Akademiy a isxakov


-§. Huquqni himoya qilish va amalga oshirishda vaqtning ta’siri


Download 1.65 Mb.
bet16/89
Sana24.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1061398
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Bog'liq
RIM HUQUQI

8-§. Huquqni himoya qilish va amalga oshirishda vaqtning ta’siri


Huquqni himoya qilish va uni amalga oshirishda vaqtning ahamiyati shundan iboratki, u faktik holatlarni keltirib chiqaradi, faktlarni huquqqa (talab qilish huquqiga) aylantiradi, huquqni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi hamda bekor qiladi. Vaqt shaxslarga huquq beradi, ba’zilaridan esa huquqni olib qo‘yadi yoki huquqning harakatini to‘xtatadi.
Qadimgi Rim quldorlik davlati huquqida vaqt o‘tishi bilan mulkka bo‘lgan egalik huquqi vujudga kelgan. Mulk huquqining egasi, subyekt bo‘ lishi uchun 25 yil talab qilingan. Imoratlarni sotgan vaqtda olti oy davomida uning kamchiliklari, defektlari ko‘rinib qolsa, oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan, yoki uy- joyni qimmat bahoga sotgan bo‘ lsa 2 yil davomida bahosini yana qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan.
Rim huquqida eslay olmaydigan, eslash qiyin bo‘lgan, lekin ehtimoldan holi bo‘ lmagan vaqt (davr) muddatlari ham qo‘ lla- nilgan. Masalan, Pomponiy tomonidan qurilgan ko‘prikni olaylik. Ko‘prikka bo‘lgan mulk egaligi o‘rnatilmagan bo‘lsa ham, ehtimol qilinib, unga mulk huquqining egaligiga o‘xshash egallaniladi, qo‘riqlanadi va buzilib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vaqtlarni hisoblash kalendar vaqti, yillar, oylar, voyaga yetganlikni tan oluvchi muddatlar, tug‘ ilgan kunlar kabi vaqtlar

va davrlar bilan belgilangan. Sutkalar, yarim tun, yilning oxirgi kuni, bahorning kelishi, diniy bayramlar kuni kabilarga bo‘lingan. Vaqtning tamom bo‘lishi—shartnomalarda ko‘rsatilgan shart- larning bajarilishini talab etadi. Shuningdek, shartnoma bajaril- magan taqdirda keltirilgan zararlarni undirish munosabatlarini


keltirib chiqaradi.


9-§. Da’vo muddati va uning turlari


Da’vo muddati deb, rim xususiy huquqida buzilgan huquqni tiklash uchun ketgan vaqt mobayniga aytilgan.
Rim huquqshunoslari har bir shaxsning huquqi noqonuniy harakatlar natijasida buzilar ekan, o‘zining tasarrufida da’vo qilish huquqiga ega bo‘ lgan, ammo da’voni joriy etish va qo‘ llash mulk egaligi bilan bog‘liq bo‘lganligini e’tirof etganlar. U lar da’vo qilishning vaqt chegarasini istagancha cho‘zaverishi mumkin edi. Ammo davlat bu da’volarning harakatda bo‘ li shi va da’ vo muddatining qo‘llanilishining tarafdori edi.
Qadimgi rim huquqiga, ayniqsa sinfiy davrda da’voni qo‘llashda qonuniy muddatlarda qo‘llash tushunchasi mavjud bo‘lib, uning muddati V asrga kelib, Yustinian tomonidan 30 yil belgilandi. Qonuniy muddatning tugashi da’vo qilishni, da’voga bo‘lgan huquqni tugatardi, ammo qarzdor tomonidan qarzni o‘z bo‘yniga olib iqror bo‘lsa, uning uchun qo‘llaniladigan da’vo muddati to‘xtati lib, yangidan da’vo qilish muddati boshlanardi.
Da’vo muddatini joriy etishda huquqning buzilgan davrini aniqlash lozim, chunki u da’vo muddatining o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olingan mulk, haq to‘langandan keyin sotib oluvchiga o‘tishi lozim edi, ammo sotuvchi sotib oluvchiga mulkni yetkazib bermaydi. Demak, da’vo qilish muddati shu huquqning buzilganligini bilgan paytdan boshlanadi.
Qarz bergan shaxs va qarz oluvchi shaxs o‘rtasidagi shartno- mada olingan qarzning qaytarilish muddati ko‘rsatiladi, mabodo shu muddatda qaytarmasa, da’vo qilish muddati ushbu kundan boshlab amalga oshiriladi, ya’ni qarzni qaytarib oluvchiga talab


qil ish huquqi vujudga keladi. Ayniqsa, majburiyat huquqiy munosabatlarida ba’zan biror-bir harakatni sodir etishni to‘xtatib turish to‘g‘risida kelishilgan bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan. Bunday paytda harakatni amalga oshirgan vaqtdan da’vo muddati boshlanadi. Da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi ham mumkin bo‘lgan.
Bu holatlar ko‘pincha majburiyatlarni bajarish uchun tabiiy to‘siqlar, hodisalar, yoki merosga bo‘ lgan huquqiy munosabatda mulkni hisoblab chiqish davri bilan bog‘ liq bo‘ lganligi va boshqa hodisalar da’vo muddatining o‘tishini to‘xtatib, u harakatlar olib tashlangandan keyin da’vo muddati yana qaytadan tiklanardi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling