Akademiy a isxakov
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
Takrorlash uchun savol va topshiriqlarAshyolar qanday turlarga bo‘ linadi? Ashyoviy huquqiy munosabatlar qanday ta’limotdan iborat? Rim huquqshunoslari ashyolarni necha qismga bo‘ lganlar? Rim huquqida egalik qilishni izohlang. Rim davlatida egallash necha qismga bo‘lingan? Mulk huquqining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? Mulk huquqi qanday turlarga bo‘linadi? Mulk huquqining mazmuni qanday elementlardan iborat bo‘ lgan? Mulk huquqi qanday usullar orqali vujudga keladi? Quyidagi muammoni rim huquqi bo‘yicha hal qiling: fuqaro M. fuqaro B.ga olgan 100 sestersiy qarzini to‘lash to‘g‘risida bir necha marta murojaat qildi. Fuqaro B. esa har doim qarzini to‘lashdan bosh tortib keldi. Kunlardan bir kun u fuqaro M.ga « Men qarzimni to‘ layman, lekin sen menga boshqa qarzimni so‘ramayman deb qasam ichishing kerak» degan shartni qo‘ydi. Fuqaro M. esa qasam ichdi, lekin fuqaro B. qarzini to‘lamadi. Natijada shunday muammo vujudga keldiki agar kreditor pretorga murojaat qilmasa qarzini ololmaydi, agar pretorga murojaat qilsa ichgan qasamini buzgan bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha pretor qanday maslahat bergan? Quyidagi muammoni rim huquqi bo‘yicha hal qiling: fuqaro Nerva ko‘chadan tilla taqinchoq topib oldi va uni uyiga olib ketdi. Oradan ikki yil o‘tgandan keyin fuqaro Yulian topib olingan ashyoni qaytarib berish to‘g‘risida fuqaro Nervaga nisbatan vindikatsion da’vo qo‘zg‘atdi. Bu masalani sud qanday hal qiladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling