Akademiy a isxakov


-§. Majburiyatlarning turlari


Download 1.65 Mb.
bet50/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

2-§. Majburiyatlarning turlari


Rim huquqshunoslari majburiyat huquqiy munosabatlarining kelib chiqish asoslariga hamda ahamiyatiga ko‘ra, ularni quyidagi turlarga bo‘lganlar:

  • XII jadval qonunlarida va boshqa qonunlar tomonidan e’tirof etilgan fuqarolik majburiyatlariga (sivil majburiyatlari);

  • pretorlar tomonidan himoya qilinadigan majburiyatlarga (pretorlar majburiyatlari);

  • natural majburiyatlarga.



Rim fuqaroli k huquqida majburiyatlarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarmaslik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarib, uni majburiy asosda bajarishga hamda keltirilgan zararlarni da’vo asosida undirib olishga qaratilgan. Lekin da’vo himoyasi bilan ta’minlanmagan munosabatlar mavjud bo‘ lgan taqdirda ham ular hech qanday samara bermaydi yoki huquqiy tomondan himoya qilinmaydi degan ma’noni keltirib chiqarmasligi lozim bo‘ lgan.
M ajburiyat bo‘yicha to‘ langan ashyolar yoki mulklarni qaytarib olish biroz murakkablikni keltirib chiqargan. Xuddi shun- day huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan majburiyatlar, hamda majburiyat asosida to‘ langan ashyolarni qaytarib olishi mumkin bo‘lmagan majburiyatlarga natural majburiyatlar deb tushunilgan. Natural majburiyatlar ko‘pchilik holatlarda ota humronligi instituti va unga bo‘ysunuvchi qullar, farzandlar tomonidan, oila boshli - g‘ ining roziligisiz tuzilgan bitimlarga aytilgan. Chunki ota butun oilasi tarkibi va ota hukmronligi ostida bo‘lgan qullar uchun ham javobgar bo‘ lgan, hamda oila nomidan ota shartnomalarni tuzgan va mulkiy javobgarliklarni o‘tagan.
Natural majburiyatlar, asli grek faylasuflari tomonidan butun olamda bo‘ lgan voqeliklarni ikki qismga, ya’ni tabiat tomonidan berilgan tabiiy huquqlarga hamda insonlar, davlat tomonidan qonunlar asosida beriladigan hukmronlikka, hokimiyatga bo‘lganlar. Yustinian Digestlarida ko‘rsatilishicha, natural majburiyatlar adolat tamoyillariga asoslangan va u bilan doimo bog‘ liq bo‘lgan.
Natural majburiyatlardan tashqari sivil (fuqarolik) majbu- riyatlari hamda pretorlar majburiyatlari ham harakatda bo‘ lgan.
Sivil majburiyatlariga doimo natural majburiyatlarni qarama - qarshi qo‘yish rim huquqining o‘ziga xos xususiyati dir. Rim huquqshunoslari pretorlarning huquqiy holatini belgilaganda, ularning «faqat da’vo qilish vakolatlari bor» degan tushunchani i lgari surganlar. Ammo pretorlar pretorlik majburiyatlarini pretorlarning kelishuvlari yoki paktlari deb tushunmasligi va pretorlar majburiyatlarining keng ma’noga ega ekanligini tasdiqlab berganlar.
Majburiyat huquqiy munosabatlari bo‘linadigan va bo‘linmay- digan, alternativ va fakultativ majburiyatlardan ham iborat bo‘lgan.


Bo‘ linishi mumkin bo‘ lgan majburiyatlarga ashyoning mohiyati, mazmuni, qiymati buzilmasdan, zarar yetkazilmasdan bo‘ linadi- gan tovarlar, ashyolar, ekvivalentlar, valutalar va qimmatbaho qog‘ozlar va shunga o‘xshash moddiy qiymatli klarni o‘zida saqlab qoluvchi narsalardir, deb hisoblaganlar. Masalan, 5 ming sestersiy pulni to‘ lash, bu majburiyatni bo‘ lib-bo‘ lib to‘ lash mumkinligi bo‘ linadigan majburiyatlarga kiritilsa, servitut huquqi esa asosan qat’ iy belgilangan joydan hayvonlarni haydab o‘tish, bu bo‘ lin- maydigan majburiyat bo‘ lib hisoblangan. Alternativ va fakultativ majburiyatlar bir-biriga o‘xshasa-da, lekin rim fuqaroli k huquqida tuzilgan shartnomaning bajarilishini shartnomada ko‘ rsatilgan asosda ya’ni, qat’ iy belgilangan tovarni, ashyoni yetkazib berish- ning o‘rniga boshqa ekvivalentni yetkazib berishga ham yo‘l qo‘yilgan. Bu yerda majburiyat predmeti bitta, ammo qarzdorga imtiyozlar berilib, asosiy yetkazib beriladigan ashyo o‘rniga boshqa ashyoni berishning o‘zi o‘sha shartnomani bajarganlik hisoblanib, bu fakultativ majburiyat deb atalgan.
Alternativ majburiyatlar fakultativ majburiyatdan biroz bo‘ lsa-da farq qilgan. Bu majburiyat shartnomada ko‘rsatilgan bir necha harakatning birortasini bajarish deb tushunilgan. Masalan, ukalarim Olim va Haydar shu xizmatni qilib beradi. Demak, ularning qaysi biri tomonidan majburiyat bajarilsa, u majburiyat lozim darajada bajarilgan deb hisoblangan. Xullas, xizmat kim tomonidan bajarilgan bo‘ lsa ham, majburiyat bajarildi deb tushunilgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling