Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet45/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

iter yayov (piyoda), ot-ulovda yoki nosilkalarga solib o‘tkazish;

  • actus — hayvonlarni haydab o‘tish;

  • viaaravalarda hosil, xashak va boshqa ashyolarni tashib o‘tish;




      1. aquae ductus—suvlarni o‘tkazish kabilar.

    Bulardan shahar servitutlari ancha farq qilgan va shaharning o‘ziga mos bo‘ lishidan kelib chiqqan, ya’ni:

    • uyning oldiga yoki darvozasi ustuniga soyabon qilish va yopish;

    • qo‘shnining devoriga yog‘ochlarni qo‘yish, qo‘shnining hududidan foydalanish;

    • qo‘shnining o‘rta devoridan yoki tayanch ustunlaridan foydalanish, yomg‘ ir suvlarining qo‘shni hovli orqali o‘ tishi, qo‘shnining hovlisidagi jarayonlarni ko‘rib o‘tirish uchun deraza qurmaslik va shunga o‘xshash kabilar.

    Bu servitutlardan foydalanish qo‘shnilarning o‘zaro kelishuvi yoki tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan.
    Rim huquqida servitut boshqalarning mulk huquqidan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi, hamda vujudga keltiruvchi, ta’minlab beruvchi va mulk egasi bo‘lmagan shaxsga xizmat qiluvchi, uning manfaatini amalga oshiruvchi huquq bo‘ lib, u qonun yoki tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida vujudga keladi.
    Qadimgi servitutlar asosan quyidagi to‘rt qismga bo‘li ngan:

    1. boshqa shaxslarning yer uchastkasidan katta yo‘lga chiqish uchun kesib o‘tish huquqi;

    2. sug‘orish yoki o‘tloqlarga mollarni haydab o‘tish huquqi;

    3. aravalarga yuk ortish asosida, boshqalarning hovlisidan o‘tish huquqi;

    4. yer uchastkalarini sug‘orish uchun ariqni qazib, qo‘shni uchastkasidan suvni o‘tkazish kabi huquqlari mavjud bo‘ lgan.

    Servitutlar legal qonunlar yoki normalar deb atalgan. Ular odatiy normalar asosida, interdiktlar yoki da’vo talablarini joriy etish asosida himoya qilingan.
    Yuqorida ko‘rsatilgan da’volardan tashqari, pretorlar tomo- nidan qo‘llaniladigan ediktlarda ko‘rsatilganidek, yer servitutlari, ya’ni suv, yo‘ l hamda shaxsiy servitutlar bilan bog‘ liq huquqlarni qo‘riqlashni egallash interdiktlariga o‘xshash holda pretorning qabul qilgan maxsus interdiktlari orqali ham amalga oshirilgan.
    Shaxsiy (predial) servitutlar deb, umr bo‘yi boshqalarning mulkidan foydalanishga tushunilgan. Shaxsiy servitutlar uch qismga bo‘ lingan:



    1. uzufrukt; 2) uzus; 3) xabitatsio.

    Uzufrukt shaxsiy servitut hisoblanib, keng miqyosda qo‘shni- larning mulkidan foydalanish bilan birgalikda, uning bergan hosil va daromadlaridan foydalanishga tushunilgan.
    Uzufrukt asosida qo‘shnilarning mulkidan foydalanayotgan davr mobaynida, qo‘shnining mulki o‘z daxlsizligini va xo‘jali k maqsadini, mulkdan maqsadga muvofiq foydalanishini to‘ liq dastlabki holatidagidek saqlab qolishi lozim edi. Uzufrukt asosida foydalanuvchi shaxs o‘ziga majburiyatlar olib, foydalanilayotgan mulkka bo‘ lgan munosabati, unga qarab turish, ashyoning doimiy foyda berib turishini ta’minlab berish, o‘z mulkiga bo‘lgan muno- sabatidek, bu mulkka ham xuddi shunday qarash, tejamkorlik, zarar yetkazil ishidan himoya qilish va mulk egasi qaytib kelganida, bu mulkdan foydalanish uchun mulkning, ashyoning o‘zi yaroqli va tayyor holda bo‘lishi lozim bo‘lgan. Uzufruktdan tashqari «usus» asosida yoki usulida foydalanish ham mavjud bo‘lgan.

    Download 1.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling