Akademiy a isxakov
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
Takrorlash uchun savol va topshiriqlarVorislik munosabatlari qachon vujudga kelgan? Vorislik qanday turlarga bo‘linadi? Fuqarolik vorisligi qanday ma’noni bildiradi? Meros tushunchasini izohlang. Universal vorislik tushunchasiga ta’rif bering. Singulyar vorislik deganda nimani tushunasiz? Vasiyatnoma tuzish uchun nimalar talab qilingan? XI I jadval qonuni bo‘yicha vorislar necha navbatga bo‘lingan? Pretorlar huquqi bo‘yicha to‘rtinchi navbatdagi vorislar tarkibiga kimlar kiritilgan? Legatlar va fideokomisslarning bir-biridan farqi nimalardan iborat? Quyidagi muammoni rim huquqi bo‘yicha hal qiling: fuqaro Mark o‘ziga otasi tomonidan qoldirilgan meros to‘g‘risida xabar topgandan so‘ng merosni qabul qilish uchun legiondan 1 oyga ta’ ti l olib Ispaniyadan Rimga keldi. Mark Rim shahriga kelib o‘ziga qoldirilgan meros uyning qo‘shnilar tomonidan talab ketilganligining shohidi bo‘ldi. U pretordan yetkazilgan zararning qoplanishini va ularga jarima solishni talab qildi. Mark tomonidan qo‘zg‘atilgan da’vo qanday hal qilinadi? Quyidagi muammoni rim huquqi bo‘yicha hal qiling: ota katta o‘g‘ lining iberiyaliklar bilan bo‘ lgan urushda halok bo‘ lganligini eshitib chuqur qayg‘uda vafot etdi. Ota o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka nisbatan hech kimga vasiyatnoma qoldirmaganligi uchun uning kichik o‘g‘ li Sabin oiladagi yagona erkak bo‘ lganligi sababli merosga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Lekin urushda halok bo‘lgan katta akasining voyaga yetmagan ikkita o‘g‘ li bo‘ lib, ularning onasi bunday holatga nisbatan e’tiroz bildirdi va olingan merosni bo‘ lishni taklif etdi. Uning e’ tiroz bildirishiga qonuniy asoslari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, uning o‘g‘illari merosning qancha qismiga da’vogar bo‘ lishlari mumkin? Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling