Akademiy a isxakov


-§. Egalik qilish va uning tugatilishi


Download 1.65 Mb.
bet35/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

3-§. Egalik qilish va uning tugatilishi


Qadimgi Rim huquqshunoslari egalik qilishning vujudga kelish asoslarini doimo corpus hamda animus bilan bog‘laganlar. Ular haqiqatan ham egallashni konkret shaxsning ashyoga bo‘ lgan huquqlarining, ya’ni jismoniy egallash va egallash erkini xuddi o‘z mulkiga bo‘ lgan munosabatidek qarash asosida, xohish va istakning birga vujudga kelganligini tushunishgan, hamda ikkala elementning bir tomoni bo‘ lmasa, u egallashni tashkil etmasligini tushunganlar. M ulkni jismoniy egallash qiyinchilikni tashkil etmagan, ammo mulkni egallash erkining ifodalanishini aniqlash, murakkab bo‘lgan va erkning izhor etil ishining kelib chiqish asoslarini causa (asoslar) orqali aniqlash lozim bo‘lgan, ayniqsa asoslarning nihoyatda ko‘p bo‘lishi ularni konkret voqelikka qarab aniqlash taqozo etgan.


Egallashning tugatilish asoslari, ashyoga bo‘lgan corpus (uni jismoniy egallash) ning yoki animus (egallash to‘g‘risidagi xohish, istak va erk) ning yo‘qotilishi asosida; egallash obyektining shaxs hukmronligidan chiqib ketishi, ashyoning boshqa shaxslarga o‘tib ketishi asosida, hamda egallash obyektining o‘limi yoki fuqarolik muomilasidan chiqarilishi natijasida ham vujudga kelgan.
Bundan tashqari, rim huquqida egallash vakill ik instituti, homiylar va vasiylar orqali ham amalga oshirilgan. Egalik qilish ashyoni egallagan shaxsning vafot etishi bilan tugagan bo‘ lishi lozim bo‘ lgan, ammo uning merosxo‘ri pretorga murojaat qilib, egallash munosabatining yana davom etishini uzaytirishi mumkin edi. Egalik qilishning o‘tishi ko‘pincha odat normalari, an’analar va boshqa usullar orqali, hamda mulkni o‘z egaligida uzoq vaqt mobaynida saqlash usullari orqali ham o‘ziga yoki boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan. Egalik huquqini himoya qilishning asosiy maqsadi iqtisodda hukmron bo‘lgan sinfning quldorlar, jretslar, magistratlar, pretorlar, bonitorlar va shunga o‘xshash moddiy boyliklarga ega bo‘lgan shaxslarning manfaatini qo‘riqlash- dan iborat bo‘lgan. Egalik huquqini himoya qilish interdiktlar ya’ni, kuchli hokimiyatning buyruqlari — pretor ko‘rsatmalari asosida himoya qilingan.
Egalik huquqini himoya qilish interdiktlari quyidagi uch asosda amalga oshirilgan: avval mavjud bo‘ lgan egalik huquqini saqlab qolish; buzilgan egalik huquqini qaytadan tiklash va dastlabki holatda vujudga kelgan egalik huquqini himoya qilishni kuchaytirish, mustahkamlashdan iborat bo‘ lgan. Ya’ni:

  • egalik huquqining hozirgi davrdagi amalda bo‘ lgan muno- sabatlarini ko‘riqlash, ya’ni egallab turgan shaxsni egallovchi deb tanib, boshqa shaxslarning tajovuz qilishiga yo‘ l qo‘ymaslik;

  • kuch ishlatish yoki bildirmasdan, qonunga xilof ravishda boshqa shaxs tomonidan egallangan ashyoni, mulkni o‘z egallov- chisiga qaytarish;

  • birinchi marta yoki dastlabki egallash bilan vujudga kelayot- gan interdiktlar va boshqa usullarda himoya qilish munosabatlari amalga oshirilgan.

Interdiktlarning qo‘llanilishi sudlarda ishni hal qilishga qaragan- da qulay va tez asosda huquqlarni himoya qilgan, qo‘riqlagan va


ularning buzilishini ma’muriy huquqlar bilan taqiqlagan. Bu yo‘ l rim huquqida eng katta samaralarni bergan.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling