Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet40/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

7-§. Umumiy mulk huquqi




Qadimgi Rim quldorlik jamiyatida umumiy mulk ham mavjud bo‘lgan. Rim huquqshunoslari umumiy mulk huquqi bir obyektga yoki bir ashyoga tegishli bo‘ lishi mumkin emas degan dastlabki tushunchalarga ega bo‘lganlar. Lekin Rim davlati iqtisodiy- ijtimoiy munosabatlarining rivojlanishi va takomillashishi natijasida hamda shartnoma amaliyotidan kelib chiqqan holda, ayniqsa shirkat birlashmalarining va boshqa korporatsiyalarning shartnomali munosabatlari, umumiy asosda bir necha shaxslarga taalluqli bo‘lgan merosning bo‘ linmaslik tartiblari, har bir shaxsning umumiy mulkdagi hissalarini aniqlash, mulkning kimga taalluqli ekanligini e’ tirof etish munosabatlari umumiy mulk huquqi institutining vujudga kelishini taqozo etgan.
Qadimgi Rim huquqshunoslaridan Kvint M utsiy Ssevola bir mulkning, ashyoning bir necha shaxslarga taalluqli bo‘ lishini tan olib, har birining ideal hissalarga ega ekanligini isbotlab bergan. Huquqshunos Selzaning o‘g‘li Selz fikricha, ikkala shaxsning yoki bir necha shaxslarning bir mulkka nisbatan umumiy mulk huquqi bo‘ lishi mumkin emas. Hech qanday shaxs bir predmetning ma’ lum qismiga mulkdor bo‘ lishi mumkin bo‘lmagan, ammo shu ashyoga, mulkka har bir shaxsning ideal asosda hissasi bo‘ lishi yoki bo‘linmaydigan mulkka nisbatan mulk huquqi bo‘lishi mumkin deb hisoblagan.
Umumiy mulk huquqi deb, rim fuqarolik huquqida bir ashyoning bir nechta subyektga taalluqli ekanligiga tushunilgan. Umumiy mulkning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ lgan, jumladan ular:

  1. Foydalanish maqsadiga munosib bo‘lishini o‘zgartirmaydigan holda taqsimlanishi yoki qonun bo‘yicha taqsimlanishi mumkin bo‘ lmagan, ikki yoki undan ortiq shaxslarning mulk huquqiga o‘tgan mol- mulk birgalikdagi umumiy mulk deb atalgan.

  2. Mulk huquqi egalaridan har birining, ularga tegishli bo‘lgan umumiy mol- mulkdagi ulushlari aniq belgilab qo‘yilgan bo‘ lsa, bunday mol- mulk ulushli (hissalarga bo‘ linadigan) bo‘ linadigan umumiy mulk huquqi deb atalgan.



Umumiy mulk huquqi barcha qatnashchilar yoki subyektlar bilan birgalikdagi kelishuv asosida boshqarilgan. Har bir shaxsning umumiy mulkka qo‘shgan hissalari har xil bo‘ lgan. Shu bois qo‘shgan hissalariga ko‘ra olinadigan foydalarni taqsimlaganlar va zararlar kelib chiqsa, har bir shaxsning qo‘shgan hissasiga qarab mutanosib asosda zararni qoplaganlar. Umumiy mulk ikki qismga, ya’ ni ulushlarga bo‘ linadigan va ulushlarga bo‘linmaydigan mulklardan iborat bo‘ lgan.
Umumiy mulk huquqi muayyan mol- mulkka nisbatan bir nechta subyektlarning mavjudligi hamda tegishliligi bilan ifodalangan. Bu mulkning subyektlari bir necha shaxslardan iborat bo‘ lar ekan, ular boshqa sheriklari ya’ni, subyektlarning roziligini olmasdan biror-bir harakatni amalga oshira olmas edi. Lekin har bir subyekt umumiy mulkdagi ulushidan kelib chiqib, o‘z ulushini qaytarib olish yoki boshqa shaxslarga o‘ tkazish, mulkni bo‘ lish kabi munosabatlarni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega edilar. Umumiy mulk huquqining qatnashchilari umumiy mulkdan har biri o‘zining qo‘shgan ulushiga ko‘ra ularga egalik qilar hamda foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar.
Rim quldorlik davlatining sinfiy davriga kelib, umumiy mulk huquqi subyektlari umumiy mulk asosidagi mavjud bo‘ lgan munosabatlarni qo‘shgan hissalari asosida boshqaruvni amalga oshirar hamda unga o‘zgartirishlar kiritishi lozim bo‘ lsa boshqa sheriklarining roziligini olgan holda tartibga solinardi. Bu holda ozchilik ko‘pchilikka buysunardi. Bu haqda mashhur huquqshunos Sabin shunday degan edi: « Umumiy mulk huquqiga oid mulk, ashyo bo‘yicha tomonlarning roziligisiz hech qanday munosa- batlarni amalga oshirish mumkin emas. Chunki bu mulkiy huquq- ning boshqa subyektlari o‘z roziligini bermasalar, ular taqiqlash prinsiðini amalga oshirish huquqiga egadirlar».



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling