Akademiy a isxakov
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
4-§. Mulk huquqiRim fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan birini mulk huquqi tashkil etadi. Manbalarda ta’kidlanishicha, «rim huquqini xususiy mulk huquqiga asoslangan huquq tizimi» deb ataganlar. Rimliklar birinchi bo‘lib cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqini, ya’ni xususiy mulk asosiga ega bo‘ lgan eng mukammal huquq formasini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar. Rim huquqida mulk instituti markaziy institut hisoblanib, Rim fuqarolik huquqining rivojlanish bosqichlaridan boshlab, ularga tayanch va o‘z munosabatlarini amalga oshirishni aniqlash- tirib, ko‘rsatib beradigan, hatto ularning (shartnoma, oila, meros va boshqa institutlari faoliyatining) mulkiy asoslarini tashkil etadigan huquqiy institutdir. Rim davlatining sinfiy davridagi mulkchilik munosabatlari yerlarni va qullarni idora etishda oliy hukmronlikning ifoda etilishi bilan bog‘ liq bo‘ lgan. Rim huquqshunoslari quldorlik tuzumining sinfiy davriga qadar, mulkning umumiy tushunchasini aniqlay olmaganlar va uni egalik qilish elementidan ham ajrata olmaganlar. Rim davlatining vujudga kelishi natijasida Rim davlatida istiqomat qilib turgan barcha fuqarolarga umrbod, meros qoldirish asosida foydalanishni ko‘zda tutib yer (ikki yugerdan, ya’ni hozirgi 8 gek) berganlar. Ayniqsa, Rim davlati harbiy qudratining yanada kuchayishi natijasida boshqa davlatlarning yerlarini ishg‘ol qilish orqali katta- katta hududlarga ega bo‘ lganlar. Rim davlatini boshqarib turgan quldorlar, magistrlar, jretslar, bonitor va pretorlar yoki iqtisodni o‘z qo‘liga olgan boylar bu yerlarning ko‘pchilik qismini egallab olganlar va qabul qilingan agrar qonunlarga asosan, yerga bo‘ lgan xusus i y mu l kch i l i k huquqi n i vujudga kel ti r i b yanada mustahkamlaganlar. Qadimgi Rim davlatining huquqlarida mulkni ifodalaydigan maxsus tushuncha mavjud bo‘ lmagan. Shu bois mulk iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni ko‘proq iste’ mol qilish qobiliyati bilan bog‘ liq bo‘ lgan ashyolarga, tabiat boyliklariga hamda eng qadimgi dominium «hukmronlik» degan ma’noni anglatib, umumiy asosda, barcha vujudga kelgan mulkiy munosabatlarga qo‘llanilgan. Rimliklar bu tushunchaga kviritlar so‘zini qo‘shib «kviritlar mulki» degan ma’noni ifodalashga harakat qilganlar. Rim davlatida huquqiy munosabatlarning yanada takomilla- shishi natijasida huquqshunoslar milodning I I asrlariga kelib, ayniqsa mashhur huquqshunos Yulian «dominium» tushunchasini ashyolarga bo‘ lgan huquq deb isbotlab bergan, lekin ashyolarga bo‘lgan mulkiy huquqni proprietas deb e’tirof etganlar. Shu bilan birgalikda, Rim huquqshunoslari mulk huquqining o‘ziga xos xususiyatlarini, sifatlarini to‘ liq aniqlab berganlar.Ular mulk huquqining o‘ziga xos xususiyati va sifati so‘zsiz, ashyoga bo‘lgan hukmronlikning mutloq amalga oshirilishi va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lish, ya’ni sotish, almashtirish, ijaraga berish, garov sifatida mulkni yo‘q qilish va boshqa munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlash deb tushunganlar, hamda mulk huquqining asosini nimalar tashkil etishini ham belgilab berganlar. Mulk huquqining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lib, uni Rim huquqshunoslari quyidagicha talqin qilganlar: mulk huquqi — bu ashyolar ustidan to‘g‘ ridan- to‘g‘ ri bevosita hukmronlik qilish va uni tasarruf etish; ashyolarning boshqa shaxslarga taalluqliligini yo‘qotadigan, ashyolar haqida nizolar bo‘lmasligini ta’minlaydigan o‘ziga xos hukmronlikni amalga oshirish; ashyolarga bo‘lgan boshqa munosabatlardan farq qiladigan mutloq huquqiy hukmronlikni ta’minlaydigan munosabat; ashyolarga bo‘lgan chegaralanishlar va huquqbuzarliklarning tugatilishi bilan tezda hukmronlikni o‘rnata oladigan hamda shu hukmronlikka moslasha oladigan harakatlarni amalga oshirish; to‘ liq huquqiy ashyo sifatida, ya’ni hech qanday majbu- riyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan faqat ashyoni mutloq asosda egallab olish istagini ifodalaydigan munosabat; ashyo ustidan to‘liq va to‘g‘ridan- to‘g‘ri hukmronlikni amalga oshirish uni tasarruf etish, foydalanish, hosil va daromad- larini olishga bo‘ lgan huquqlarni amalga oshirish munosabatlari mulk huquqining tarkibini tashkil etib mulk huquqini kelti rib chiqargan. Rim huquqining rivojlanishida yerga bo‘lgan mulkchilik muhim ahamiyatga ega. Rim davlatida yer asosan patritsiylar qo‘ lida bo‘ lganligi bois plebeylar kam yerga ega bo‘ lgan. Shu bois patritsiy va plebeylar o‘rtasidagi kurashning asosiy maqsadi ham yerga bo‘lgan mulkchilik bilan bog‘ liq bo‘lgan. Respublika davrida yerga bo‘lgan mulkchilik shakllari asosan jamoa, davlat mulki va xususiy mulk hisoblangan. Yerga bo‘ lgan jamoa mulki, xususiy shaxslarning xususiy mulkidan ajratilgan. Quldorlik munosabatlarining, ayniqsa savdo munosabatlarining yanada rivojlanishi natijasida rim fuqarolik huquqining institutlaridan biri xususiy mulk huquqi yanada takomillashib bordi. Rim qullari davlat tomonidan yoki ota hukmronligi asosida ajratilgan yerlardan mulki va urug‘ liklari bo‘ lmaganligi sababli foydalana olmas edi. Hatto yerlarni boy quldorlarga sotishga majbur bo‘ lib, proletar huquqiy holatiga, ya’ni mulksiz, yersiz va faqatgina oilasidan farzandlar ko‘rish bilan bog‘ liq boylikka ega bo‘lganlar xolos. Rim shahri atrofidagi yerlar, davlatga qarashli bo‘ lgan yerlar, qullar va hayvonlar Rim davlatining eng qimmatbaho mulklari hisoblangan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling