Akademiy a isxakov


-§. M ajburiyatlarning vujudga kelishida yuridik faktlar


Download 1.65 Mb.
bet53/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

5-§. M ajburiyatlarning vujudga kelishida yuridik faktlar


Majburiyat huquqiy munosabatlarining vujudga kelish asoslari- dan muhim bir qismini yuridik faktlar tashkil etadi. Yuridik faktlar

  • hayotiy holatlar asosida vujudga kelib, u huquqiy munosabat- larni vujudga keltiradigan, o‘zgarti radigan va bekor qiladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat bo‘ lib, qonunlar tomonidan tartibga solinadigan va davlat organlari tomonidan himoya qilinadigan munosabatlardir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarini vujudga keltiruvchi asos sifatida yuridik faktlar yuridik hodisa va yuridik harakatlardan iborat bo‘lgan.

Rim huquqshunoslari yuridik faktni fuqaroli k huquqiy muno- sabat- lari hamda huquqiy normalarni bir-biri bilan bog‘ laydigan munosabat deb tan olganlar. Ular yuridik faktlarsiz hech qanday huquqiy norma kelib chiqmasligi hamda barcha yuridik faktlar fuqarolik huquqiy munosabatlarini keltirib chiqarmasligini to‘g‘ri tushunib yetganlar.
Rim huquqshunoslari yuridik faktlarning huquqiy normalarni vujudga keltirishini, hamda ularni o‘zgartira olish layoqatiga va bekor qila olish munosabatlariga ega ekanligini e’tirof etgan holda—bu munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruv- chi asos deb tushunganlar.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun bitta yuridik faktning namoyon bo‘lishi yetarli, ya’ni oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun o‘zaro uning predmeti, bahosi va boshqa asosiy shartlari bo‘yicha tomonlarning o‘zaro kelishuvi (konsensus)ning amalga oshirilishi kifoya. Demak, sotib oluvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaning o‘zi yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi. Lekin Rim huquqshunoslari ba’zi hollarda fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun bir nechta yuridik


faktlar yoki murakkab bo‘ lgan bir nechta harakatlarning namoyon bo‘ lishining taqozo etilishini isbotlab berganlar va o‘zlari ham shunga amal qilganlar. Uy- joyni ijaraga olish yoki mahalliy hokimiyatdan uy-joyga bo‘lgan orderni olish uning bilan uy-joyda yashaydigan shaxslar o‘rtasida uy-joydan foydalanish majburiyatini va murakkab bo‘ lgan yuridik tizim yoki yuridik faktni vujudga keltiradigan holatni paydo qiladi. Albatta, bu murakkab bo‘lgan holat.
Yuqorida qayd eti lganidek, Rim huquqshunoslari fuqaroli k huquqida yuridik faktlarning vujudga kelishini e’tiborga olib, ularni hodisalar va harakatlarga bo‘ lib o‘rganganlar.
Hodisalar insonning ongi, erki va irodasi bilan bog‘liq bo‘ lmaydigan holatlar (masalan, tabiat hodisalari: yong‘ in, yer qimirlashi; insonning tug‘ilishi, o‘limi va shunga o‘xshash holatlar). Lekin Rim huquqshunoslari hodisalar faqat inson bilan bog‘ liq bo‘lmagan holatda vujudga keladi deb tushunmasdan, balki uning onggi, erki orqali ham vujudga kelishini isbotlab berganlar.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida fuqarolik huquqiy munosabat- larni vujudga keltiruvchi asoslardan yana biri—bu harakatdir. Harakatning o‘zi qonuniy va noqonuniy harakatlarga bo‘lingan. Rim huquqshunoslari harakatlarni erk asosida vujudga keladigan munosabat deb, uni doimo huquqiy munosabatda qatnashuvchi subyektlar erki, irodasi va manfaati bilan bog‘ liq holda ko‘rganlar. Noqonuniy harakatlar bu huquqbuzarliklar hisoblanib, huquqqa xilof bo‘ lgan, qonunga yoki boshqa normativ hujjatlarga qarama-qarshi amalga oshiriladigan munosabatlardir. Shuning uchun rim fuqaroli k huquqi bunday harakatlarni qonunga zid, adolat tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan munosabatlar deb, bu harakatlar natijasida keltiriladigan zararlarni miloddan avvalgi I—IV asrlarda to‘liq rim fuqarolik huquqi normalari asosida, keyinchalik esa hatto jinoiy javobgarlikka tortish orqali buzilgan huquqlarni dastlabki holatga keltirish uchun harakatlarni amalga oshirgan va
buzilgan huquqlarni tiklaganlar.
Qonuniy harakatlar deganda, qonun yoki boshqa normativ hujjatlar asosidagi ixtiyoriylik, ya’ni huquq yo‘l qo‘ygan harakat- larni amalga oshirish tushunilgan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling