Akademiy a isxakov
-§. Ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslarning huquqiy holati
Download 1.65 Mb.
|
RIM HUQUQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-§. Kolonlarning huquqiy holati
5-§. Ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslarning huquqiy holatiRim quldorlik davlatining sinfiy davrida ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslarning huquqiy holatlari kim va qaysi mulkdor tomonidan ruxsat etilganligiga qarab belgilangan. Kviritlar huquqi bo‘yicha kvirit mulkining egasi tomonidan biror shaxs ozod etilgan bo‘ lsa, u bevosita Rim fuqaroligiga ega bo‘ lgan, ammo pretorlar edikti bilan ham bog‘ liq bo‘ lgan va imperator Yustinian tomonidan bu farqlar yo‘qotilib, to‘liq asosda Rim davlatining fuqarosi degan huquqiy holat beriladigan bo‘ldi. Ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslar libertinlar huquqiy holati bo‘yicha barcha shaxslar qatori teng huquqli hisoblansa ham, biroq ular ozod bo‘ lib tug‘ i lgan shaxslar bilan teng hu- quqli hisoblanmagan. Ayniqsa, ozodlikka qo‘yib yuborilgan shaxslarning fuqarolik huquqiy munosabatlariga kirishishida cheklanishlar mavjud bo‘ lgan, ya’ ni ular ozod bo‘ lib tug‘ i lgan shaxslar bilan nikohga kirisha olmagan, hatto senatorlar bilan nikohga kirishishning taqiqlanishi imperator Yustinian davriga- cha saqlanib qolgan. Bundan tashqari, libertin avvalgi patroniga (xo‘jayiniga) qaram bo‘ lib, uy va xo‘jalik ishlarini bajarish, unga hurmat bilan qarash, hatto patronni sudga bera olmaslik kabi chegaralangan huquqlarga ega bo‘ lgan. Ozodlikka qo‘yib yuborilganlar Rim fuqaroligiga to‘liq ega bo‘lsa-da ekspluatatsiya xarakteridan kelib chiqib, hatto Rim quldorlari arzon mehnat bilan bog‘ liq bo‘ lgan qulchilikni hech qachon yo‘qotishni hohlamaganlar. Shu bois ular ozodlikka chiqsa ham, patronning o‘ziga, patron o‘lgandan keyin xizmat qilish uning merosxo‘rlariga ham bu huquqlar o‘tkazilgan. 6-§. Kolonlarning huquqiy holatiKolonlar Rim imperiyasi davrida vujudga kelgan shaxslardir. Rim davlatida imperatorlarning konstitutsiyalarini, huquqshunos- lar asarlarini, magistratlar ediktlarini, umumiy majlis qarorlarini kodifikatsiya qilishni huquqshunoslar oldiga vazifa qilib qo‘yilar ekan, eng avvalo Yustinian kodeksi, digesti, novellasi va institut- siyasi vujudga kelishidan oldin ham qonunlar kodifikatsiya qilinib, Feodosiya kodeksini vujudga keltirgan va birinchi marotaba ushbu kodeksda kolonlarning huquqiy holati haqida fikrlar yuriti lgan. Lekin kolonlarning paydo bo‘lishi va ularning jamiyatni rivojlanti - rishdagi ta’siri haqida manbalarda yetarlicha ma’ lumotlar kel- tirilmagan. Kolonlar — bu ijarachilar, ya’ ni yerni ijaraga beruvchi quldorlar ma’ lum shartnomalar asosida haq to‘ lab turish evaziga yerni kolonlarga topshiradi. Kolonlar quldorlardan yerni olgach mustaqil harakat qilgan, hatto ulardan yerni ishlash, urug‘ lar sotib olish maqsadida pul ham qarz oladi va xo‘jayiniga iqtisodiy tomondan qaram bo‘ lib qoladi. Kolonlarni yer bilan bog‘ lash maqsadida 322- yi lda qabul qilingan konstitutsiya kolonlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan tashlab ketilgan yerlarga, ular- ning o‘zlarini majburiy qaytarishni tikladi. Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni mustahkamlash yuzasidan 357-yilda yana bir qonun qabul qilingan va unda yer kolonlarsiz, ya’ni ijaraga olgan shaxslarsiz sotilishi mumkin emas, degan qoida qat’iy belgilanmagan. Bu qoidalarning barchasi fuqarolik huquqiy layoqatga to‘liq ega bo‘lgan kolonlarni yerga bog‘lab qo‘ydi va shu bilan birga, ularni shu yerda yashasin, o‘z faoliyatini amalga oshirsin degan tamoyilni Rim quldorlik davlati yanada mustah- kamladi. Kolonat (kolonlar huquqiga ega bo‘lish) asosan ota-onasi kolon bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan farzandlar, ozod bo‘lgan shaxslarning kolon bo‘lishi va yer bilan bog‘liq bo‘lishini e’tiborga olib, o‘zaro kelishuvlarni tuzish asosida va 30 yil davomida kolonlar yashagan turmush tarzida istiqomat qilgan shaxslar kolonlar huquqiga yoki uning huquqiy holatiga ega bo‘lganlar. Kolonlikdan ozod bo‘lish asosan kolon tomonidan ijaraga berilgan yerni sotib olish hamda diniy munosabatlarga o‘zini to‘ liq bag‘ ishlash asosida amalga oshirilgan va ular ozod bo‘lgan. Kolonlar institutining vujudga kelishi kolonni yer, mablag‘, sug‘orish, qayta ishlash bilan bog‘lab qo‘yish quldorlik jamiyatining rivojlanib va taraqqiy etib borayotgan va o‘zining tizimida feodal munosabatlarni (krepostnoy huquq) vujudga keltirayotgan va feodal jamiyatiga o‘tish uchun asos paydo bo‘layotganligidan darak berardi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling