Akademiy a isxakov


Download 1.65 Mb.
bet86/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

Rim huquqida pakt ...?


à) Bu — kelishuv

b) Bu — servitut


d) Bu — da’vo bilan himoya qilinmagan norasmiy kelishuv ye) Bu — bitim
f) Bu — kauza


  1. M erosdan mahrum etilganlar qaysi sudga murojat qilganlar?


à) Sentrumviral sudlariga
b) Imperator sudlariga
d) Pretor sudlariga
ye) Magistrat sudlariga

  1. Hakamlik sudlariga



I LOVA
XI I JADVAL QONUN LARI

Professor S. L. Utchenko tahriri ostida 1962 yilda nashr etilgan


«Qadimgi Rim tarixi xrestomatiyasi» kitobidan olingan



    1. jadval

  1. Agar kimdir sud so‘zlashuviga chaqirilsa, borsin. Kelmaydigan bo‘lsa, chaqiruvchi guvohlar oldida buni tasdiqlashi va kuch ishlatib olib kelsin.

  2. Agar chaqiriluvchi odam har xil bahonalar o‘ylab topadigan, yashirinishga harakat qiladigan bo‘lsa, chaqiruvchi uni ushlab olsin.

  3. Agar uning kasalligi yoki qariligi sabab bo‘ladigan bo‘lsa, chaqiruvchi odam izvosh yuborsin. Xohlamasa majbur emas.

  4. Sud so‘zlashuvi jarayonida o‘z xo‘jaligi bilan yashovchi uchun o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lgan kafil bo‘lsin. Xo‘jaliksiz fuqaroga kim xohlasa kafil bo‘laversin.

  5. Nimani kelishishgan bo‘lsa, sud so‘zlashuvida da’vogar o‘sha haqida so‘rasin.

  6. Agar tortishuvchi tomonlar kelisha olishmasa, choshgohgacha forumda yoki komitsiumda uchrashishsin. Tortishuvchi tomonlar o‘z huquqlarini (galma-galdan) navbat bilan himoya qilishsin.

  7. Choshgohdan so‘ng magistrat sud so‘zlashuvida hozir bo‘lgan tomonning talabini tasdiqlaydi.

  8. Agar sud so‘zlashuvida ikki tomon ham hozir bo‘lsa, quyosh botishi sud so‘zlashuvining nihoyasi bo‘lsin.




    1. jadval

1. (Gay. Institutsiyalar, IV.14: 1000 ass va undan ortiq da’volar bo‘yicha pontifiklar kassasiga 500 assdan iborat kafillik summasi qo‘yilar edi. 1000 assdan kam da’volar uchun 50 ass, bu XII jadval qonunlari tomonidan o‘ rnatilgan edi. Agar tortishuv qandaydir insonning erkinligi ustida borayotgan bo‘lsa, uning narxi nihoyatda baland bo‘lsa-da, yuqoridagi qonunda tortishuv atigi 50 assdan iborat kafillik summasi haqida borishi ko‘rsatilgandi).


2. Agar og‘ir kasallik yoki sud kunining kimnidir xoinlikda ayblashga to‘g‘ri kelib qolishi sudyaga (to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa) uchinchi hakam vositachi tortishuvchi tomonga sudga kelishga to‘sqinlik qilsa, unda sud tortishuvlari boshqa kunga qoldirilishi kerak.
3. Guvohlik ko‘rsatmalari yetishmayotgan tortishuvchi sudga kelmagan guvohning eshigi oldiga borsin va hamma eshitadigan qilib, uch kun davomida uni insofga chaqirsin.



    1. jadval

  1. Qarzdorga o‘z qarzini tan olgandan yoki sud tomonidan unga qarshi qaror chiqqanidan so‘ng 30 kun berilsin.

  2. Ko‘rsatilgan muhlat tugaganidan so‘ng da’vogar qarzdorni ushlasin va qarorni bajarish uchun sud so‘zlashuviga olib kelsin.

  3. Agar qarzdor sud qarorini bajarmasa va sud so‘zlashuvida uni hech kim javobgarlikdan ozod qilmagan bo‘lsa, da’vogar uni o‘zi bilan olib ketsin va og‘irligi 15 funtdan kam bo‘lmagan kishan bilan kishanlasin.

  4. Qarzdor tutqunlikda xohlasa o‘z hisobiga boqilsin. Agar u o‘z qaramog‘ida bo‘lmasa, uni tutqunli kda ushlab turuvchi kuniga 1 funtdan, xohlasa undan orttirib un bersin.

  5. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 1.46: Qarzdor tutqunlikda da’vogar bilan yarashish huquqiga ega. Agarda yarasha olmasa qarzdor tutqunlikda 60 kun qolar edi. Bu muhlat ichida ularni bozor kunlari ketma-ket uch marta komitsiumga, pretorning oldiga olib kelishgan va u yerda ularning qarzlari e’lon qilingan. Uchinchi bozor kunida ularga o‘lim jazosi qo‘llanilar yoki chet elga Tibr yurtiga sotuvga yuborilar edi).




    1. jadval

  1. (Sitseron. Qonunlar haqida, III . 8.19: XII jadvaldagi kabi yengillik bilan, haddan tashqari badbashara chaqaloq hayotdan mahrum etilgan).

  2. Agar ota o‘z o‘g‘lini uch marta sotsa, o‘g‘il ota hukmidan ozod bo‘lsin.

  3. (Sitseron. Filiðpiklar, I I. 28.69: XII jadval qonunidan foydalanib, o‘z xotinimga o‘ziga tegishli narsalarni olishni buyurdim va kalitni olib qo‘yib, haydab yubordim).




  1. (Avl Geliy. Antik kechalar, III . 16.12: Menga ayol erining vafotining 11 oyida tug‘ganida, u erining vafotidan keyin homilador bo‘lgan degan ish yuzaga kelgani ma’lum. Chunki detsemvirlar odam 11 oyda emas, balki 10 oyda tug‘iladi deb yozishgan).




    1. jadval

  1. (Gay. Institutsiyalar, I. 144—145: Ajdodlarimiz hatto balog‘atga yetmagan qizlar ham yengiltakligi sababli nazorat ostida bo‘lishlari kerak deb tasdiqlashar edi. Faqatgina qadimgi rimliklar ularning ilohiy maqomiga hurmat tariqasida (bunday qizlarni) shunday xizmatchi qizlarni mustasno ravishda nazoratdan ozod qilishar edi. XII jadval qonunida shunday deyilgan).

  2. ( Gay. Institutsiyalar, I I. 47: XI I jadval qonuni tomonidan agnatlar nazorati ostidagi ayolga tegishli res manciði ayolning o‘z nazorati roziligi bilan berilmasa bu aniqlashtirib qo‘yilgan).

  3. Kimki, o‘limidan keyin o‘z xo‘jaligi va qaramog‘i ostidagilarga ko‘rsatmalar qoldirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatmalar ta’minlanadi.

  4. Agarda hukmronligi ostida hech kimi yo‘q kimdir vorislik haqidagi ko‘rsatmalarni qoldirmay (o‘ladigan bo‘lsa) o‘lsa, u holda uning xo‘jaligini eng yaqin agnati o‘ziga olsin.

  5. Agarda marhumning agnatlari bo‘lmasa, undan qolgan xo‘jalikni uning qarindoshlari olsin.

  6. ( Gay. Institutsiyalar, I. 155: XI I jadval qonuni va vasiyatnoma bo‘yicha homiylari tayinlanmagan shaxslar uchun ularning agnatlari homiy hisoblandi).

  7. a) Agar inson aqldan ozsa, uning va mulkining ustidan hukumronlikni uning agnatlari yoki tug‘ishganlari olsin.

b) (Ulpian. I. 1. pr. D. XXVII. 10 : XII jadval qonuniga asosan isrofchiga unga tegishli mulkni boshqarish uchun ruxsat berilmas edi).

  1. a) (Ulpian. Lib. Sing. Regul, XL I : XII jadval qonuni ozodlikka chiqarilgan Rim fuqarosidan qolgan mulkni patronga topshirar edi, agarda bu fuqaro hukmi ostida hech kimi bo‘lmagan holda vasiyatnoma qoldirmay vafot etsa).

  2. a) (Gordian. I. 6. C. III . 36 : XII jadval qonuni bo‘yicha vafot etganning boshqalarga nisbatan qarz talabnomalarida aks etgan mulk bevosita, ya’ni hech qanday yuridik rasmiyatchiliklarsiz vorislar o‘rtasida ularning vorislik ulushlariga mos holda bo‘lib olinadi).



b) ( Diokletian. I. 26. S. I I. 3.: XI I jadval qonuniga asosan vafot etgan insonning qarzlari bevosita uning vorislariga ular olgan ulushlarga mos ravishda taqsimlanadi).

  1. (Gay. 1.1. pr. D.X. 2: Meros bo‘limidagi da’vo XII jadval qonuni qarorlariga asoslanadi).

    1. jadval

  1. Agar kimdir o‘zini garovga qo‘yish (bitimini) va narsani begonalashtirish bitimini 5 guvoh va tarozibon ishtirokida tuzsa, bunda aytilgan so‘zlar uzilmas deb hisoblansin.

  2. (Sitseron. Majburiyatlar to‘g‘risida, I I I. 16: XI I jadval qonuniga asosan bitim tuzilayotganda aytilgan so‘zlarni keltirish yetarli isbot hisoblangan. O‘z so‘zlaridan tonganlar ikki karra jarimaga solinar edi).

  3. (Sitseron. Tor. IV. 23: Yer uchastkasiga nisbatan egalik qilish muddati ikki yil boshqa narsalar uchun esa 1 yil o‘rnatilgan).

  4. ( Gay, Institutsiyalar, 1.3 XI I jadval qonuni tomonidan eri bilan uzoq muddat birga yashayotganligi fakti ostida o‘zining ustidan erining xokimiyati o‘rnatilishini xohlamagan ayol har yil i o‘z uyidan uch kechaga chiqib ketishi va shu tariqa o‘zining ustidan yillik egalikni uzgan bo‘lishi aniqlangan).

  5. a) (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 17. 7.8: Sud so‘zlashuvida o‘z qo‘li bilan o‘z narsasini turib berish — bu sud so‘zlashuvida tortishuv borayotgan narsaga qo‘ l ini tekizishi demakdir. Ya’ni, boshqacha aytganda, raqib bilan musobaqada tortishuvga sabab bo‘layotgan narsani ushlab olmoq va tantanali iboralar bilan unga bo‘lgan haqqini talab qilmoq. Narsaga qo‘lini qo‘yish ma’lum joyda, pretor xuzurida, agarda kimdir o‘z qo‘li bilan o‘z narsasini sud so‘zlashuvida talab qilayotgan bo‘lsa, XI I jadval asosida amalga oshirilar edi).

b) (Pavel. Fragm. Vatic., 50: XI I jadval qonuni 5 guvoh va tarozibon ishtirokida bitim yo‘li bilan narsani begonalashtirishni, hamda sud so‘zlashuvida pretorning oldida bu narsaga egalik huquqidan voz kechish yo‘li bilan begonalashtirishni tasdiqlaydi).

  1. ( Tit L iviy. I I I . 44: Appiy K lavdiy qonunlariga asosan himoyachilar (Verginiya himoyachilari) qizlarga nisbatan fikrlash erkinligi berilishini o‘zining dastlabki farmonlarida mustahkamlab qo‘ygan).




  1. Egasi boshqa odam tomonidan imorat qurishga yoki tok o‘tkazishga ishlatilgan, o‘z xoda va ustunlariga tegmasin va tortib olmasin.

  2. ( Ulpian. I, I pr. D. XLV1I. 3: XII jadval qonuni qurilishga yoki tok o‘tkazishga ishlatilgani o‘g‘irlangan ustunlarni o‘z mulki sifatida na talab qilishga, na tortib olishga yo‘l qo‘yar edi, lekin materiallar bahosining ikki barobarida ularni ishlatishda ayblanayotgan shaxsga da’vo qilinar edi).




    1. jadval

  1. (Fest. Deverb. Signif., 4: Aylanib o‘tish joyi, ya’ni imorat atrofidagi qurilishsiz joy 2,5 fut kengligida bo‘lishi kerak).

  2. (Gay. 1.13. D. X. 1: Chegara olish haqidagi da’volarda aytishlaricha Afinada Salon tomonidan o‘tkazilgan qonun kuchga ega bo‘lgan farmoyish misolida quyidagi XI I jadval qonuni ko‘rsatmalariga amal qilish kerak: agar qo‘shni uchastka bo‘ylab g‘ov qaziladigan bo‘lsa, chegaradan o‘ ti sh mumkin emas, agar devor olinsa, qo‘ shni uchastkadan 1 fut ichkariga olish kerak, agar turar joy bo‘lsa 2 futga, agar chuqur yoki qabr qazilsa, qancha chuqur bo‘lsa, shuncha tashlab, quduq bo‘lsa 6 fut tashlab, agar zaytun ekilsa, qo‘shni uchastkadan 9 futga, qolgan daraxtlar uchun esa 5 fut joy tashlash kerak bo‘ladi).

  3. (Pliniy. Tabiiy tarix, 19. 4. 50: XI I jadvalda «xumor» so‘zi umuman ishlatilmas edi. Uni belgilash uchun esa, ko‘pincha hortus— chegaralab olingan joy so‘zidan foydalanar edilar. Bunda unga ota mulki ma’nosida qaralar edi).

  4. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XII jadval qadimiyligi bo‘yicha 5 fut kenglikdagi oraliqlarni sotib olishni taqiqlar edi).

  5. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XI I jadval qaroriga asosan, chegaralar haqida tortishuvlar yuzaga kelsa, biz chegara olishni 3 dallol ishtirokida amalga oshirishimiz lozim).

  6. (Gay. 1. 8. D. VIII. 3: XII jadval qonuni bo‘yicha to‘g‘ri yo‘llarning kengligi 8 fut, burilishlar 16 fut qilib belgilangan).

  7. Yo‘l chetidagi uchastkalarning egalari yo‘lni o‘rashsin. Agar tosh yotqizishmasa, egarlanadigan hayvonlarda xohlagan yerlarda yurishlari mumkin.

  8. a) Agarda yomg‘ir suvi zarar yetkazsa ...

b). (Pavel. 1. 5. D. XL, I II , 8: Agar jamoat yeridan oqib o‘tuvchi irmoq yoki ariq xususiy mulkka zarar keltiradigan bo‘lsa, unda mulk egasiga XI I jadval qonuni asosida zararni qoplash haqida da’vo berilar edi).



  1. a) ( Ulpian. I. 1. 8. D. XLIII , 27: XI I jadval qonuni, bog‘ soyasi qo‘shni uchastkalarga zarar yetkazmasligi uchun 15 futdan baland daraxtlarni kesishni buyurar edi).

b) (Pomponiy. I. 2. D. XL III . 27: Agar qo‘shni uchastkadagi shamoldan sening uchastkangga egilsa, unda sen XI I jadval qonuniga asosan uni yig‘ishtirib olish uchun da’vo berishing mumkin).

  1. (Pliniy. Tabiiy tarix, XVI. 5.15: XI I jadval qonuni qo‘shni uchastkadan tushuvchi yong‘oqlarni terishga ruxsat berardi).

  2. (Yustinian. I. 41. I. I I. 1: Sotilgan va berib yuborilgan narsalar sotuvchiga sotib olish narxini to‘laganda yoki uning talablarini boshqa yo‘llar bilan qondirgan taqdirdagina oluvchining xususiy mulki bo‘ladi. Masalan, kafilni ko‘rsatsa yoki garovga u bu narsa bersa. XI I jadval qonunida shunday ko‘rsatilgan).

  3. (Ulpian. lib. Sing. Regul. I I. 4: Agar vasiylik beruvchi quyidagi ko‘rsatmalarni bergan bo‘lsa, qulni mening vorisimga 10000 sester - siyni to‘lash sharti bilan ozod qilaman, unda bu qul vorisdan begona- lashtirilgan bo‘lsa-da, u oluvchiga bu summani to‘lab ozodlik (chi- qish)ni qo‘lga kirita oladi. XII jadval qonunida shunday qaror qilingan).




    1. jadval

  1. a) Kimki ahmoqona qo‘shiq kuylasa.

b) (Sitseron. Davlat to‘g‘risida, IV. 10. 12: XI I jadval jinoiy ishlarning bir nechtasiga o‘lim jazosini o‘rnatdi, shu jumladan, kimdir boshqa odamni sharmanda va tuhmat qiluvchi qo‘shiq yaratsa (aytib yursa) unga nisbatan ham ushbu jazoni qo‘llash zarur hisoblangan).

  1. Agar zarar keltirsa va jabrlanuvchi bilan yarashib olmasa, o‘ziga ham xuddi shunday zarar yetkazilsin.

  2. Agar qo‘l yoki tayoq bilan ozod odamning suyagini sindirsa 300 ass, qul bo‘lsa 150 ass jarima to‘lasin.

  3. Agar ozor yetkazsa jarima 25 ass.

  4. Sindirsa, o‘rnini tiklasin.

  5. (Ulpian. I. pr. D. IX. 1: Agar kimdir uy hayvoniga zarar keltirgani haqida arz qilsa, unda XI I jadval qonuni jabrlanuvchiga bu hayvonni berishni yoki zararni qoplashni buyuradi).




  1. (Ulpian. I. 14. 3. D. XIX. 5: Agar yong‘oqlar sening daraxtingdan mening uchastkamga tushsa, va men mollarimni ular bilan boqsam, unda XI I jadval qonunlari bo‘yicha sen na hosilni yeb qo‘ydi deb, na hayvon keltirgan zarar haqida, na noqonuniy harakatlar keltirgan zararlar haqida da’vo qila olasan, chunki mol sening uchastkangda boqilmadi).

  2. a) Kimki ekilgan ekinlarni buzsa unga nisbatan jazo qo‘llansin.

b) O‘zganing xosilini o‘zining uchastkasiga o‘tkazib olmasin.

  1. (Pliniy. Tabiiy tarix, 18.3.12: XII jadval bo‘yicha omoch bilan ishlov berilgan maydonda kechki payt hosilni yig‘ib olish yoki uni yem qilish qabih gunoh hisoblangan. XII jadval Serfe xudosiga yo‘liqqanlarga o‘lim jazosini tayinlagan. Bunday jinoyatda aybdor voyaga yetmagan bo‘lsa, pretorning qarori bilan kaltaklanar yoki keltirilgan zararni ikki barobar qoplashga buyurilar edi).

  2. ( Gay. I. 9. D. XLVI IG‘ 9: XI I jadval qonunlari imoratlarni yoki uy yaqiniga joylashtirilgan non skirdalarini yondirib yuborganni, agar u buni qasddan qilgan bo‘lsa kishanlashni, kaltaklaganidan so‘ng o‘limga mahkum etishni buyurar edi. Agar yong‘in bexosdan, ya’ni ehtiyotsizlikdan sodir bo‘lgan bo‘lsa, u holda qonun aybdor zararni qoplashi, agar bunga qodir bo‘lmasa yengilroq jazo tayin- lashga buyurgan).

  3. (Pliniy. Tabiiy tarix, 17. 1. 7: XI I jadval qonunlarida bego- naning qasddan kesilgan har bir daraxti uchun 25 assdan to‘lashi ko‘rsatilgan).

  4. Agar kimki o‘g‘rili k qilgan joyida o‘ldirilsa, u holda uning o‘limi qonuniy deb hisoblanadi.

  5. Agar kunduzi qo‘lida quroli bilan qarshilik ko‘rsatsa, xalqni chaqir.

  6. (Avl Geliy. Antik kechalar, XI. 18.8: Detsemvirlar o‘g‘rilikda ashyoviy dalil lar bilan ushlangan ozod insonlarga tan jarohati berishni va jabrlanuvchiga boshi bilan javob berilishini, qul bo‘lsa qamchi bilan jazolashni va qoyadan tashlab yuborishni.

Lekin voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagilar o‘rnatilgan: pretorning irodasi bilan tan jazosi berish yoki zarar undirish).

  1. a) (Gay. Institutsiyalar, I I I. 191: XII jadval qonunini bo‘yicha agar yo‘qolgan narsa kimningdir uyidan fortal tintuv paytida topilsa, shu narsa qiymatining uch barobarida jarima tayinlangan).

b) (Gay. Institutsiyalar, III . 192: XII jadval qonuni tintuv olib boruvchi tintuv paytida sochiqli bog‘ichdan boshqa hech qanday kiyimda bo‘lmasligini va qo‘lida tova ushlab turishni belgilagan.



  1. Agar o‘g‘rilik haqida da’vo kelti rilsa, va bunda o‘g‘ri joyida dalillar bilan ushlangan bo‘lmasa, sud tortishuvini narsaning ikki hissa narxini belgilash bilan hal qilsin.

  2. ( Gay. Institutsiyalar, I I. 45: XI I jadval qonuni o‘g‘irlangan narsaning qadimiyligini hisobga olib sotib olishni taqiqlaydi).

  3. a) (Tatsit. Annalar, VI. 16: XI I jadval qonuni bilan birinchi marotaba qaror qilindi: bungacha boylar xohishi bo‘yicha olingan bo‘lsa-da, endi hech kim oyiga 1 foizdan ortiq olishi mumkin emas).

b) ( Katon. Dehqonchilik haqida, kirish 1: Ajdodlarimizning xususiyatlaridan biri o‘g‘rilarni o‘g‘irlagan narsasini ikki barobar qoplashga, sudxo‘rni esa olgan foizlarning to‘rt barobari miqdorida undirishni qonunlarga kiritishdi).

  1. (Pavel. Libri V Sentiarum, II. 12. 11: XII jadval qonuni bo‘yicha saqlash uchun topshirilgan narsa uchun uning qiymatining ikki hissasi miqdorida da’vo beriladi).

  2. (Tribonian. I. 1. 55. D. XXVI. 7: Homiylar tomonidan homiyligi ostidagining mulki talon- taroj qilinganda, bu homiylarning har biri uchun XII jadvallarda homiylarga qarshi o‘rnatilgan ikki karra hajmdan da’voni ilgari sursa bo‘ladimi, aniqlash kerak).

  3. O‘z mijoziga zarar kelt irgan patron yer osti xudolariga topshirilsin (ya’ni, badnom qilinsin).

  4. Agarda kimdir guvoh yoki tarozibon sifatida bitimda ishtirok etsa va keyinchalik guvohlik berishdan bosh tortsa, u lafzsiz deb tan olinadi va guvoh bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi.

  5. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 1. 53: XII jadval qonuni bo‘yicha yolg‘on guvohlikda ushlangan Parpey qoyasidan tashlangan).

  6. a) Agarda qo‘l bilan otilgan nayza belgilangan joydan uzoqqa borib tushsa (qo‘yni) qurbonlik qilish lozim.

b) (Pliniy. Tabiiy tarix, XVIII . 3. 12. 8—9: XII jadval qonuni bo‘yicha hosilni yashirin nobud qilganlik uchun odam o‘ldirgandan ko‘ra og‘irroq o‘lim jazosi tayinlanar edi).

  1. (Gay. 1. 236 pr. D. L. 16: Agarda kimdir zahar to‘g‘risida gapirayotgan bo‘lsa, insonning sog‘lig‘i uchun uning foydali va zararli xususiyatlarini ochib bersin. Axir dori ham zahar hisoblanadi).




  1. (Porsiy. Lampo. Decl. 1m Catil., 19: XI I jadval qonunida hech kim shaharda kechki yig‘ilishlarni o‘tkazmasligi ko‘rsatilgan).

  2. ( Gay. I. 4. D. XLVI I, 22: XI I jadval qonuni jamoalar, hamjamiyatlar a’zolariga o‘zaro istalgan kelishuvlar tuzish huquqini berar edi. Bunda ular jamoat tartibiga tegishli biror bir qaror buzishmasa, bu qonun ko‘rinishi Salon qonunchiligidan o‘zlashtirilgan).




    1. jadval

1.2. (Sitseron. Qonunlar haqida, 111. 4. 11. 19. 44: Imtiyozlarni, ya’ni qonundan o‘z foydasi tomon chetlashishlarni so‘rashmasin. Rim fuqarosining o‘lim jazosi hukmi faqatgina senturiat komis- siyalarda chiqarilsin. XI I jadval qonunining shonli qonunlaridan biri alohida shaxslar foydasi uchun qonundan istalgan holda chetga chiqarishni yo‘q qiluvchi, ikkinchisi Rim fuqarosiga o‘lim jazosi hukmini senturiat komissiyadan tashqariga chiqarishni taqiqlagan).



  1. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX, 17: Nahotki sen sud so‘zla- shuvida ishni ko‘rib chiqish uchun tayinlangan va bu ish bo‘yicha pora olganda ushlangan sudya yoki vositachini o‘lim jazosi bilan jazolovchi qonunni og‘ir deb hisoblasang)?

  2. (Pomponiy. I. 2. 23. D. 1.2.: O‘lim jazosini amalga oshirishda ishtirok etayotgan Kvestorlar jinoiy kvestorlar deb atalgan. Ular haqida, hatto XI I jadval qonunlarida ham aytib o‘tilgan ).

  3. ( Marsian. I.3. D. XLVII . 4: XII jadval qonuni Rim xalqi dush- manini Rim davlatiga hujum qilishga gij-gijlovchi yoki Rim fuqarosini dushmanga sotuvchini o‘lim jazosiga mahkum qilishni buyuradi).

  4. (Salvian. Boshqaruvchi xudo haqida, VIII . 5: XII jadval qarorlari insonni hech qachon sudsiz hayotdan mahrum qilishni taqiqlagan).

    1. jadval

  1. Marhumni shaharda ko‘mish va yoqish mumkin emas.

  2. Marhumni yoqish uchun tayyorlangan gulxanga o‘tin bolta yordamida yorilsin va keragidan ortiq tayyorlanmasin.

  3. (Sitseron. Qonunlar haqida, I I. 23.59: XI I jadval qonuni dafn marosimida xarajatlarni cheklash maqsadida uchta kafanlik, bitta alvon rangli rido va o‘nta fleytachini (cholg‘uchi) hamda marhumning ruhiga tilovat qilishni taqiqlaydi).




  1. Ayollar dafn marosimida yuzlarini yulmasinlar va marhum ruhiga ti lovat qilmasinlar.

  2. (Sitseron. Qonunlar haqida, I I. 23. 59: Dafn etish uchun ataylab murdaning suyaklarini yig‘masinlar, bundan jang maydonida yoki yot yerlarda o‘lganlar holati mustasno).

  3. a) (Sitseron. Qonunlar haqida, I I. 23. 59: Undan tashqari, qonunlarda yana quyidagi qoidalar belgilangan: mo‘miyolash, iforli suvlar sepish, qullarni jazolash hamda jomlarda ichimlik ichish bekor qilinadi. «Dabdaba bilan iforli suvlar sepilmay, uzun gulchambarlar osilmay, tutatqilar tutatilmay dafn eti lsin»).

b) (Fest. De verb. Signif. 154: XI I jadvalda marhumlar yoniga duo o‘qilgan ichiml iklar qo‘yishni bekor qilish e’tirof etilgan).

  1. Agar kimdir shaxsan o‘zi yoki otlari, qullari (o‘yinlarda qatnashganligi uchun) ko‘rsatgan qahramonligi uchun chambar bilan taqdirlangan bo‘lsa, u odam o‘lganida unga gulchambar qo‘yish taqiqlanmagan, shuningdek, uning qarindoshlariga dafn marosimida chambarlar taqib qatnashishga ruxsat berilgan.

  2. Marhumni dafn etayotganda unga qo‘shib oltin ko‘milmaydi. Agar marhumning tishlari till a bilan qoplangan bo‘lsa, u holda jasadni shundayligicha ko‘mish yoki kuydirish qoralanmagan.

  3. (Sitseron. Qonunlar haqida, I I. 24. 61: Qonun mulkdorning roziligisiz unga tegishli binodan 60 futdan yaqinroq masofada marhumga dafn gulxanini yoqish yoki qabrga dafn qilishni taqiqlaydi).

  4. (Sitseron. Qonunlar haqida, I I. 24. 61: Qonun avvaldan dafn yoki jasadni kuydirish uchun joy hozirlab qo‘yishni taqiqlaydi).

    1. jadval

  1. (Sitseron. Davlat haqida, II , 36. 36: Detsemvirlar ikkinchi chaqirig‘i adolatsiz qonunlarning ikki jadvalini qo‘shishdi, vaho- lanki eng g‘ayri insoniy qonun bilan plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi nikohning man etil ishini qarorlashtirib qo‘ydilar).

  2. ( Makrobiy. Sat., 1. 13. 21: Ikkita jadval qo‘shgan detsemvirlar xalqqa taqvimni o‘zgartirishni taklif qildilar).

    1. jadval

  1. Agar qarzni undirish maqsadida qarzdorning biror narsasi (buyum, ashyo, boylik) egallansa bunga qonun tomonidan ruxsat



etiladi. Ammo XI I jadval qonunlariga ko‘ra, kimki qurbonlik keltirish maqsadida pulini to‘lamagan holda hayvonni qo‘lga kiritgan yoki ijaraga berilgan markabning xizmati evaziga hech narsa bermagan holatlar bundan mustasno.

  1. a) Agarda qul o‘g‘irlik qilsa yoki zarar yetkazsa jazolanadi.

b) Ozod bo‘lmagan shaxslar yoki qullar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tufayli, yetkazilgan zarar bo‘yicha da’volar paydo bo‘ladi. Mazkur da’voga ko‘ra, qulning egasiga yetkazilgan zararni qoplash yoki aybdorni topshirish majburiyati yuklanadi. Ushbu da’volar qonun yoki pretor ediktlari bilan o‘ rnatiladi. Qonun bilan o‘rnatilgan da’volarga XII jadval qonunlarida bayon qilinganidek, o‘g‘rilik haqidagi da’vo kiritil adi.

  1. Agar sud jarayoniga soxta ashyoni keltirsa yoki sud guvohligini inkor qiladigan bo‘lsa, u holatda pretor 3 nafar xolisni tayinlasin va ularning qaroriga ko‘ra bahslashilayotgan ashyoning 2 baravar qiymatini to‘lasin.

  2. XI I jadval qonunlariga binoan sud muhokamasining predmeti hisoblangan ashyoni diniy muassasalarga qurbonlik qilish taqiqlanadi. Aks holda o‘sha ashyoning 2 baravar qiymati jarima sifatida to‘lanishi shart. Ammo mazkur jarimani davlatga yoki da’vo bilan chiqqan shaxsga berish qonunda ko‘rsatilmagan.

  3. XI I jadval qonunlarida xalq yig‘inlarining har qanday qarori qonun kuchiga egaligi haqida qaror qilingan.





Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling