Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet24/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

ikkinchidan, uning a’zolari huquq va majburiyatlarda teng bo‘ lganlar va uni boshqarganlar, umumiy kelishuv asosida uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ham ega bo‘lganlar;


uchinchidan, collegia tenioriumning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar uning faol a’zolarining shaxsiy xohish- istagi orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga, collegia teniorium ko‘pgina rim huquqiga oid adabiyotlarda xayriya muassasasi sifatida talqin qilinadi. Chunki, ilk kollegiyalarning tashkil topish davridan boshlab u bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib borgan xristian cherkovi vaqt o‘tishi bilan uni mablag‘ bilan to‘ liq yoki qisman ta’minlab tura boshladi va uning bosh asoschisiga aylandi. Endilikda mazkur muassasaning asosiy ishchi va boshqaruvchilarini xristian cherkovi vakillari tashkil etib, bu muassasaning xayriya va boshqa maqsadlarni ko‘zlovchi faoliyati ular tomonidan boshqarilib turiladigan bo‘ldi.
Xullas, collegia teniorium jamoat tashkiloti sifatida talqin qilinganda ham, muassasa sifatida talqin qilinganda ham shuni ko‘rish mumkinki, uning bosh maqsadi va vazifasi aholining qashshoq va qiyin ahvolda hayot kechiruvchi qatlamiga yordam berish, ularni bir oila sifatida birlashtirish hamda ularga har tomonlama muruvvat ko‘rsatish edi.
Qadimgi Rimda ad pia causa nomli xayriya muassasalari ham mavjud bo‘lib, ular imperator Konstantin (306—337-y.) hukm- ronligi davrida vujudga kelgan. Umumiy nom bilan ad pia causa deb atalgan mazkur xayriya muassasalari tarkibiga kasalxonalar (nosocomia); qariyalar uylari (gerontocomia) , yangi tug‘ ilgan chaqaloqlarni boquvchi uylar (brephotrophia), yetim qolganlar uchun yashash joylari (orphanotrophia), qashshoqlar uchun yashash joylari (ptochotrophia), uysiz bechoralar va musofirlar uchun yashash joylari (xenodochia yoki xenones) hamda beva ayollar uchun yashash joylari kirgan. Xayriya muassasalaridagi bunday xilma-xillik ularning turli xil yo‘nalishlarda rivoj topganidan dalolat beradi. Ad pia causa larning o‘ziga xos jihati shundaki, ularning faoliyati ma’ lum bir belgilab qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish bilan chegaralab qo‘yilmagan. Ya’ni, aniq bir xayriya maqsadini ko‘zlab vujudga keltirilgan muassasa boshqa bir xayriya maqsadidagi faoliyatni ham amalga oshirgan. Masalan, bemorlarni davolash maqsadida qurilgan kasalxonalardan bemorlardan tashqari yashash joyga muhtoj, nochor ahvolda qolgan boshqa shaxslar ham o‘zlariga boshpana topganlar. Lotin manbalarida xenodochia,

xenones tarzida tilga olingan uysiz bechoralar va darveshona hayot kechiruvchilarni o‘z bag‘ riga olgan xayriya muassasalarining orqasidan milodning IV asri o‘rtalaridan boshlab shunga o‘xshash boshqa turdagi muassasalar soni va turi jihatdan ham ko‘payib bordi. Jumladan, ushbu davrda birgina Konstantinopol shahrida ularning soni 35 tani tashkil etar edi. Keyinchalik bunday muassa- salar G‘arbiy Yevropada ham tashkil topa boshlagan.


Qadimgi Rim jamiyatining turli xil yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatgan muassasalarning huquqiy maqomini umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, ularga o‘zining ilk tashkil topish davrlarida imperator xazinasining muruvvat va xayr- ehson maqsadida sarf qilinadigan bir qismi sifatida qaralgan. Lekin, xristian dinining keng yoyilishi va davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan mustaqil faoliyat yuritish huquqiga, ya’ni yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ lgan muassasalar vujudga kela boshlagan. Bu muassasalar (asosan, alohida cherkovlar) mulk sotib olish yoki vasiyat bo‘yicha unga egalik qilish, kreditor bo‘ lish, sudda ishtirok etish kabi huquqlarga ega edi. Bunday huquqlarga vaqt o‘tishi bilan cherkov nazorati ostida bo‘lgan boshqa muassasalar ham ega bo‘la boshlagan. Mustaqil yuridik shaxs hisoblangan mazkur xayriya muassasalari umumiy nom bilan «piae causae», «piae corpora», «venerabiles domus» deb atalgan. Bu muassasalarning faoliyatini yurituvchi va nazorat qilib turuvchi shaxslar «oeconomus» deb atalar edi. Lekin, rim huquqi barcha yuridik shaxslar singari jamiyatda mavjud bo‘ lgan mazkur muassasalarning ham huquqiy maqomi to‘g‘risida mufassal bir ta’rif qoldirmagan.
Muassasalar tarixini tahlil qilar ekanmiz, ularning vujudga kelishi, turlarining ko‘payishi va rivojlanib borishi vaqt o‘tishi bilan sivilizatsiya almashib turganidek o‘zgarib borgan. Ya’ni, ilk muassasalar (alimenta, sollegia tenuiorum) Rim imperiyasining G‘ arbiy qismida — G‘ arbiy Yevropada vujudga kelgan va bir xil yo‘nalishda rivojlanib borgan bo‘lsa, ular milodning IV asriga kelib Sharqiy Rim imperiyasi — Vizantiyada soni va turi jihatdan G‘arbga qaraganda ancha yuqorilab ketdi. Chunki, G‘arbiy Rim imperiyasi inqirozga yuz tutayotgan bir davrda Vizantiya har tomonlama rivojlanib borayotgan davlat edi.

M iloddan avvalgi VII asrdan boshlab slavyan xalqlarining o‘z davlatlariga asos sola boshlashi hamda Vizantiya imperiyasi bilan turli jabhalardagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarning yo‘ lga qo‘yilishi va bu aloqalarning rivojlanib borishi natijada 10—12 asr oldin qadimgi Rim davlatida tashkil topgan muassasalar endi slavyan davlatlarida ham vujudga kela boshladi. Ayniqsa, X asrda (988-y.) slavyanlarning Vizantiyadan xristianlikni qabul qilishi va bu jarayonning yanada jadallashuviga asosiy turtki bo‘ldi. Shu asnoda turli xil muassasalar to‘g‘risidagi tushunchalar xalqlar o‘rtasidagi madaniy, savdo- iqtisodiy, diniy, siyosiy aloqalar orqali dunyoning turli mamlakatlariga tarqalgan. Bu esa muassasalarning boshqa davlatlarda ham tashkil topishiga olib kelgan.


Hozirgi zamon huquq nazariyasida muassasa deb, fuqarolik munosabatlarida huquqning mustaqil subyekti sifatida qatnasha oladigan va aniq bir maqsad yo‘lida tijoratga oid bo‘lmagan faoliyat yuritadigan tashkilot tushuniladi. Amaldagi O‘zbekiston Respubli- kasi Fuqarolik kodeksining 76- moddasida: «Boshqaruv, ijtimoiy- madaniy yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman ta’minlab turiladigan tashkilot muassasa hisoblanadi», deb ta’kidlangan. Muassasalar qatoriga davlat va mahalliy hokimiyat organlari, ta’ li m, fan, madaniyat, sog‘ liqni saqlash, sportni boshqarib turuvchi tashkilotlar—maktablar, oliy ta’ lim muassasa- lari, institutlar, kasalxonalar, muzeylar, kutubxonalar, sud-pro- kuratura organlari va boshqalar kiradi. Muassasalar ularni vujudga keltiruvchi subyektlarga qarab ommaviy (davlat va mahalliy hoki- miyatga tegishli) va xususiy (jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asos solingan) bo‘ lishi mumkin.
Deyarli ikki yarim ming yillik tarixga ega bo‘ lgan muassasalar haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ular hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan davlat va jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki muassasalar, asosan davlatning ularga bo‘lgan ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Davlatda mavjud bo‘ lgan muassasalarning turlari, faoliyati, huquqiy maqomi va davlatning ularga bo‘lgan munosabati orqali mazkur davlatning ijtimoiy-siyosiy

tuzumi va bu davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklari qanchalik darajada amalga oshirilishini bilib olish mumkin bo‘ladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling