Akademiy a isxakov


-§. M uassasalar yuridik shaxs sifatida


Download 1.65 Mb.
bet23/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

8-§. M uassasalar yuridik shaxs sifatida


Muassasalar bundan ikki yarim ming yil avval qadimgi Rim davlatida vujudga kelgan. Ular o‘zining vujudga kelish vaqtidan boshlab deyarli besh asr o‘tgunga qadar juda sekin rivojlanib borgan. Rim huquqiga oid manbalarda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ko‘pgina xayriya muassasalar haqida fikr yuriti lgan. Bunday muassasalarga cherkovlar, kasalxonalar, maktablar, mehribonlik uylari, harbiylar uchun maxsus kasalxonalar kabi tashkilotlar kirgan. M iloddan avvalgi II asrga kelib, Rim imperatorlarining xayrixohligi natijasida muassasalarning soni ham, turlari ham ko‘payib bordi.
Qadimgi Rimda xayriya muassasalari orasida yetim qolgan bolalar va juda qashshoq hayot kechiruvchi oilalardagi farzandlarni o‘z bag‘riga olgan va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan« alimenta» deb atalgan muassasalar mavjud bo‘ lgan. Aliment muassasalari (mi l. avv. I asr) Rim imperatori Nerva (mi l. avv. 33- yil) hukmronligi davrida vujudga kelgan. Bu muassasalar keyinchalik shaxsan imperatorlar tomonidan vujudga keltirila boshlangan. Ular imperatorlarning buyrug‘ i bilan shaharning mansabdor shaxslari tomonidan moddiy jihatdan ta’ minlab turilgan. Bu jarayonda shaxsan kvestor (konsulning sudlov va moliyaviy ishlar bo‘yicha yordamchisi) ham qatnashgan. Aliment muassasalari faqatgina insonparvarlik maqsadida faoliyat yuritib, ko‘rsatilgan yordamlar- ning barchasi beg‘araz hisoblangan. Alimentdan nafaqat yetim bolalar va og‘ ir sharoitdagi oilalarning farzandlari, balki voyaga yetgan bo‘lsa-da, siyosiy jarayonlarda qatnasha olmaydigan bolalar ham, yetim qolgan va yolg‘iz qizlar ham foydalanganlar. Jumladan, 82—161 -yillarda Rimda yetim qolgan qizlar uchun alohida stiðendiyalar (stiðendium) ajratilgan. Aliment muassasalarining ko‘payishida va rivojlanishida Pliniy, Antonin Piy, Septimiy Sever (222—235-y.) kabi imperatorlarning faoliyati katta rol o‘ynagan.


Bu muassasalarning huquqiy maqomi haqida shuni aytish mumkinki, ular fuqarolik huquqiy munosabatlarda yuridik shaxs sifatida qatnasha oladigan, aniq bir xayriya maqsadlarida faoliyat olib boradigan va o‘zining jamg‘armasiga ega bo‘lgan tashkilotlardir.
Qadimgi Rimda vujudga kelgan muassasalarning yana bir turi bu dafn marosimlarini o‘tkazuvchi kollegiyalar (collegia tenuiorum, collegia funeraticia) bo‘lib, ular milodiy I asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan. Bunday muassasalarning vujudga kelishiga ehtiyoj shunda ediki, qadimgi rimliklar o‘z tanalarining nafaqat tiriklik paytidagi holatiga, balki vafot etganlaridan keyingi holati haqida ham qayg‘urganlar. Yani, I—IV asrlarga oid manbalarda ko‘rsati- lishicha, o‘sha davrdagi jamiyatning boy odamlari shahar tashqari- sidan o‘zlari va o‘z yaqinlari uchun oilaviy mozor qilishga yerlar sotib olganlar. Bundan farqli ravishda aholining qashshoq qatlami bunday imkoniyatga ega bo‘ lmaganlar va dafn marosimi ni o‘tkazuvchi kollegiya — collegia tenioriumga a’zo bo‘ lganlar. Bu kollegiyaning a’zolari har oyda uning hisobiga ma’lum miqdorda pul o‘tkazib turishlari orqali o‘zlari uchun dafn etiladigan joy sotib olish huquqiga ega bo‘lganlar. Lekin, ular o‘zlariga tegishli yerga ega bo‘lganlaridan keyin ham kollegiya bilan aloqalarini uzib qo‘ymaganlar. Sollegia teniorium o‘zining a’zolariga yer ajratib berish bilan birga, ular vafot etganlaridan so‘ng tegishli diniy rasm-rusumlarning o‘tkazilishini ham ta’minlagan. Shunday ekan, bu kollegiyaga, asosan, jamiyatning quyi qatlamiga mansub shaxslar, ozod qilingan shaxslar (libertini), o‘z xo‘jayinining ruxsati bilan qullar va shu kabi shaxslar a’zo bo‘ lganlar (tenuis
— lotincha «kambag‘al» degan ma’ noni bildiradi). M azkur tashkilotning xarakterli jihati shunda ediki, ular ham jamoat muas- sasalariga xos xususiyatlarga, ham muassasaga xos xususiyatlarga ega edi. Uning jamoat tashkilotiga xos xususiyati ni quyidagilarda ko‘rib o‘tish mumkin:
birinchidan, collegia tenioriumning asosida jamoat tashkilot- chiligi yotardi;

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling