Akademiy a isxakov


-§. Qullarning huquqiy holati


Download 1.65 Mb.
bet20/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

4-§. Qullarning huquqiy holati


Bizga ma’ lumki, Rim davlatida qadimdan quldorlik davlati sifatida qullar institutining mavjudligi va bu qullarning egalari har xil shaxslar bo‘ lganligi, ba’zi hollarda esa davlatga oid qullarning ham bo‘lganligi bevosita Rim tarixida aks etgan.
Qullarning huquqiy holati asosan ular huquqiy munosabat- larni amalga oshiruvchi subyektlar bo‘ lib qolmasdan, balki ular shu munosabatlarning obyektlari hisoblangan. Qullarning ashyo sifatida hech qanday huquqlarga ega emasligi tufayli xo‘jayini ularga nisbatan istagan harakatlarni amalga oshirish, chegarasiz, mutloq huquqlarni amalga oshiruvchi shaxs bo‘ lib hisoblangan.
Rim davlatining boshlang‘ ich davrlarida qullarning ahvoli bir muncha yaxshiroq bo‘ lgan. Qulni asir qilib olgan shaxs, ertaga o‘sha qulning otasi yoki ukalari, bolalari tomonidan uning o‘zini ham bir kun asir qilib olinishi ehtimolini o‘ylagan holda qullar bilan bo‘ lgan munosabatlarni birmuncha yumshoqroq xarakterda olib borganlar. Quldorlar qullarning oilasi bilan aloqada bo‘lganlar va qullardan ko‘proq yordamchi kuch sifatida foydalanish mum- kinligini e’tiborga olganlar.
Rim davlatining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining yanada kuchayishi natijasida qullarning soni nihoyatda ko‘paydi. Ularni Osiyo, Afrika mamlakatlaridan sotib olib kelish kuchayib, qullar instituti mutloq institutga aylandi. Ekspluatatsiya qilish usullari o‘zgardi va kuchaydi. Qulli kning o‘rnatilish usullari ko‘pchilik hollarda urushlar oqibatida asir olish, chet el fuqarosini egallash kabi asoslarda, qul bo‘ lgan ona va otadan tug‘ ilishi natijasida, nikohsiz ona qul bo‘ lsa undan tug‘ ilgan farzand ham qul bo‘ lib hisoblanishi asosida qullik o‘rnatilardi.

Pretor ediktlari asosida ozod bo‘lgan fuqaroning o‘zini qullikka sotishi va keyinchalik o‘zini sotgan pulga o‘zi va qulning egasi tomonidan ozodlikka chiqaraman degan va’da berilganligi tufayli harakat sodir eti lganligini bilib qolsa, u umrbod qulga aylantirilardi. Imperiya davriga kelib qullikka aylantirish tartibi va asoslari yo‘qolib, uning o‘rniga yangi asoslar qo‘llanilgan.


Sud tomonidan belgilangan jazolar asosida o‘lim jazosiga mahkum etilgan shaxslar va ozod bo‘ lgan xotinning qul bilan jinsiy aloqada doimiy bo‘ lishi ham qullikni keltirib chiqargan.
Qullarning shaxsiy huquqiy holati. Qullar ashyolardir. Ularning Rim armiyasi safida xizmat qilishi man etilgan hamda davlat xazinasiga soliq to‘ lamaganlar ya’ni, ularni inson yoki fuqaro sifatida tan olmaganlar.
Oilaviy huquqiy holati. Ular oila qura olmagan, chunki qulning xotin kishi bilan aloqasi nikoh deb hisoblanmagan.
Mulkiy munosabatlar bo‘yicha qullar individual, umumiy, ashyoviy obyekt, uzufrukt, garov, ya’ni majburiyatlarning bajarili- shini ta’minlovchi usul, oldi-sotdi, qarz, mulk ijarasi shartnomala- rining obyekti bo‘lib hisoblangan. Qullarning o‘zlariga taalluqli ashyolari bo‘ lmagan. Chunki qullardagi barcha mulklarning egasi qulning xo‘jayini hisoblangan. Rim quldorlik jamiyatining rivojla- nishi, ayniqsa ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, xalqaro savdo munosabatlarining vujudga kelishi qullarning biroz bo‘lsa-da huquqlarining kengayishiga olib keldi. Chunki qulning xo‘jayinining bir o‘zi barcha munosabatlarda qatnashish uchun jismoniy tomondan ulgura olmay qoldi.
Quldorlar qullarning aqli borligidan ongli ravishda o‘z xo‘jayi- niga xizmat qilishini va ularning tadbirkor ekanligidan foydalanib, o‘z nomidan shartnomaviy munosabatlarga kirishish uchun vakolatlar berganlar, hamda ulardan savdo kemasi kapitanlari, korxona rahbarlari sifatida foydalanganlar. Vujudga kelgan huquq va majburiyatlar yuzasidan qulning xo‘jayini kreditorlar oldida mas’ul bo‘lgan. Qulning xo‘jayini qulni o‘z oilasida yashaganligini e’tiborga olib, unga yer, chorva mollari, xo‘jali k tovarlari, hatto o‘z yerini, hovlisini ishlash uchun ba’zan (Servi vicarii) boshqa qullarni ham bergan. Qul esa mustaqil asosda o‘z xo‘jalik faoliyatini

amalga oshirgan. Ayniqsa, o‘ziga taalluqli mulklardan ozod holda foydalangan va qisman bo‘ lsa-da tasarruf etgan, ya’ni pekuliy instituti vujudga kelgan. Pekuliy — xo‘ jayinning o‘z qullariga mustaqil xo‘jalik yuritish uchun berib qo‘ygan mulkining bir qismi (yer uchastkasi, hunarmandchilik ustaxonasi, qoramollari va boshq.) ga aytilgan.


Fuqarolik huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanishi natijasida qullar huquqiy holatining o‘zgarishi pekuliy asosida huquqiy munosabatlarda qatnashishi va mulkiy javobgarlikni belgilash uchun muhim bo‘lgan. Qullar tomonidan tuzilgan ishlab chiqarish protsessi xarakteri bilan bog‘liq bitimlar yuzasidan kelib chiqqan moddiy javobgarlik uchinchi shaxslar oldida, dastlabki paytlarda xo‘jayin javob bermagan bo‘lsa, keyinchalik esa huquqiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida qulning xo‘jayini to‘ liq asosda javob bergan. Bu mulklarning barchasi qulning xo‘jayiniga taalluqli bo‘lsa-da, lekin undan qullar ham foydalangan. Qulli kdan ozod bo‘lish doimo qulning xo‘jayini xohishi bilan bog‘ liq bo‘ lgan. Ayniqsa, u vasiyatnomalarda ko‘rsatilgan, qaysi vaqtda, qanday holatda qul o‘zini o‘zi sotib olish uchun kimga
qancha summa to‘lashi lozimligi kabi masalalarni hal qilgan.
Qullarni ozod qilishning qadimdan quyidagi 3 ta shakli, usuli mavjud bo‘lgan:
birinchidan, meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomada qaysi vaqtdan boshlab qulning ozodlikka chiqishi mumkinligi ko‘rsatilgan holatda;
ikkinchidan, meros qoldiruvchi o‘z merosxo‘rlariga qachondan, qaysi paytdan boshlab qulni ozod qilishi to‘g‘risida ko‘rsatmani yozib qoldirgan;
uchinchidan, qulni ozod qilish uchun biror- bir shart yoki ozod qilishni to‘xtatib turuvchi harakatni sodir etish bilan bog‘liq bo‘ lgan.
Masalan, «mening vorisim Maniliyga sen 200 dinor berganing- dan keyin sen qullikdan ozod bo‘lasan» degan asoslar qulchilikdan ozod qiluvchi dali llar hisoblangan.
Respublika davrida qullarni qulli kdan ozod qilish uchun quldor guvohlar ishtirokida qulni qo‘yib yuborish, ya’ni ozod qilish


to‘g‘risidagi xatni tuzish orqali ham amalga oshirilgan. Sinfiy davrida qul tomonidan o‘z xo‘jayinining kim o‘ldirilganligi aniqlansa hamda
20 yil davomida ozod bo‘lib yashab kelgan bo‘lsa, qul ushbu muddat o‘tishi bilan qulli kdan ozod bo‘lgan.
Quldorlik davlatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, qullarni ozod qilmaslik tamoyilini amalga oshirish, ya’ni unga monelik qilish yo‘llarini izlab topish bilan bog‘liq bo‘lgan. M iloddan avvalgi I asrlarga kelib, davlat tomonidan bir nechta qonunlar qabul qilingan bo‘ lib, ularning maqsadi qullarni ozodlikka chiqarishga qarshi me’yorlar o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Ushbu bu me’yorlardan quyidagilar o‘rin olgan:

  • 20 yoshli xo‘jayin tomonidan 30 yoshli qulni ozod qilish to‘g‘risidagi harakatlarni alohida komissiya tekshirib ko‘rishi;

  • qullarning salbiy xislatlilarini chet elga chiqarib yuborishi;

  • gladiatorlarni ozodlikka chiqarmaslik va boshq.




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling