Akademiy a isxakov


-§. Merosni ochish va qabul qilish. Merosxo‘rlarning huquqlarini himoya qilish


Download 1.65 Mb.
bet70/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

6-§. Merosni ochish va qabul qilish. Merosxo‘rlarning huquqlarini himoya qilish


Qonun vorislik huquqiy munosabatlarining kelib chiqishini uning ochilishi bilan bog‘laydi. Vorislik huquqi asosida meros mulkini qabul qilib olish merosning ochilishi munosabati bilangina amalga oshiriladi. Shuning uchun ham merosning ochilish joyi va vaqti muhim ahamiyat kasb etadi.


Vorislik huquqining vujudga kelishi muayyan bir hodisaning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday hodisa birinchidan, fuqaroning vafot etishi, ikkinchidan, fuqaroning vafot etgan deb e’lon qilinishi hisoblanadi. Merosning ochilishi ma’lum bir vaqtda vujudga keladi. Merosning ochilishi deganda, meros va vorislik huquqining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi yuridik faktning yuzaga kelishi va ma’lum sabablarga ko‘ra meros qoldiruvchiga tegishli bo‘ lgan mol - mulkning merosga aylanib ma’ lum bir shaxslarga o‘tish jarayoni tushuniladi. Rim huquqi qoidalari meros ochilishini mulkdorning o‘limi bilan bog‘lagan. Shu bois mulkdorning tirikligida uning mulki meros bo‘la olmas edi va uning mulkiga hech qanday da’vogarliklar ham bo‘ lmagan.
Merosni qabul qilish nuqtai nazaridan barcha merosxo‘rlar ikki guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruhga kiruvchilar pretor va sivil huquqida herdes sui (merosxo‘rlar) deb atalgan. Shunga o‘xshash holat Yustinian digestlarida ham uchraydi. Unga ko‘ ra, birinchi navbatdagi merosxo‘rlar mulkdor bilan uning o‘limiga qadar yashovchilar hisoblangan. Chunki u mulk xuddi shu oilada qolishini taqozo etgan. Qonunga asosan, vasiyatda belgilangan shaxslar shu merosni qabul qilishlari shart edi. Shuning uchun ularni majburiy meros- xo‘rlar (herdes cessau) deb atashgan.


Ikkinchi guruh esa, birinchi guruhdagilardan farqli o‘ laroq
«tashqi» yoki «begona» merosxo‘ rlar (herder extranie) deb nomlangan. Chunki ular mulkdor bilan bir oilani tashkil qilmas edilar. Shu bois meros bu guruhga kiruvchilarga tekkanda, mulk oiladan tashqariga chiqib ketganligi uchun, qonun bu merosni qabul qilish majburiyatini qo‘ymas edi. Ya’ni, «begona» meros- xo‘rlar berilayotgan merosni rad etishlari mumkin edi. Shuning uchun ularni «ixtiyoriy» merosxo‘ rlar (herder voluntaru) deb ham atashardi. Ixtiyoriy merosxo‘ rlar merosni har xil yo‘ llar cretio — guvohnomalar nazoratidagi tantanali bayonot va prohorede gestio — konklyudent harakatlar (concludere — muho- kama qilib xulosa chiqarmoq) bilan olish imkoniga ega edilar. Yustinian digestlarida asosan, merosni qabul qil ish uchun shunchaki ixtiyoriy bildiradigan magistrantga yo‘naltirilgan ariza berish lozim edi.
Merosni qabul qilish vaqti «sivil» huquqida belgilanmas edi. Pretor huquqida esa shu vaqtni qarindoshlar uchun yuz kun, boshqa merosxo‘rlarga esa bir yil belgilangan. Merosning ochilishi va qabul qilinishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘ ida meros yuridik jihatdan noaniq vaziyatda qolgan (hereditas jacens). Bu holatda merosdagi mulkka mulkdorsiz deb qaralgan (sine domino), ya’ni hech kimga tegishli emas deb topilgan. U merosning boshqa shaxs tomonidan egallab olinishi, o‘zlashti rib olinishi, ya’ni bir yil o‘tgach mulkni egallab olgan kishi mulkdor hisoblangan. Postklassik davr huquqida (hereditas jasensni) mulkdorsiz deb belgilanish rad etilgan va shu mulkni talon- taroj qiladigan shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilangan.
Merosni qabul qilishning ham moddiy, ham ma’naviy jihatlari mavjud bo‘ lgan. Merosni qabul qilishning ma’naviy jihati sacra— vafot etgan insonni va uning ajdodlari ruhini hurmat qilish majburiyatini yuksaltirishdan iborat bo‘lsa, moddiy jihati esa meros qoldiruvchining barcha, nafaqat moddiy balki shaxsiy huquqlari ham merosxo‘rga o‘tishdan hech kimga tegishli bo‘ la olmaydigan va uning o‘ lishi bilan to‘xtati ladigan huquqlar bu qoidadan mustasno edi. M erosxo‘r merosni olishga ulgurmasdan meros qoldiruvchi ko‘z yumsa uning meros bo‘yicha huquqlari o‘z

merosxo‘ rlariga o‘tar va bu o‘ tish oddiy holda bajarilar edi. Merosxo‘rga boyliklar bilan birga meros qoldiruvchining moddiy majburiyatlari (qarzlari) ham o‘tgan. Bunda merosxo‘r o‘zi zarar ko‘ rsa ham marhumning barcha qarzlarini uzishi shart edi (javobgarlik — ultra vires nereditatis).


Merosni qabul qilish natijasida merosxo‘r va meros beruv- chining mulki bir-biriga qo‘shilib ketar va kreditorlar tomonidan undirish obyekti bo‘ lib qolar edi. Agar yuqoridagi qoidalar o‘zgartirishlarsiz, izohlarsiz hayotga tatbiq etilsa yo kreditor, yo merosxo‘r zarar ko‘rishi tayin edi.
Agar meros bir necha odamga atalgan bo‘ lsa, bo‘ laklarga muvofiq taqsimlanardi. Bo‘ linmaydigan narsalar esa xuddi shu bo‘ laklar miqdorida umumiy mulk bo‘ lib qolar edi. Shuningdek, bunday taqsimlanish asosida meros qoldirgan insonning qarzlari ham taqsimlanardi. Merosxo‘r to‘g‘ridan to‘g‘ri merosdan voz kechayotganligi haqida xabar bersa yoki merosni qabul qilish muddati tugagan bo‘ lsa merosdan voz kechgan hisoblanar edi. Merosdan voz kechish jarayoni bir qator yuridik muammolarni keltirib chiqargan.
Birinchidan, voz kechish merosni navbatdagi shaxsga o‘tka- zishni taqazo qilardi. Bunday paytlarda navbatdagi shaxs, shu ondayoq, merosxo‘rning o‘rniga turar edi.
Ikkinchidan, merosxo‘rning o‘rniga turadigan odam bo‘ lmasa va qonunga yoki vasiyatga qaraganda u merosni boshqa shaxslar bilan bo‘lishishi kerak bo‘ lsa, uning merosdan voz kechishi boshqa, qolgan merosxo‘rlarning oladigan meros miqdori ko‘payar edi.
Uchinchidan, rim huquqi rivojlanishi sari sucessio ordinum et graduum tizimi kengayib bordi. Yustinian digestlarida bu tizimni quyidagicha ifodalash mumkin edi. Birinchi navbatda oiladagi qarindoshlari, ikkinchi navbatda esa uzoqroq qarindoshlari, ya’ni aka-ukalariga merosni berish edi. Agar birinchi navbatdagi merosxo‘rlar merosdan voz kechishsa, meros ikkinchi navbatdagi merosxo‘rlarga o‘tardi.
To‘rtinchidan, bir xil paytlarda meros qoldiruvchi inson o‘zining merosxo‘rlarini vasiyatnomada aytib ketardi. Vasiyatdagi

merosxo‘rlar bu merosni olishdan bosh tortsalar meros qonunda belgilangan merosxo‘rlarga o‘tib ketar edi.


Beshinchidan, sucess io ordinum et graduum t izi mi ni kiritishdan avval, agar yaqin qarindoshlar merosdan voz kechsalar meros uzoq qarindoshlarga o‘tmas edi. Demak, uzoq qarindoshlar merosni talab qilishga haqlari yo‘q edi. Sucessio ordinum et graduum tizimi kiriti lganda shunga o‘xshash vaziyat ham, vasiyatnomadagi ham, qonundagi merosxo‘rlar merosdan voz kechganlarida kuzatilar edi. Shunda merosdagi mulk vorissiz (bonum vacans) hisoblangan. Vorissiz mulklar uzoq vaqt toki ularni birov o‘zlashtirib olgunlaricha hech kimniki hisoblanmagan. Biroq bu holatni miloddan avvalgi I asrning oxirida Yuliy va Payeiy Pgmeylarning qonuni: «Vorissiz meros — meros qoldiruvchi insonning qarzlarini uzishga yo‘naltirilishi lozim» deb belgilaydi.
M erosxo‘ rning huquqlarini himoya qilish s ivil huquqi qoidalari bilan himoya qilinganida, himoya sivil da’volari asosida ko‘rilgan. Shu bois asosiy da’voning mazmuni merosxo‘ rlar talabidan iborat bo‘ lgan. Pretor huquqi faoliyati davomida merosxo‘rlar pretor interdikti yordami bilan himoya qilingan. Interdikt asosida merosxo‘r o‘zining mulkka nisbatan haqqini talab qilgan.
Yustinian digestlarida merosxo‘rlarning huquqlarini himoya qilish ham xuddi yuqorida belgilangan tartib asosida ko‘rilgan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling