligini orttirish sotib olinayotgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarning sifat darajasini orttirish Bitta kontrakt bo‘yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘proq summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) rejalashtirilganda tender savdolari o‘tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo‘li bilan tuziladi. Respublikamizdagi korxonalar bilan hisob-kitoblar

faqat milliy valyutada amalga oshiriladi Tender savdolarini tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik qarorlarni qabul qilishning ob’ektivligi tender qatnashchilariga teng sharoit yaratish mahalliy korxonalarga ustuvorlik berish

Tender savdolari xarajatlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan summa quyidagilar doirasida moliyalashtiriladi tasdiqlangan smetalar moliya organlari yoki byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini tasarruf etuvchilar ko‘rsatmalari

hukumat kafolati ostida olinuvchi kreditlar xorijiy grantlar bo‘yicha shartnomalar.
Download 103.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling